NAVBAHOR MFY (Chilonzor)
61 subscribers
1.47K photos
151 videos
4 files
76 links
Chilonzor tuman Yoshlar ishlari bo'limi Navbahor MFY rasmiy telegram sahifsai.
Download Telegram
Forwarded from Alisher Sadullaev
🇺🇿Prezidentimizning tegishli farmoniga asosan yurtimiz ravnaqiga o‘zining mehnati, bilim va shijoati bilan hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

1. Toxirjonova Gulruxbegim Alisher qizi — O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi, ayollar o‘rtasida grossmeyster;

2. Qudratov Shoxrux Odil o‘g‘li — Samarqand shahridagi “Polyglot school” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;

3. G‘oyibova Orzugul Umarovna — “TOP-100 Uni” loyihasi rahbari, “Ibrat farzandlari” nodavlat notijorat tashkiloti eksperti;

4. Rejavaliyev Jamshidbek Jasurbek o‘g‘li — Andijon shahridagi “Wester Group RJ” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;

5. Abdixolikov Bobir Alisher o‘g‘li — Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;

6. Tuksanov Parviz Abduraximovich — Buxoro shahridagi “Phoenix Academy” o‘quv markazining SAT imtihoni bo‘yicha tayyorlovchi-mutaxassisi, SAT imtihonidan 1600 ball sohibi;

7. Ochilova Maftuna Omonjon qizi — Urganch shahridagi “Nurli hayot” MFY yoshlar yetakchisi, “Yosh kitobxon” tanlovi g‘olibi;

8. Ismoilov Jamshidbek Rashid o‘g‘li — To‘rtko‘l tumanidagi “Navoiy” MFY yoshlar yetakchisi;

9. Adilova Farzona Alisher qizi — Jizzax shahri yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i;

10. Bo‘tayeva Gulasal Toshqul qizi — Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining 2-bosqich talabasi, IELTS 9 ball sohibi.

Davomini o‘qish...

👏Bu – yoshlarga bo‘lgan ishonch, mehnatga berilgan munosib e’tirof!

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Ertaga 30-iyun “Yoshlar kuni”!

- Bayram munosabati bilan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar e’lon qilinadi.

- Mehnati, harakati orqali muvaffaqiyatga erishgan ko‘p sonli yoshlar davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi.

- Respublika bo‘ylab ishbilarmon, tadbirkor yoshlarning innovatsion loyihalari taqdimoti o‘tkaziladi.

- Va albatta, mamlakatimiz bo‘ylab yoshlar sayllari, bayramlar hamda tantanalar bo‘ladi.

Yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring, yangi imkoniyatlardan ham faol foydalaning.

Kirib kelayotgan “Yoshlar kuni” muborak bo‘lsin!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yurtimiz yoshlari!

⚡️30-iyun – yoshlar hayoti, orzulari va g‘ayratiga bag‘ishlangan kun. Bugungi sana munosabati bilan sizlarni Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Bilim sari intilishdan to‘xtamang – doimo o‘rganing, mehnat qiling va yangilikka chanqoq bo‘lib yashang. Har bir kuningiz izlanish va o‘sishga boy bo‘lsin!

👏Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

#Yoshlar #Yoshlik #KelajakYoshlari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev: Farzandlari bilimli, sog‘lom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi albatta yorug‘ bo‘ladi.

#mirziyoyev #yoshlarkuni

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев: Фарзандлари билимли, соғлом, мард ва жасур, доимо олдинга интилиб яшайдиган халқ ва давлатнинг келажаги албатта ёруғ бўлади.

Президент Шавкат Мирзиёев: Народ и государство, имеющее образованных, здоровых, смелых и отважных детей, устремленных только вперед, ждет счастливое завтра.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vaqt kapsulasi: 2075-yil yoshlari uchun qalbdan yozilgan maktub

⚡️Bugun yoshlarimiz o‘z tarixini kelajak avlod uchun maxsus Vaqt kapsulasiga joylashtirdilar. Unda 2025-yil yoshlari tomonidan yozilgan maktublar, orzular, umidlar va bugungi kun xavotirlari jamlangan.

Vaqt kapsulasi 50 yil davomida saqlanadi va hozirgi hamda kelajak avlodlar o‘rtasida ramziy ko‘prik vazifasini bajaradi.

Mazkur kapsula orqali 2075-yil yoshlari 2025-yildagi ijtimoiy-siyosiy muhit, yoshlarning orzu-intilishlari va ruhiy holati haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.

