Navoiy | Ixtisoslashtirilgan maktablar
976 subscribers
13.9K photos
530 videos
16 files
1.86K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Navoiy viloyat hududiy bo‘limi
Murojaat : 👉 @NavoiyHB_bot
Download Telegram
💻FAOLIYATIMIZ

🏢Navbahor_tuman
Ixtisoslashtirilgan_maktab

🔥8.02 sinf o'quvchilari bilan taniqli jurnalist va adib O'ktam Usmonovning hayoti va ijodiy faoliyati to'g'risida davra suhbati o'tkazildi.

🌟Tadbirdan o'quvchilar O'ktam Usmonov faoliyatiga doir yetarlicha tasavvurga ega bo'lishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 “BIZ BIR BOʻLSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!”

Joriy yilning 10-noyabr kuni mamlakatimiz bo‘ylab “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” g‘oyasi asosida “Maʼnaviyat marafoni” boʻlib oʻtmoqda.

Xatirchi tumanida ham "Ma'naviyat marafoni" doirasida “Vatanim bayrog‘ini baland ko‘taraman”, “Ajdodlar mardona ruhi senga yor!”, “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman”, “Bu kitobni har bir inson o‘qishi kerak”, “Erkin yosh avdlodlar senga zo‘r qanot!”, “Odob — salomdan boshlanadi”, loyihalari va “Mahorat darsi”, “Kasb odobi va madaniyati” mavzusida “Ma’rifat soatlari” o‘tkazilmoqda.

Xususan Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabda “Ajdodlar mardona ruhi senga yor!” shiori ostida buyuk ajdodlarimiz merosi, jasorati haqida o‘quvchilar o‘rtasida she’rlar tanlovini, Zakovat va rasmlar tanlovi o'tkazildi.

🌐Bizni kuzatib boring:        
                                          
Telegram: @Xatirchi_IM
Facebook: https://facebook.com/group
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 6-01 guruh o‘quvchilari Jumaqulova Madinabonu hamda Yaxshilikova Madinabonu Navoiy shahrida o‘tkazilgan "Bilimdon Bolalar" intellektual koʻrsatuvida faol ishtirok etib final boshqichida 2-o‘rinni egallashdi.

🌐Bizni kuzatib boring:        
                                          
Telegram: @Xatirchi_IM
Facebook: https://facebook.com/group
#Tomdi ixtisoslashtirilgan maktab-internati
#Muqaddasdir vatan Bayrog‘i!

   BIZ BIR BO'LSAK
                     YAGONA XALQMIZ,
                        BIRLASHSAK
                                 VATANMIZ!
     🍃🍃🍃🍃🍃🍃

📚Joriy yilning 13-noyabr kuni Tomdi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i  qabul qilingan kun munosabati bilan  saflanish tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi kuylandi. Shundan so‘ng  hafta davomida o‘tkaziladigan tadbirlar va tanlovlar haqida o‘quvchilarga MMIBDO‘ tomonidan ma'lumotlar berdi.
Vatanimiz bayrog‘i haqida videolavha namoyish etildi. O‘tgan haftada besh tashabbus olimpiadasining  shaxmat musobaqasining viloyat bosqichida faxrli 1-2-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar maktab ma'muriyati tomonidan taqdirlandi.
🫧🫧🫧🫧🫧🫧🫧
Forwarded from Hilola Umarova
Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlar ta’lim va tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning maktab davridanoq har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib kamolga yetishlari, bir nechta xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda.

Joriy yilda mamlakatimizda maktablarga xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha misli ko‘rilmagan loyiha boshlandi. Loyihaga asosan xorijdan ingliz, nemis, fransuz va boshqa chet tillarini o‘rgatish maqsadida 500 dan ortiq o‘qituvchilar jalb qilindi. Ushbu o‘qituvchilar maktablarda dars berish uchun, va undanam muhimroq vazifa – ya’ni, mahalliy o‘qituvchilarimiz bilan tajriba almashish uchun O‘zbekistonga taklif qilindi.

Bugun xorijdan taklif etilgan o‘qituvchilar hamda xorijiy hamkorlar bilan uchrashib, ushbu loyihani amalga oshirilish jarayonlari hamda kelgusidagi rejalarni muhokama qilib oldik.

Hamkorlarimiz AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi vakillari, shuningdek, UNESCO, UNICEF, USAID, Britaniya kengashi, Fransiya alyansi, Gyote instituti mutaxassislari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy pedagoglarimizning fikrlariga quloq tutdik. Hamkorlarimiz tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi.

Uchrashuv yakunida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirish va hamkorlik qilishga qaratilgan qo‘shma "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi.

Aytish joizki, ta’lim sifatini oshirish yo‘lida xorijlik mutaxassislarni maktablarga jalb etish loyihasi albatta kelajakda o‘z mevasini berishi hamda bolalarimizning zamon talabiga javob beradigan yetuk insonlar bo‘lib yetishishlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Bayroq_32🇺🇿🇺🇿

🌟Joriy yilning 14 noyabr sanasida O'zbekistton Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "O'zbekiston bayrog'i - milliy iftixorimiz" shiori ostida 7-8 sinf o'quvchilari ishtirokida insholar tanlovi o'tkazildi.

https://t.iss.one/Nurota_IM