Zakovat: Namangan
1.9K subscribers
10.6K photos
461 videos
62 files
1.45K links
Namangan viloyati “Zakovat” klubining rasmiy kanali.

Kanalda Namangan viloyatidagi mavsumiy o‘yinlarga oid yangiliklar va boshqa ma’lumotlar berib boriladi.
Download Telegram
| MEN ZAKOVATCHIMAN!

Ism, familiya, sharif:
Shavkatbek Shokirov Xoshim o’g’li
Tug‘ilgan sana: 1996-yil 1-fevral

Ish joyi:
Zakovat nodavlat notijorat tashkiloti, hududlarda intellektual o’yinlarni rivojlantirish bo’yicha bosh koordinator

Zakovatdagi birinchi va hozirgi jamoasi:
Mexmash Erudit jamoasi, hozirda jamoasiz

Zakovatga kirib kelish voqeasi:
Hammasi sinfdoshlar bilan osh ustida bo‘lgan samimiy yig‘ilishda boshlangan. Do‘stlarimdan biri Jalolbek meni onlayn Zakovatga taklif qilgan edi. Shundan beri shu olamdaman.

Eng yoqtirgan badiiy asarlar:
1. Joanna Rouling Garry Potter olami
2. Den Braun “Ibtido”
3. Aleksandr Duma “Graf Monte Kristo”

Eng yoqtirgan filmlar:
1. Interstellar
2. Shindler ro’yxati
3. Sheryurak
4. Cho’qintirgan ota
5. Nolan Betmen trilogiyasi

NZKda havas qilgan insonlari:
Bahodir aka Mahmud — turli sohalarda chuqur bilimga ega, doimiy o‘sishga intiluvchi, har qanday taklifga ochiq inson.
Sardor Hudjayev — hayotiy maslahatlari bilan doimo yordam beruvchi, strategik fikrlovchi inson.

Zakovatdan tashqari qiziqqan hobbilari:
Kitoblar kolleksiyasi
Shaxmat
FIFA o’yinlari
CS (Counter Strike) o’yinlari
• va yana 10 lab hobbilar.

Zakovatdagi kuchli va zaif tomonlari:
Kuchli tomonlar: adabiyot, tarix, filmlar, mantiq, intuitsiya
Zaif tomonlar: musiqa, o‘zbek filmlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar

Shaxsiy blog: @ShavkatbekShokirovblogi

#Zakovatchiman

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_ZakovatNNT
13🔥11👍6❤‍🔥21🫡1
| MEN ZAKOVATCHIMAN!

Ism, familiya, sharif: Mahmudov Bahodir Mohirjon o’g’li
Tug‘ilgan sana: 1992-yil 7-mart

Ish joyi:
Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Zakovatdagi jamoalari:
"Infiniti" (ilk jamoa)
"Chortoq TIM"
"Yangi Namangan TIM

"Brigada" (hozirgi jamoa)

Kelajakda Bahodir Mahmud jamoasini tuzish rejam bor.

Zakovatga kirib kelish voqeasi:
2022-yil oʻtkazilgan Mahallalar oʻrtasidagi Zakovat turniri orqali Namanganda zakovat klubi borligini eshitganman. Klubga doimiy a'zolik esa quizlar orqali boʻlgan.

Eng yoqtirgan badiiy asarlar:

Toʻgʻay Murod. "Otamdan qolgan dalalar" 10/10
Javlon Jovliyev. "Qoʻrqma" 10/10

Fyodor Dostoyevskiy. "Jinoyat va jazo" 10/10
Jorj Ourel. "1984" 10/10
Rey Bredberi. "Farengeyt boʻyicha 451°" 10/10

Jeyms Klir. "Atom odatlar" 10/10

Eng yoqtirgan filmlar va serial:

"Choʻqintirgan ota" 10/10
"Yashil milya" 10/10

"Breaking bad" 10/10

NZKda havas qilgan bilimdonlari:

Azamjon Isroilov — mantiqdorlik va tezkorlik.

Islom Toshpoʻlatov — faktdorlik va kuchli xotira.

• Baxtiyor Habibullayev - tinimsiz mehnat va intizom.

Zakovatdan tashqari qiziqqan hobbilari:

• Kitobxonlik. Audiokitoblar tinglash. (Sifatli kitoblardan 10 000+ kitoblar kolleksiyasi yaratish orzum)
• Kitobxonlik klublari va debatlarini yuritish: "Carpe Diem", "Mr. BBC". Kitoblarga taqriz yozish
• Gadjetlar va elektrotexnikalar
• "Call of Duty" missiyalarini yakunlash

Zakovatdagi kuchli va zaif tomonlari:

Kuchli tomonlar: adabiyot, filmlar, tilshunoslik, qisman musiqa.
Zaif tomonlar: xotira bilan bogʻliq faktlar. Yillar, ism-shariflar.

