Navoiy | Ixtisoslashtirilgan maktablar
906 subscribers
15.8K photos
602 videos
17 files
2.13K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Navoiy viloyat hududiy bo‘limi
Murojaat : 👉 @NavoiyHB_bot
Download Telegram
#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish
#transfer_piima_uz

🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-o‘quv yilida oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz.

📆 Arizalarni joriy yilning 10-yanvar sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi.

❗️ESLAB QOLING!

Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi kerak! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Transfer
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
🏢Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Bozorova Odina hamda jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Homidova Nargiz hamkorlikda maktab pedagog xodimlari uchun pedagoglarda kasbiy stressni bartaraf etish va oldini olish maqsadida "Sport orqali stressni yengamiz" shiori ostida shaxmat, shashka sport o'yinlari oʻtkazildi. Natijalarga ko'ra shaxmat sport o'yini bo'yicha matematika fani o'qituvchisi Jumanov Elyor🥇-o'rin, shashka sport o'yini bo'yicha rus tili fani o'qituvchisi Usmanova Oksana 🥇- o'rin sohibi bo'lishdi. O'qituvchilar yuqori qiziqish bilan faol ishtirok etishdi.
https://t.iss.one/Nurota_IM_psixolog
🎓🎓💫 BITIRUVCHI PORTFOLIOSI

🏛 Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktab

📌 Ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilarining erishgan yutuqlari va kelajakdagi maqsadlari.

🌐 Bizni kuzatib boring:        
                                          
Telegram: @Xatirchi_IM
Facebook: https://facebook.com/group