Kapsulaning “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi maxsus yodgorlik ostiga joylashtirilgani ham chuqur ramziy ma’noga ega.

🇺🇿“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bizning yoshlik izimiz qoldi!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkent metrosi yangicha ko‘rinishda

Yoshlar ishlari agentligi va Toshkent metropoliteni hamkorligida metro vagonlari yoshlar uchun foydali bo‘lgan ijtimoiy loyihalarning vizual suratlar bilan bezatildi.

Dizaynda yoshlar orasida eng ommabop loyihalar va buyuk jadid bobolarimiz – millat ma’rifatparvarlarining suratlari aks ettirilgan.

💬Yangicha dizayndagi metroga chiqqanlar bormi? Izohlarda fikringizni qoldiring!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandining bilimi uchun bor mehrini ayamayotgan ota-onalarga chin yurakdan ta’zim qilaman. Shunday fidoyi ota-onalarga ega boʻlgan yoshlarga esa, bu mehrning qadriga yetishlarini samimiyat bilan soʻrab qolaman.

@alisher_sadullaev
Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bu yilgi 30-iyun Yoshlar kuni juda ko‘p yangi imkoniyatlar hamda samimiy muloqotga boy bo‘ldi. Prezidentimiz yoshlar uchun ko‘plab yangi imkoniyatlar e’lon qildilar, ularning mehnatini e’tirof etib, nufuzli davlat mukofotlari bilan taqdirladilar.

Kelajakda yana ko‘plab yoshlarimiz safimizda shunday e’tirof hamda yutuqlarga erishishlariga ishonamiz. Bayram yana bir bor muborak bo‘lsin!

@alisher_sadullaev
Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekiston yoshlari qanday maqsadlar bilan yashayotganini, qanday salohiyatga ega ekanini va bu yurtdagi eng katta boylik aynan ular ekanini eslatib turadigan rolik!

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Qo’lidan kelmaydi” degan gapni menga ishlatish noto’g’ri bo’ladi. Harakat bilan hamma narsaga erishish mumkin” deydi 16 yoshli Abdulloh.

Turli tadbirlarda turli insonlar bilan tanishamiz, intervyular olamiz. 30-iyun Yoshlar kunida ham ko’plab iqtidorli, kuchli qahramonlarni o’zim uchun kashf qildim.

🕊️ “Sinchalak: Hikoyalar” ruknida siz oddiy insonlarning oddiy bo’lmagan hikoyalarini eshitasiz.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
💡Yaqinda sizlardan Stenford professorlari taklif qilgan qadriyatlar ro‘yxatidan o‘zingiz uchun eng muhim deb bilgan to‘rttasini tanlab ko‘rishingizni so‘ragandim. Izohlarda ko‘pchilik menga “siz o‘zingiz qaysi qadriyatlarni tanladingiz?” deb yozishdi. Bugun shu savolga javob bermoqchiman.

Marhamat: @stanford_kundaligi
⚡️Ibrat haftaligida super 7 kun

👍“Ibrat farzandlari” loyihasidan super yangilik! Endi siz Ibrat haftaligi doirasida 7 kun davomida turli sohalarda katta yutuqlarga erishgan, tajribali soha vakillari bilan jonli suhbatlarda ishtirok etishingiz mumkin!

Spikerlar bilan tanishing:

Xushnudbek Xudoyberdiyev – huquqshunos;
Shoxrux Olimov – IELTS 8.5 va CELTA sohibi, bloger;
Otabek Mahkamov – huquqshunos, bloger va jurnalist;
Alisher Sa’dullayev – Yoshlar ishlari agentligi direktori;
Rustam Qoriyev – “Ibrat farzandlari” loyihasi rahbari;
Shohida Ibragimova – moliyachi;
Aziz Rahimov – “Rahimov school” asoschisi.


Bu hali hammasi emas, siz loyihada “Eng faol targ‘ibotchi” sifatida 6 million so‘mgacha pul mukofotlari, yuzlab sovg‘alar, premium til kurslari va qo‘shimcha bonuslarga ega bo‘lishingiz mumkin.