Shaxsiy blog: @BahodirMahmud

#Zakovatchiman

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_ZakovatNNT
🔥429👍81
| MEN ZAKOVATCHIMAN!

Baxtiyor Habibullayev Abdulvoxid o'g'li

Tug‘ilgan sana: 08.05.1993
Ish joyi: Namangan Texnika universiteti

Zakovatdagi jamoalari:

- "Alpomish" (ilk jamoa)
- "Pentagon"
- "Brigada"
- "Kapitoliy"

- "Alif" (hozirgi jamoa)

Zakovatga kirib kelish voqeasi: 2023-yilda Otabek aka Jo'raxo'jayev "Juda sizbop o'yin", deya Vodiy Quizdagi "Alpomish" jamoasiga taklif qilganlar. So'ng u yerdagi jamoadoshim Jasurbek Xamidjonov tavsiyasi bilan 1-ligada Alpomish Zakovat jamoasini tashkil qilganmiz. Umuman olganda esa "Что? Где? Когда?", "Своя игра" kabi intellektual o'yinlarni bolaligimdan Onamlar bilan qoldirmay kuzatganmiz.

Eng yoqtirgan badiiy asarlar:

- "Ikki eshik orasi", O'tkir Hoshimov
- "Jinoyat va jazo", Fyodor Dostoevskiy
- "Evrilish", Franz Kafka

Eng yoqtirgan film va seriallar:

- "Uzuklar hukmdori" trilogiyasi
- "1+1"
- "Vijdon amri"
- "Doctor House"

NZKda havas qilgan bilimdonlari:

Akbarbek Zunnunov — yosh bo'lishiga qaramay kuchli erudit. Kimdadir faqat mantiq bor, kimdadir faqat fakt, kimdir faqat "plyuschi", kimdir faqat adabiyot. Akbar esa universal bilimdon. O'lik nuqtadan jamoani tog'ri javobga olib chiqishi mumkin, Usiz Pentagonni tasavvur qila olmayman va u bilan bir qatordagi bilimdon hayolimga kelmadi ham.

Zakovatdan tashqari qiziqqan hobbilari:

• Melomaniya va karaoke. Bolaligimdan o'zbek, rus hamda G'arb ijodidan xabardor bo'lib turaman.
• Horror. Bu janridagi deyarli barcha filmlarni ko'rib chiqqanman. Eng sevimlilari "Conjuring" kinoolami.
• Counter-Strike: Global Offensive o'yini (Steamda 2000+ soat tajriba)
• Fotografiya. Ikki yillik tajribam bor. Lekin hozirda kamera yo'qligi sababli bu hobbi "koma" holatida.

Zakovatdagi kuchli va zaif tomonlari:

Kuchli tomonlar: eruditsiya, mantiq, bir necha til bilish, filmlar, melomaniya.
Zaif tomonlar: O'zbekiston tarixi, milliy savollar, eski savollar bazasi bilan tanish emaslik.

Shaxsiy blog: @baxtiyor_fellx

#Zakovatchiman

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_ZakovatNNT
🔥2284👍4😁3🏆3🎉2😱1💔1
| MEN ZAKOVATCHIMAN!

Ism, familiya, sharif: Isroilov Sardorbek Sobirjon o’g’li
Tug‘ilgan sana: 1990-yil 10-fevral


Ish joyi: Xususiy tadbirkor

Zakovatdagi jamoalari:
"Kazbek" (ilk jamoa)
"Revolver"
"Alif" (hozirgi jamoa)

Zakovatga kirib kelish voqeasi:
2018-yil telegram va Facebookdagi online Zakovat kanallari va guruhlariga qo’shilganman, keyinchalik shu guruhlardagi tanishlar bilan jamoa yig’ib, “Urfon shou” ilk mavsumida g’oliblikni qo’lga kiritganmiz. O’qish maqsadida Janubiy Koreyaga ketib, ma’lum muddat Zakovatdan uzilib qoldim. NZK da ilk bor 2022-yil qisqa ta’tilga kelganimda, 1 oy davomida “Kazbek” jamoasi bilan ishtirok etganman. 2024-yildan NZKda muntazam qatnashib kelyapman.

Eng yoqtirgan badiiy asarlar:

O’tkir Hoshimov. "Ikki eshik orasi"
Said Axmad. “Ufq”
Tog’ay Murod. “Oydinda yurgan odamlar”


Holid Husayniy. "Ming quyosh shu’lasi"
Chingiz Aytmatov. "Qiyomat"
Teodor Dreyzer. "Baxtiqaro Kerri”

Eng yoqtirgan filmlar va serial:

"Panjara ortida"
"Shaytanat"
"Shumbola"

NZKda havas qilgan bilimdonlari:

Islom Toshpoʻlatov — kuchli ma’lumotlar bazasiga ega, shuningdek kutilmagan javoblarga yetib borishi.

