Navoiy | Ixtisoslashtirilgan maktablar
983 subscribers
13.8K photos
524 videos
16 files
1.84K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Navoiy viloyat hududiy bo‘limi
Murojaat : 👉 @NavoiyHB_bot
Download Telegram
Forwarded from Tomdi tuman Ixtisoslashtirilgan maktab-internati
🏫Tomdi tumani ixtisoslashtirilgan
maktab-internati

Tomdi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “BESH TASHABBUS-BESH IMKONIYAT” shiori ostida 5-04 sinf o’quvchilari bilan trening o’tkazildi.
Trening yakunida o’quvchilar bilan musobaqa tashkil etildi va 3 ta :
1️⃣ Zakovat (4-tashabbus)
2️⃣ Tashabbusni top
3️⃣ Mahoratingni ko’rsat (1-tashabbus)
shartlar asosida bellashishdi.
Trening so’ngida g’olib o’quvchilar taqdirlandi.
Forwarded from Navbahor tuman Ixtisoslashtirilgan maktab rasmiy kanal
#ZAKOVAT

🏢Navbahor_tuman
Ixtisoslashtirilgan_maktabda

🇺🇿🇺🇿"Vatanga sadoqat-oliy maqsadim" mavzusida 9.01 hamda 9.02 sinf o'quvchilari  o'rtasida zakovat o'yini o'tkazildi.

🔰🔰👆👆Intellektual  o'yinlarni o'tkazishdan maqsad: o'quvchilarning  ma'naviy  olamini  boyitish  hamda intellektual  salohiyatini yanada  oshirish.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

📺"Assalom, yangi kun!" dasturida|Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi Hazratov Mardon bilan suhbat.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Navoiy | Ixtisoslashtirilgan maktablar
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi. #Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari eng birinchi vazifa etib belgilangan. Shunga muvofiq, bu soha ham umumiy, ham ixtisoslashtirilgan tarzda rivojlantirilmoqda. Jumladan, yurtimizda 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi va 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritmoqda.

O‘tgan yillardagi tajriba va hayot talabidan kelib chiqib, ulardagi yo‘nalishlarni takomillashtirish nazarda tutilmoqda. 

Xususan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlikda, tajriba tariqasida, muhandislik dasturlarini joriy qilish taklif etilmoqda. Bu dastur “Yangi O‘zbekiston” universiteti dasturi bilan integratsiya qilinadi.

Yuqori malakali pedagoglar imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida jamoatchilik asosida “Fan kengashlari” tuziladi. Bu kengashlar ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, baholash tizimini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga jalb qilinadi.

Kelgusi o‘quv yilidan 14 ta maktabda fanlarni ingliz tilida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, 2025-2026-yillarda 8 ta yangi ixtisoslashgan maktab qurish rejalari ham bayon etildi.

Ijod maktablari bo‘yicha ham takliflar bor. Jumladan, ularda taniqli adiblar va jamoat arboblari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi. O‘quvchilarning ijodiy ishlarini Yozuvchilar uyushmasi hisobidan nashr etish yo‘lga qo‘yiladi. Turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish orqali iqtidorli yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Intellektual_shou

🏢Navbahor_tuman
ixtisoslashtirilgan_maktabda

👩‍💼🧑‍💼oʻquvchilarning iqtidorini kashf etish, maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan yuksaltirish maqsadida

"Intellektual shou" oʻyini tashkil etilib kelinmoqda.

Bugun 6-sinflar doirasida birinchi bosqichi oʻtkazildi va ikkinchi bosqich uchun oʻqish kerak boʻlgan kitob eʼlon qilindi.
🔥🔥Maktabimizda "Intellektual shou" loyihasi davom etmoqda.
Forwarded from Dilnavoz Isroilova
#PTMA_Qiziltepa_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab

#Ota-onalar_yigʻilishi

💫Joriy yilning 29-mart kunida Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Farzandim taqdiriga befarq emasman" mavzusida ota-onalar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🟢Uchrashuv davomida farzand tarbiyasi, bilim samaradorligi, monitoring test tahlillari, darslarda oʻz vaqtida muntazam ishtiroki haqida soʻz bordi.

🟢 Tashrif buyurgan ota-onalarga maktab oʻqituvchi va oʻquvchilari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Psixologik trening mashgʻulotlar o'tkazildi. Shaxmat, shashka, tennis oʻyinlari yoʻlga qoʻyildi.

🌐 Bizni kuzatib boring
Telegram 👉https://t.iss.one/PTMAQiziltepa
Facebook 👉https://fb.com/QiziltepaIM