Navoiy | Ixtisoslashtirilgan maktablar
998 subscribers
13K photos
491 videos
16 files
1.73K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Navoiy viloyat hududiy bo‘limi
Murojaat : 👉 @NavoiyHB_bot
Download Telegram
Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Navoiy viloyatida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab-internati va ixtisoslashtirilgan maktablarning rahbar xodimlari va fan o‘qituvchilari bilan 2022-yil 7-noyabr kuni Navoiy shahridagi Prezident maktabida Tajriba-sinov va amaliy natijalar bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
🈯️Seminar davomida ixtisoslashtirilgan maktab-internati va ixtisoslashtirilgan maktablarning fan o’qituvchilari o’rtasida zakovat intellektual o’yini tashkil etildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://t.iss.one/Navoiy_PTMA
Xush xabarlar kelishda davom etmoqda.

🔰Xabaringiz bor joriy yilning 3-9-noyabr kunlari respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

✍️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o'quvchilarining 2 nafari Respublika fan olimpiadasining III bosqichi (viloyat) da g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

🥇1-o'rin Xalelov Suxrob Umarovich - MATEMATIKA fanidan
🥈2-o'rin Xolmirzayev Temurjon Nuriddin òģli - FIZIKA fanidan

Ushbu o'quvchilarimizning ustozlari va ota-onalariga Navoiy viloyati hududiy bo'limi o'z minnatdorchiligini bildiradi.

O'quvchilarimizga Respublika bosqichida omad tilab qolamiz.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://t.iss.one/Navoiy_PTMA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Trening

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi pedagoglar uchun kuzgi ta'til kunlari "Loyihaga asoslangan ta'lim" mavzusida treninglar o‘tkazildi.

✍️Agentlik tizimida faoliyat olib borilayotgan mahalliy trenerlar tomonidan o'qituvchilarga matematika, biologiya, kimyo, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan kasbiy rivojlanish dasturlari tashkil etilgan.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://t.iss.one/Navoiy_PTMA
Forwarded from Nurfaxr MFY yoshlar yetakchisi Asliddin Qudratilloyev. (Asliddin Qudratilloyev ️)
Самарқанд шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида Туркий давлатлар ташкилоти давлат раҳбарларининг йиғилиши бўлиб ўтди.

В городе Самарканде под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялось заседание глав государств Организации тюркских государств.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#bugun_tugilgan_kun

Hurmatli Mehriniso Ramazonovna

Prezident ta’lim muassasalari agentligi Navoiy viloyat hududiy bo‘limi Sizni Tavallud kuningiz bilan muborakbod etadi!

👛Sizga har bir kuningiz ajoyib moʻjizalar bilan to‘lib toshishini, barcha orzu-istaklaringiz ro‘yobga chiqishini va sog‘lik, omad, ishonchli do‘stlar umr bo‘yi hamrox bo‘lshini tilaydi.
Maqsad qo'yish va muvaffaqiyat sari

⚜️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari bilan "Maqsad qo'yish va muvaffaqiyat sari "nomli trening o'tkazildi.

Qo'llanilgan trening mashg'ulotlari:
1.Kecha, bugun, ertaga ya'ni o'z-o'zini tahlil qilish.
2.Xona ichida hozir maqsad qo'ying va bajaring

⚜️Ko'zlangan maqsad:

🔴 "Uchinchi renessans - maʼrifatli jamiyat sari" bilimli, ma'rifatli, vatanparvar tartib intizomli o'quvchilarni tarbiyalash.

O'ziga ishonchni shakllantirish.To'g'ri maqsad qo'yishni, o'zining qiziqishi, qobiliyatidan kelib chiqib kasb tanlashni tushuntirish. Birgalikda xarakat qilishni,bir jamoa bo'lib ishlashni o'rgatish. Maqsadga zinapoya orqali harakat qilib chiqishni o'rgatish. Harakatdan to'xtamaslikni,o'z ustida ishlashni,bilimini mustahkamlashni tushuntirish.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://t.iss.one/Navoiy_PTMA