• Sardor Xo’jayev - yuqori mantiq egasi.

A’zamjon Isroilov - yaxshi sardor, kuchli bilimdon.

• Najmiddin Hakimjonov - yosh bo’lishiga qaramay kuchli eruditsiyaga ega, zo’r xotirasi va har qanday o’yinda emotsiyalarsiz yuqori natijalarga erisha olishi.

Zakovatdan tashqari qiziqqan hobbilari:

• Kitobxonlik. ( So’nggi yillarda faqat audiokitob tinglayapman)
• Bog’dorchilik ( Shaxsiy mevali bog’da ko’p vaqt o’tkazaman )
• Baliq ovi ( Bekorchilikda muntazam baliq oviga borib turaman.
• Futbol ( hozir asosan TV orqali ko’rish bilan cheklanyapman )

NZK da havas qilgan jamoasi va sabablari:

Pentagon - so’zsiz kuchli bilimdonlar yig’ilgan. Doimiy g’oliblik ruhi bor jamoada. Tarkibdagi har bir bilimdonni xavas qiladigan bilimdonlar bandiga kiritishga arziydi.

Zakovatdagi kuchli va zaif tomonlari:

Kuchli tomonlar: Asosan milliy mavzudagi ma’lumotlar, adabiyot va geografiya
Zaif tomonlar: Faktlarni eslolmaslik (Xotira bilan bog’liq) va kamligi, tarix, kino, shaxslar va yillar, sindrom-effektlar…


#Zakovatchiman

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_ZakovatNNT
👍266🔥5
| MEN ZAKOVATCHIMAN!

Mirzaraxmatova Madina Hamidjon qizi

Tug‘ilgan sana: 16.01.2000

Zakovatdagi jamoalari:

- "Pozitiv" (ilk jamoa)
- "Filologlar"
- "Tafakkur"
- "Ekspromt"
- "Espero" (hozirgi jamoa)


"Zakovatga kirib kelish: 2019-yilda o'qishga kirgan yilim Facebook ijtimoiy tarmog'i orqali Yoshlikdagi klub o'yinlariga borganman. Keyinchalik karantin boshlanganidan keyin onlayn o'yinlarga kirib kelganman. Mana shu onlaynda o'rgangan faktlar orqali qizlar uchun bo'lib o'tgan kastingdan deyarli qiynalmay o'ta olganman."

Eng yoqtirgan badiiy asarlar:

"Kitob o'qishni yaxshi ko'raman, lekin 3ta eng yoqtirgan asarimni tavsiya qila olmayman, chunki menga yoqqan asar boshqalarga yoqmasligi mumkin va bu normal. Nasib qilsa o'qigan kitoblarim mingdan oshsa maslahat berishim mumkin"

Eng yoqtirgan film va seriallar:

- "Shindler ro'yxati"
- "Yong'inlar"
- "Osmondagi bolalar"


NZKda havas qilgan bilimdonlari:

• "Shavkatbek Shokirov — "Bilim muntazamlikni talab qiladi"
Mana shu ibora Shavkatbek uchun atalgan. Kuchli bilimdon, tinimsiz kitob o'quvchi va juda ham tolerant inson sifatida bilaman va shu jihatlariga juda havas qilaman."

Zakovatdan tashqari qiziqqan hobbilari:

• Kino ko'rish, musiqa eshitish, pazl terish, kitob o'qish

Zakovatdagi kuchli va zaif tomonlari:

Kuchli tomonlar: mantiq, adabiyot, intuitsiya
Zaif tomonlar: sport [barcha turdagi], komikslar, fantastik asarlar, fizika, matematika, astronomiya

Shaxsiy blog: @per_aspera_ad_astra_MHM

#Zakovatchiman

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_ZakovatNNT
24🔥16❤‍🔥7👍21
MEN ZAKOVATCHIMAN!

Ism, familiya, sharif:
Boynazarova Saida Farxodjon qizi
Tug‘ilgan sana: 1993-yil 28-may

Ish joyi:
2012-yildan buyon Bolalar bog‘chasida tarbiyachi (hozircha onalik ta'tilidaman)

O‘qish joyi:
University of Business and Science oliygohi Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Zakovatdagi birinchi va hozirgi jamoasi:

Lingvistlar (ilk jamoa)
Phenomenal
Revolver
Westeros (hozirda)


Ayollar ligasida:
Queens Gambit (ilk jamoa)
To‘maris (hozirda)


Zakovatga kirib kelish voqeasi:

Turmush o‘rtog‘im 2021-yili To‘raqo‘rg‘on tuman Zakovat kanalida o‘tkazilgan online turnirda qatnashganlar va men ham online zakovat olamiga kirib kelganman.
Shu yili Namangan Zakovat Klubida o‘tkazilgan ilk liga o‘yinlarida Lingvistlar jamoasi tarkibida ishtirok etishni boshlaganman turmush o‘rtog‘im sababli.

