Navoiy | Ixtisoslashtirilgan maktablar
914 subscribers
15.6K photos
589 videos
17 files
2.1K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Navoiy viloyat hududiy bo‘limi
Murojaat : 👉 @NavoiyHB_bot
Download Telegram
Forwarded from NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI (Жахонгир Умирзаков)
#Seminar_trening

NAVOIYDA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O’QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILMOQDA

🔴 Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.
✔️Ma’lumot o’rnida, seminar mashg’ulotlari matematika va ingliz tili o’qituvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, o’zbek va rus tillarida o’tkazilmoqda.
Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:
- Prezident maktablarining ilg‘or tajribasi bilan bo‘lishish,
- zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
- ta’lim sohasidagi yangiliklar bilan bo‘lishish,
- o‘quvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

Trening "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim" yilida mamlakatimizdagi ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, o‘qitishda yangi metodikalarni joriy etish va o‘qituvchilarning malakasini oshirish yo‘lidagi bir qadamdir.


🖊Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi
🏢Navbahor_tuman
Ixtisoslashtirilgan_maktab
📌O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi Vazirligi huzuridagi
ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2023-yil 16-martdagi N-01-02/4-350 sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida
🎗sport musobaqalari o'tkazildi.
Forwarded from NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI (Жахонгир Умирзаков)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
БИЛИМЛИНИНГ ЮЗИ ЁРУҒ

❇️Қизилтепа ихтисослашган мактабида ўқувчилар билимини сумматив баҳолаш бўйича тестлар ўтказилди. 3-чорак синов натижаларига кўра, юқори кўрсаткичларни қайд этган ўқувчилар сектор раҳбарлари, мактаб маъмурияти томонидан рағбатлантирилди.
❇️Аълочи ўқувчиларнинг ота-оналарига алоҳида миннатдорчилик изҳор этилди.

🖊Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси
🌈 ART_TERAPIYA

🏢 Konimex tumani ixtisoslashtirilgan maktabining pedagog jamoasiga pozitiv kayfiyat ulashish maqsadida art terapiya tashkil etildi.
🌸🌸Hayotni rang barang jabhalarda ko‘rish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda stress holatlarni oldini olishga yordam beradi.
💫Pedagog jamoaga mashg‘ulot ko‘tarinki bahoriy kayfiyat bag‘ishladi.