⚡️Ha aytgancha, loyihada qatnashish – mutlaqo BEPUL

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @ibrat_haftaligi_bot

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
Bugun 31 yoshga to‘ldim. Hayot nihoyatda tez va hayratlanarli o‘tmoqda. Stanfordda turib do‘stlar yo’llagan tabrik va tilaklarni o‘qiyapman-u bolalik orzularim yodga tushmoqda. Tabiiyki, eng unutilmas xotiralar onam bilan bog‘liq. Ehtimol, Siz tanigan bugungi Alisher shaxsining shakllanishiga o‘sha voqealar sabab bo‘lgandir.

…Taxminan 15 yil oldin. Ingliz tilini o‘rganishni endi boshlagandim. Uyimiz shaharga yaqin edi. Bir kuni shahardagi o‘quv markaziga bordim. Hayajondaman. Maqsad: O‘zbekistondagi nufuzli universitetlardan birida o‘qish, keyinchalik ota-onam duosi bilan yaxshi joyda ishlash va yurtga xizmat qilish.

Afsuski, markazda mening darajamga mos boshlang‘ich guruhlar yo‘q ekan. Shu sabab meni olti oydan beri ingliz tilini o‘rganayotgan, savol tuzib, javob bera oladigan darajaga yetgan guruhga qo’shishdi.

Birinchi darsda juda hayajonlandim. O‘qituvchimiz darsni “Nega ingliz tilini o‘rganyapsiz?” degan savol bilan boshladi. Inglizcha javob berilishi kerak bo‘lgan savolga tayyormasdim. Bosim, hayajon, chorasizlik…

Yonimdagi boladan o‘zbekcha jumlani ingliz tiliga tarjima qilib berishini iltimos qildim. Yaxshiyamki, partadoshim ingliz tilini ancha tushunib qolgan ekan, aytgan fikrimni ingliz tiliga o‘girib berdi.

Navbat menga keldi. O‘qituvchimiz savolni takrorladi. Men esa: “Because of my mom,” deb javob berdim. Sinfda kutilmaganda qattiq kulgi ko‘tarildi. Hamma kulardi. Bir zumda sinfdagi harorat o‘zgardi. Qizarib ketganim o‘zimga-da bilindi. “Shunchalar kulgili xato qildimmi? Hammasi ustimdan kulyaptimi?” degan fikr chaqmoqdek chaqib o‘tdi.

Yashirinishga joy, qochishga kuch yo‘q edi. Shu payt o‘qituvchi hammaga “to‘xtanglar” degan ishora qilib, savolni takrorladi. Men ham o‘sha javobni qayta aytdim. Bu safar o‘qituvchimiz sabab jiddiyligini sezganday, chuqurroq tahlil qilishga kirishdi. “Why because of your mom?” deb so‘radi. Men o‘zbek tilida javob berdim: “Onam ancha yildan beri bir dard bilan kurashmoqda. Davoni o‘zbek tilidagi adabiyotlardan hamda mahalliy tibbiyot xodimlaridan topolmadim. Shu sababli xorijiy ilmiy manbalardan izlashga qaror qildim.”

Biroz oldin gulduros kulgidan zirillagan xonaga allaqanday sukunat cho‘kdi. Hamma jim. Kulganlar qizarib, uyalganday bo‘lib qolishdi. Meni bu holat hayron qoldirmadi. Chunki bunday qarashlarga allaqachon ko‘nikkandim. Maktabda, mahallada, ko‘chada…

O‘quv markazidagi birinchi haftada o‘qituvchim ingliz tilini yaxshi tushunib muloqot qilishim uchun “Oxford 3000 Essential Words” ro‘yxatini yodlashimni tavsiya qildi. Eslasam, o‘sha davrlarda kuniga 17-18 soat dars qilgan ekanman. Hovlidagi barcha xo‘jalik ishlarini qo‘limda lug‘at, kitob bilan bajarardim. Surunkali tayyorgarlik sabab ilk haftada 1000 ta so‘z yodladim va sezilarli o‘sishni his qildim. Keyingi bosqich – grammatika edi. Taxminan 6 oy ichida bir necha bor yuqori guruhlarga o‘tib, IELTS darajasiga chiqib oldim.

Bu yangi daraja edi, lekin uni ham uddalasa bo‘lardi. Guruh kuchli, lekin menda onam uchun qilinayotgan harakat undan-da kuchli edi. Bu bosqichga kelib, xorijiy tadqiqotlarni o‘qib, tushuna boshlagandim…

Oradan yillar o‘tdi. Xudoga shukr, bugun onam ancha bardam. Dadam va opalarim menga bu yo‘lda juda katta yordam berishdi.