Eng yoqtirgan badiiy asarlar:
1. Agata Kristi "Sharqiy ekspressdagi qotillik"
2. Toxir Malik "Shaytanat"
3. Toxir Malik "Samum"
4. Said Axmad " Ufq"
5. O‘tkir Hoshimov "Tushda kechgan umrlar"


Eng yoqtirgan filmlar:
1. Osmondagi bolalar 1 2
2. Puaro
3. Panjara ortida
4. Rim ta'tillari
5. If qal'asi mahbusi
6. Doktor Hause

NZKda havas qilgan insonlari:

Maftuna Otaboyeva- o‘z sohasida chuqur bilimga ega, serg‘ayrat ayol, shogirdlari (farzandi)ni zakovatdagi  yutuqlari bilan maqtansa arzigulik.
Shaxloxon Maxkamova- adabiyot bo‘yicha kuchli bilimdon, xalq og‘zaki ijodini yaxshi biladilar, oilaviy zakovat ixlosmandlari.
Naima Yigitaliyeva- Kuchli bilimdon bo‘lmasalar ham farzandlarini ta'lim olishi uchun hamma narsaga tayyor mexribon ona. Ulardan motivatsiya olaman)


NZKda yoqtirgan yosh bilimdonlari:

Olimxon Maxmudov- To‘g‘ri so‘z, samimiy va yaxshi bilimdon
Abdulazizxon Sobirov - NZKning eng yosh chempioni, yosh kitobxon, o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaydi
Najmiddin Xakimjonov- Xotirasi kuchliligiga havas qilaman)

NZKda yoqtirgan jamoalarim:

Kazbek (Alif bo‘lmasdan avval)
Brigada- Azamjon Isroilov "Yoshlar kubogi" turniridan keyin yaxshi jamoa shakllantira oldi va havas qilarli natijalarga erishishdi

Zakovatdan tashqari qiziqqan hobbilari:
• Qo‘l mehnati yasash
• Gullar parvarishi
• Bolajonlarim bilan multfilm tomosha qilish

Zakovatdagi kuchli va zaif tomonlari:
Kuchli tomonlari:
O‘zbek va Hind filmlari, qo‘shiqlar, Multfilm, iboralar va Mantiq.
Zaif tomonlar: turli yillar, effekt va sindromlar

Shaxsiy blog: @boynazar0va

#Zakovatchiman

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_ZakovatNNT
🔥174👍42❤‍🔥2😁2
MEN ZAKOVATCHIMAN!

Ism, familiya, sharif:
Tojimirzayeva Durdona Rustam qizi
Tug‘ilgan sana: 2002-yil 9-oktyabr

Ish joyi:
Davlatobod tumani Sport maktabi Dzyudo bo‘limi treneri

O‘qish joyi:
Namangan davlat pedagogika instituti 2-bosqich magistranti

Zakovatdagi jamoalari:

Pegas (ilk jamoa)
Oq uy (Infinity)
Cosmos
Revolver
ChatGPT
Westeros (hozirda)

Ayollar ligasida:
Queens'Gambit (ilk va hozirgi jamoa)


Zakovatga kirib kelish voqeasi:

2022-yil Bahorda 5 tashabbus bo‘yicha mahallalar o'rtasidagi zakovat intellektual o‘yini sabab kirib kelganman.
Dugonam Mohinur qiziqishi orqali Namanganda liga o'yinlari bo'lishi haqida ma'lumot oldik va mahalla jamoamiz bilan 1-liga o‘yinlariga qatnashish boshlandi. Bir mavsumdan so'ng professional liga Oq uy jamoasida o‘ynay boshladim va shundan buyon doimiy klub a'zosiga aylandim


Eng yoqtirgan badiiy asarlar:
1. O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
2. Franz Kafka " Evrilish"
2. Daniel Kiz "Eljernonga atalgan gullar"

Eng yoqtirgan filmlar:
1. Shindler ro'yxati
2. Intersteller
3. 101
4. 7-bo‘lmadagi mo‘jiza


NZKda havas qilgan ayol bilimdoni:

Saida Boynazarova - ish, o‘qish, oila 3 farzanddan ortib o‘z ustida ishlashdan to‘xtamasliklari odamni hayron qoldiradi.

