8.87K subscribers
23.7K photos
2.6K videos
124 files
6.98K links
Download Telegram
Qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman!

Yagona Vatan – O‘zbekiston bayrog‘i ostida 130 dan ortiq millat va elat vakillarining yelkama-yelka turib mehnat qilayotgani, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgani – bu tarixiy haqiqat va faxrdir. Bu – tinchlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatga asoslangan ko‘p millatli jamiyatimizning bebaho yutug‘idir.

Navoiy davlat universiteti jamoasi ham doimo inson qadri, do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalari asosida faoliyat olib borib, barcha fuqarolar uchun teng va sifatli ta’lim muhitini yaratib kelmoqda. Xalqimiz orasida do‘stlik va totuvlikni yanada mustahkamlashga munosib hissa qo‘shish oliy maqsadimizdir.

Ushbu bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadoningizga fayzu baraka, faoliyatingizga ulkan zafarlar tilayman.
Xalqlar do‘stligi abadiy yashasin!

Hurmat bilan,
Muxiddin Kalonov,
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Navoiy davlat universiteti rektori
👍85🎉1
Forwarded from Edu.uz
Qadrli kuzatuvchilar, mamlakatimizda volontyorlik faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilmoqda.

📝 Bu masalada keng jamoatchilikning fikr va munosabatlarini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma tayyorlandi.

🔊 Siz ham tadqiqotda faol ishtirok eting!
⚡️Zero, har bir fikr biz uchun MUHIM.

So‘rovnoma anketasi bu yerda👇
https://forms.gle/ys2Gp1BvCxdiPXLZ7

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏32👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy davlat universiteti bitiruvchisi 50 million so'm imtiyozli kredit oldi.

Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti bitiruvchisi Madinabonu Mamarajabova "Kelajakka qadam" dasturi asosida 50 million so'm kredit oldi va o'z tadbirkorligini yo'lga qo'ydi.

Bizni kuzating

telegram|instagram|youtube|veb-sayt
8👍6👏2😁1
#dolzarb_90_kun

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lomlashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish, ta’lim va sport muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Shu munosabat bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy davlat universiteti Aniq fanlar fakulteti hamda “Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi”ning Navoiy viloyati filiallari hamkorligida dzyudo sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqa davomida dzyudo bo‘yicha taniqli murabbiy Oblaqulov Sherzod Sheraliyevich o‘z fikrini -Bugungi kunda yoshlarni sportga keng jalb etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir- deb ta'kidladi.

Musobaqa soʻngida yosh sportchilarga esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Bizni kuzating

telegram|instagram|youtube|veb-sayt
👍113
Forwarded from Edu.uz
#mandat #akademik_litsey

⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.

Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh
: 👉https://t.iss.one/eduuz/23710

Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍41
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon #TTJ

⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!


Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

❗️Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71
YANGI BOSQICH SARI DADIL QADAM!

Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov universitetning yangi zamonaviy kampusi qurilayotgan hududga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida rektor qurilish ishlarining borishi bilan bevosita tanishib, bunyodkorlik maydonida mashaqqatli mehnat qilayotgan ishchi-muhandislar, quruvchilar bilan suhbatlashdi.

Ushbu kun mehnatkash bunyodkorlar uchun Tillar fakulteti dekani E.Musayev boshchiligidagi fakultet jamoasi tomonidan samimiy osh dasturxoni tashkil etildi. Universitet jamoasi tomonidan fidokorona xizmat qilayotgan quruvchilarga minnatdorchilik bildirildi.

Bizni kuzating

telegram|instagram|youtube|veb-sayt
👍217😁1
UNIVERSITET KO‘ZGUSI 3-son.pdf
6.3 MB
Universitet koʻzgusi” gazetasining 3-soni bilan tanishing.

Qadrli professor-o‘qituvchilar va aziz talabalar!

Universitetimiz rektori, professor Muxiddin Kalonov tashabbusi bilan Navoiy davlat universitetining “Universitet koʻzgusi” gazetasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Gazetada turli mavzulardagi ommabop maqolalar, she’rlar, universitet faoliyatiga oid yangiliklar va e’lonlar berib boriladi.

Sizlarda ham gazetada chop etish uchun materiallar (maqola, she’r, yangilik va h.k) bo‘lsa, @Hayot_Umr va @uraloyturdiyeva6224 telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

@NavDU_NavSU
5👍2🔥2
Forwarded from NDU
🟦🟦🟦🟦🟦

➡️ BEPUL O'QUV KURSI

O'zbekiston Pespublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 03/23-4/1-3413-sonli ko'rsatmasiga asosan O'zbekiston Pespublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi orqali talabalar uchun "KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH" MAXSUS O'QUV KURSI tashkil etildi.

Ushbu maxsus kursda o'qish uchun quyidagi amallar ketma-ketligini bajaring:

1. Havola orqali saytga kiring
(https://virtual.proacademy.uz/courses/korrupsiyaga-qarshi-kurashish-maxsus-oquv-kursi/);

2. "Kursga yoziling" tugmasini bosing
(bunda ro'yxatdan o'tish uchun ism, familiya, e-mail kerak bo'ladi);

3. "O'rganishni boshlash" tugmasini bosing (har bir mavzu yuzasidan qo'shimcha materiallar mavjud).

Maxsus o'quv kursi yuzasidan qo'shimcha savollar uchun quyidagi raqam orqali bog'lanishingiz mumkin:
📞 +99891 988 98 21
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1