Tasodifni qarangki, bugun Stanfordda menga yana shunday mazmundagi savol berishdi: “Qanday qilib Stanfordga keldingiz? Sizni bu yerga nima yetaklab keldi?”

Men esa yana o‘sha qadrli, eng ahamiyatli javobni berdim: “Because of my mom.”

Onajon, Otajon! Meni bu dunyoga keltirganingiz uchun rahmat! Bu umrni Prezidentimiz rahbarligidagi jamoada yoshlarga katta imkoniyatlar, loyihalar, yaxshiliklar yaratish yo‘lida sarflash – mening eng katta, eng oliy maqsadim.

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍

💬“Oilamni yorug‘likka olib chiqishim kerak edi...”

📚“Yosh kitobxon” tanlovi g‘olibining mashaqqatli 6 yillik og‘riq, sabr va umidga to‘la hayoti haqida.

Oddiy oilada ulg‘aygan Maftuna qanday qilib butun O‘zbekiston eʼtiboriga tushdi? Uning hikoyasi sizni hayratga soladi, ilhomlantiradi va o‘ylantiradi.

🎞Premyerani bugun 13-iyul soat 19:30 da “Mening yurtim” va Yoshlar” telekanallarida tomosha qilishingiz mumkin!

Bu filmni oilaviy ko‘rishni tavsiya qilamiz!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bir million prompterlar — One million Promters

🇺🇿Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sun’iy intellekt va prompt muhandisligi ko‘nikmalarini ommaga yetkazishni maqsad qilgan yangi dastur ishga tushirildi.

Ushbu dastur kurs ishtirokchilariga sun’iy intellekt tushunchalari, Generative sun’iy intellekt va samarali prompt yozish bo‘yicha amaliy bilimlarni beradi.

➡️Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va bilimlaringizni oshiring! omp.aistudy.uz

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident va yoshlar uchrashuvida O‘simliklar himoyasi va karantini agentligi Markaziy ekspert shtabi vakili, Buyuk Britaniya, Daniya va Norvegiyaga biriktirilgan Maqsad ismli yosh mutaxassis qizimiz so‘zga chiqdi.

🇬🇧 U yaqinda Londonda o‘tkazilgan xalqaro yarmarkada ishtirok etib, O‘zbekiston vakili sifatida o‘z tajribalari va yurtimiz salohiyatini namoyish etishgani, yarmarka taassurotlari, xorijiy tajribalar va takliflari haqida ochiq fikr bildirdi.

@alisher_sadullaev
“Yoshlarni eshitamiz” – ochiq muloqotlar boshlanmoqda!

🇺🇿O‘zbekistonda 20 milliondan ortiq yosh bor. Bu mamlakat kelajagini belgilovchi ulkan kuch demakdir.

Joriy yilning iyul oyidan dekabr oyiga qadar turli xil yo‘nalishlarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Muloqotlarda har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ul rahbarlar yoshlar bilan bevosita uchrashib, ularning takliflari, g‘oya va muammolarini o‘rganadi.

Ilk uchrashuv 24-iyul kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida yosh tadbirkorlar va xodimlarining asosiy qismini yoshlar tashkil etuvchi tashkilotlarning mas’ul rahbarlari bilan bo‘lib o‘tadi.

🔹Murojaat va takliflaringizni “Yoshlar murojaati” boti orqali jo‘natishingiz ham mumkin!

Aziz yoshlar! Taklif va tashabbuslaringiz bormi? Unda muloqotlarda qatnashing — bu siz uchun haqiqiy imkoniyatlar maydoni!

#YoshlarbilanMuloqot

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Hurmatli Prezident, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Prezident jamoasida yoshlarga yelkadosh bo‘lib mehnat qilish — bu katta mas’uliyat va sharaf. Yoshlarga bo‘lgan mehringiz va e’tiboringiz O‘zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi kuchga aylanishiga chin dildan ishonaman.

Yana bir bor 68 yoshingiz muborak bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Stanford Professori Ilya Strebulaev bilan darslarimiz o‘z nihoyasiga yetdi.

Fikrimcha, Professorning O‘zbekistonga qiziqishi juda baland, ayniqsa “Venture Mindset” kitobining o‘zbek tilida tarjima qilinayotganidan xursand. Kitob taqdimotiga O‘zbekistonga ham kelmoqchi.

https://t.iss.one/stanford_kundaligi/308