NZKda yoqtirgan yosh bilimdoni:

Najmiddin Xakimjonov- Yosh bo'lishiga qaramasdan tajribali bilimdonlar bilan tenglasha oladigan salohiyatga ega.

NZKda yoqtirgan jamoalari:

Pentagon - yillar davomida yo'qotishlar o'rnini munosib to‘ldirishi, o‘z o'rnini saqlab qola olishi tahsinga sazovor.
Brigada - jamoaviylik mustahkam shakllangan. Deyarli barcha bilimdonlar 1 savol javobiga borish uchun teng harakat qila oladi.

Zakovatdan tashqari qiziqqan hobbilari:
• Ijtimoiy sohalarda volontyorlik
• O‘z ustida mustaqil ishlash
• Podkast va intervyular ko‘rish

Zakovatdagi kuchli va zaif tomonlari:
Kuchli tomonlari:
Savol mantig‘ini anglash va yetkazib berish, umumiy mantiq.
Zaif tomonlar: atoqli otlar va faktlar.

#Zakovatchiman

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_ZakovatNNT
🔥137😁53❤‍🔥1😍1💔1
| MEN ZAKOVATCHIMAN!

Ism, familiya, sharif:
Isroilov A'zamjon Akramjon o’g’li
Tug‘ilgan sana va joy: 2000-yil 28-yanvar Chortoq tumani

Ish joyi:
Coscom LLC(Ucell aloqa operatori)da tarmoqni nazorat qilish markazi muhandisi

Zakovatdagi oʻynagan jamoalari:
Status, Tranzistor, Spectrum, Brigada

Zakovatga kirib kelish voqeasi:
2018-yil Universitet kafedralari o'rtasidagi musobaqa orqali, bir yildan so'ng Toshkent zakovat klubida qatnashganman

Eng yoqtirgan badiiy asarlar:
1. Odam bo'lish qiyin
2. Lolazor
3. To'rtko'cha

Eng yoqtirgan filmlar:
1. Taxtlar o'yini(to'g'ri film emas lekin GOAT)
2. Interstellar
3. Ochlik o'yinlari
4. Qo'zichoqlar sukunati
5. Shindler ro’yxati

NZKda havas qilgan insonlari:
• Abduvohid aka Isoqov — Shanba kungi 2 soat klub o'yinini dam olish uchun sarflaydigan, san'at, ilm va sayohat shaydosi.
• JahongirMirzo Abdullayev — Zakovatni sevuvchi hayotiy tajribasi va bilimi kuchli inson. TV o'yinlarida savollar bo'yicha ham ekspert)
• Najmiddin Hakimjonov — yosh bo'lishiga qaramay qisqa muddatda katta o'sishga erishgan yosh bilimdon, kamsuqum va kamgap(shunisiga ko'proq havas qilsam kerak)

Zakovatdan tashqari qiziqqan hobbilari:
• Kitoblar sotib olish va yuzdan birini o'qish;
• Futbol o'ynash va tomosha qilish;
• Dasturlash va til o'rganish;
• Video o’yinlar;
• Suzish;
• Astronomiya.

Zakovatdagi kuchli va zaif tomonlari:
Kuchli tomonlar: Birinchi temp o'yinchisiman, qayerdadir o'qigan yoki eshitgan qoldiq bilimlar, shuningdek adabiyot, texnologiyalar, mantiq, intuitsiya
Zaif tomonlar: ko'p asosan musiqa, tarix, etimologiya va film mavzularida qiynalaman.

Zakovatni nega yaxshi ko'raman?
Bu savolni juda ko'p o'ylaganman, javobi menimcha oddiy. Inson doim o'zi uchun kurash maydoni izlaydi, intilish va natija uni yashashga undaydi. Men ham shu intellektual maydonda o'zimni yashayotgandek his qilaman. Va albatta samimiy ilmli, do'stlar davrasi o'ziga doimo chorlab keladi.

Namangan zakovat klubi uchun yangi kelajak quradigan jamoalar Astral va Monopoliya jamoalari. Yosh oʻyinchi ukalarimiz katta natijalarga qodir. Muhimi mehnatdan toʻxtab qolishmasa boʻlgani.

Yosh novdalar ichidan Najmiddin, Behruz, Muhammadferuz va Saidaxror kabi tirishqoq ukalarimizni kelajakda top bilimdon boʻlishiga ishonaman.

Yangi zakovatchilarga maslahatim:
O'qing, o'rganing. Kurashdan to'xtab qolmang. Haftada bir bora ikki soatni shunchaki uxlab yoki nafas olib o'tkazib yubormang.
Lekin zakovatga umrni tikishni maslahat bermagan boʻlardim. Hayot, ish va o'qish asosiy pog'onasida tursin.

Shaxsiy blog: @Sozlar_qoldirmish_izlar

#Zakovatchiman

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_ZakovatNNT
🔥2715👍11❤‍🔥3😍1
Ism, familiya, sharif:
Isaqov Abduvohid Abduvahobovich
Tug‘ilgan sana va joy: 1981-yil 3-noyabr, Kosonsoy tumani

Ish joyi:
Namangan davlat universiteti

Zakovatdagi oʻynagan jamoalari:
Spectrum, Kapitoliy (hozirda)

Zakovatga kirib kelish voqeasi:
2020-yil, Namangan shahridagi Prezident maktabida o'tkazilgan onlayn turnir, shunda "kasal" bo'lganimcha hali tuzalmaganman

Eng yoqtirgan badiiy asarlar:
1. Ulkan shaxmat maydoni
2. Mo'jiza sodir bo'lmaydi
3. Alkimyogar
4. Yovvoyi yo'rg'a

Eng yoqtirgan filmlar:
1. Karib dengizi qaroqchilari
2. Kungfu Panda(😁falsafasi uchun qadrlayman)
3. Kod Da Vinchi
4. Ibtido
5. Sheryurak

NZKda hurmat qilgan insonlari:
• Shavkatbek Shokirov — umrini shu Zakovatga bag'ishlagan, samimiy va mehnatkash inson.
• Bahodir "og'a" — ishidagi vazifa mas'uliyatidan ortib Zakovatda ham aktiv!
• A'zamjon Isroilov — mehnatkash, o'z ustida ishlaydi, muntazam "o'sish" uchun harakatda, "Zakovat Xitoyda bo'lsa ham qatnash" iborasi A'zamjonga tegishli deb hisoblayman.

Zakovatdan tashqari qiziqishlari va hobbilari::
• Sayohat;
• Futbol;
• Grafik dizayn (animatsiya, videomontaj, 3D modelling, illyustratsiyalar);
boshqasiga vaqt yetmaydi

Zakovatdagi kuchli va zaif tomonlari:
Kuchli tomonlar: sayohat va faoliyat davomida orttirilgan tajriba, javobini topgan savollarimning deyarli barchasini yoki ko'rgan yoki boshdan kechirgan bo'laman.
Zaif tomonlar: faktlar-ismlar va sanalarni deyarli yodlab qola olmayman.

Zakovatni nega yaxshi ko'raman?
Zakovat asosiy ishim bilan bog'liq faoliyatimdagi "bir xillik"ka intelllektual "rang" bag'ishlaydi. Miyani doimiy "ishlab" turishi uchun yaxshigina "yoqilg'i" vazifasini bajaradi.

Namangan zakovat klubi uchun yangi kelajak quradigan jamoalar: ko'p jamoalarni shaxsan tanimayman, lekin o'z o'rnini va brendini yaratib bo'lgan lider jamoalar(Pentagon, Brigada)dan tashqari yetakchilikka intilayotgan Alif jamoasi a'zolarining harakatlarini qadrlayman.

Yangi zakovatchilarga maslahatim:
Zakovatdan intellektual "o'sish" uchun foydalaning, lekin qaysi sohada o'qiyotgan bo'lsangiz, shu sohani kuchli mutaxassisi bo'ling. Eng yaxshi ish-yaxshi va halol pul topadigan ish (PS)

#Zakovatchiman

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_ZakovatNNT
🔥26👍124💯4
| MEN ZAKOVATCHIMAN!

Ism, familiya, sharif: Zunnunov Akbarbek
Tug‘ilgan sana va joy: 2002-yil 3-may, Uchqo‘rg‘on tumani
Ish joyi: Hamkorbank, kredit menejeri
Zakovatdagi oʻynagan jamoalari: Pentagon

Zakovatga kirib kelish voqeasi:

Zakovatga kirib kelishimga sabab — Telegramdagi «odam o‘g‘rilari» bo‘lgan, desam to‘g‘riroq bo‘ladi. Ular meni «Smart Zakovat» nomli savol-javob guruhiga qo‘shib qo‘ygach, online Zakovat o‘yinlariga qiziqib qoldim. Keyinchalik online o‘yinlardagi faolligim sababli Jamshid Anvarov meni NamDU Rektor Kubogi o‘yinlariga taklif qildi va shu bilan offline o‘yinlardagi faoliyatim ham boshlandi.

Eng yoqtirgan badiiy asarlar:

📖 Eljernonga atalgan gullar — Deniel Kiz
📖 Hukmdor — Nikkolo Makiavelli
📖 Garri Potter — J. Rouling

Eng yoqtirgan filmlar:

🎬 Se7en
🎬 Pulp Fiction
🎬 Fight Club

NZKda havas qilgan insonlari:

• Sardor Xudjayev — Ustoz sifatida ko‘radigan insonlarimdan biri. Boy hayotiy tajribasi bilan ko‘p vaziyatlarda maslahatlari orqali yordam beradi.
• Baxtiyor Xabibullayev — «Erkin inson» deganda doimo xayolimga keladigan odam. Hobbylarining ko‘pligi va barchasida natijaga erishgani havasga arziydi.
• Tolibjon Boboyev — Hozirgi yoshlar orasida havas qilsa arziydigan bilimdon. Maqsadlar yo‘lida doimo harakat qiladigan va ularni amalga oshira oladigan inson. (MLBBda baribir bot :))

Zakovatdan tashqari qiziqqan hobbilari:

• Kitob, manga va manhwa o‘qish
• Futbol va jangovar sportlarni tomosha qilish
• Film, serial va animelar ko‘rish
• Video o‘yinlar o‘ynash
• Kolleksiya yig‘ish (antikvar narsalar har doim e’tiborimni tortadi)
… va yana ko‘plab sohalar

Zakovatdagi kuchli va zaif tomonlari:

Kuchli tomonlar: mantiqiy fikrlash, intuitiv topqirlik, umumiy bilimlar, har sohadan bir shingil ma’lumotlar

Zaif tomonlari: ba’zida ma’lumotlar ko‘pligi chalg‘itadi va javobni shoshilib chopib qo‘yadigan odatim bor

Zakovatni nega yaxshi ko‘raman?

Bu maydon menga o‘zimni kashf etish, bilimimni sinash va rivojlantirish imkonini beradi. Yangi-yangi savollar, yangi yuzlar va bilimdon jamoalar bilan birga bo‘lish — bu ajoyib tuyg‘u. Ayniqsa, o‘sha ikki soatlik o‘yinlarda hayotning boshqa tashvishlari unutilib, faqat bilim va mantiq bilan yashaysan.
Emotsiyalardan tashqari, Zakovat orqali olingan bilimlar hayotim va karyeramdagi progressga katta yordam bermoqda. Shuningdek, Zakovatsocial qualityni oshirishda ham juda foydali bo‘ldi — u orqali 12 viloyatdan do‘stlar topdim.

NZKda yoqadigan jamoalar:

Brigada — NZKdagi eng yaxshi jamoaviy loyihalardan biri. Dastlab umidli yoshlardan yig‘ilib, tinimsiz mehnat evaziga kuchli jamoaga aylangan, hurmatga sazovor.
Kapitoliy — Ko‘proq nostalgiya uchun: Pentagon bilan doimiy raqobatlashgani va ko‘plab bilimdonlarini yetishtirib bergani uchun… (albatta asosan biz uchun) !
Barchinoy — To‘liq ayol-qizlardan tashkil topgan stabil jamoa sifatida ularni kuzatish yoqadi. Klubimizdagi ayol-qizlar soni oshishida shunday jamoalarning o‘rni katta.

Yangi zakovatchilarga maslahatim:

O‘zingizga ishonchni yo‘qotmang. Qiziqing, o‘rganing. Har bir o‘yin — bu tajriba. Har bir qilingan mehnat natijasiz qolmaydi.

Shaxsiy blog: [hozircha yo‘q, lekin kelajakda albatta bu sohada ham ijod qilish niyatim bor]

#Zakovatchiman

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_ZakovatNNT
👍15🔥124😍3😁1
| MEN ZAKOVATCHIMAN!

Ism, familiya, sharif: Turdimamatov Dilshod Abdurashid o’g’li
Tug‘ilgan sana: 1998-yil 19-aprel


Ish joyi: “Zakovat Intellektual klubi” NNT hududlarda intellektual o’yinlarni rivojlantirish bo’yicha koordinator

Zakovatdagi jamoalari:
“Mexmash Erudit” (Ilk jamoa)

"Zarhal" (NZK dagi ilk jamoa)
"Kapitoliy"

Zakovatga kirib kelish voqeasi:
2017-yil NamDU ga talaba bo’lib kirganimdan so’ng kursdoshim Shavkatbek Shokirov tomonidan tavsiya orqali kirib kelganman. 2018-yilda bo’lib o’tgan “Talabalar kubogi”(Hozirgi Intellektual Olimpiadani analogi) da qatnashganimdan so’ng Zakovatdan chiqish eshiklari men uchun yopilgan). NZK ochilgunga qadar online Zakovatda qatnashib yurganman.

Eng yoqtirgan filmlar:
"Uch savdoyi”
“Uzuklar Hukmdori”
“Garri Potter”
Marvel olami filmlari.

Eng yoqtirgan seriallar:
“Taxtlar o’yini”
“Chuqur” turk seriali
“Jumong”))

NZKda havas qilgan bilimdonlari:

• Sardor Xo’jayev - yuqori tajriba va mantiq egasi. Har tomonlama kerakli maslahatlar olsa bo’ladigan bilimdon, nafaqat Zakovatda boshqa barcha sohalardagi maslahatlarni ham.

• Shavkatbek Shokirov - birinchi o’rinda anchadan beri taniganim uchun ham. Kitoblar o’qish bo’yicha eng dangasa Zakovatchi men bo’lsam kerak)
Lekin Shavkatbek o’qigan kitoblarini tugatgandan keyin uni aytib berishi tufayli huddi o’qigandek bo’laman.

Bahodir Mahmud - hamma ishlaridan ortib o’zlari qiziqqan hobbilariga bemalol erinmasdan vaqt ajratishlariga doim qoyil qolganman.

NZKdagi yosh bilimdonlar:

• Tolibjon Boboyev -
bu bolani to’g’risi pasportini ko’rib keyin yoshiga ishonganman, agar dunyo qarashi, fikrlashiga qarab yoshi aniqlanganda Tolibjon Mahalla turniriga mos kelmasligi aniq edi)

• Najmiddin Xakimjonov -
hozirda NZKdagi yoshlar o’rtasida eng kuchlilardan biri desam to’g’ri bo’ladi. Har qanday jamoani o’zi bemalol tortadigan yosh bilimdon. Najmiddinni navbatdagi o’quvchilar o’rtasidagi turnirda bemalol respublikada o’rin olishiga ishonaman.

• Yodgorbek Axunov -
to’g’risi ko’pchilik uchun yosh deganda Yodgorbek to’g’ri kelmasligi mumkin, lekin jamoamdagi eng yoshlardan biri ahir) Anchadan beri qattiq mehnat qilishi hozirda bemalol o’z mevasini berishni boshladi, ko’plab savollardagi topqirligi bunga misol.
Shunday ketishda yangi Jo’rabek va Diyorbeklardan klubimizda ko’rishimiz mumkin.


Zakovatdan tashqari qiziqqan hobbilari:
•Futbol, Stol tennis (Sportning ko’plab turlari)
•Video o’yinlar(FIFA, Cs 1.6, PUBG, Generals)
• Yaxshi kino topilmay qolganda anime ko’rish. Kinoni reytingiga qaramay ko’rsam ham animeni reytingiga va albatta hamma qismi tugaganligiga qarayman. Yangi qismi chiqishini kutish yoqmaydi)

NZK da yoqadigan jamoasi:

Pentagon - izoh shart emas menimcha.


Zakovatdagi kuchli va zaif tomonlari:

Kuchli tomonlar: Mantiq va tajriba.
Zaif tomonlar: Musiqa, Kartinalar, Xotira bilan bog’liq faktlar)

Shaxsiy blog:
@DilshodbekTurdimamatov

#Zakovatchiman

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_ZakovatNNT
👍16🔥98👏2😁1
| MEN ZAKOVATCHIMAN

Ism, familiya, sharif:
Joʻrabek Mehmonov Akbarjon oʻgʻli
Tugʻilgan sana va joy: 2002-yil, 2-dekabr, Chust tumani

Zakovatda oʻynagan jamoalari:
Pentagon, Lirika, Espero

Zakovatga kirib kelish voqeasi:
2021-yil fakultetlar oʻrtasidagi zakovatga Diyorbek Mahmudjonov taklif qilgan.

Eng yoqtirgan badiiy asarlar:

1. "Hayotga muhabbat" (Jek London)
2. "Ikki eshik orasi" (Oʻtkir Hoshimov)
3. "Chinor" (Asqad Muxtor)

Eng yoqtirgan filmlar:

1. "Qotillikni xotirlab" (Bon Jun Xo)
2. "Osmondagi bolalar" (Zulfiqor Musoqov)
3. "Taxtlar oʻyini" seriali.

NZKda havas qilgan insonlari:

• Sardor Aka Xoʻjayev - Pentagonning Jamol Maligi.

• Bahodir aka Mahmud - ilm tomondan ham, xarakter tomondan ham hammaga oʻrnak boʻla oladigan inson.

• Dilshodbek Turdimamatov - oʻyindan keyin zakovatdagi hissiyotlarni uni tushunadigan insonga aytib berish maroqli barbir :-)

Zakovatdan tashqari hobbilari:

• Futbol
• Hill Climb Racing oʻynash
• Dublyaj

Zakovatdagi kuchli va zaif tomonlari:

Kuchli tomonlar:

- Haddan tashqari beparvoman. Javobim chopilsa yoki oson narsa oʻtib ketsa ham umuman asabiylashmayman. Kelasi savollarda xato qilmaslikka harakat qilaman.

- Yaxshi pas bera olaman.

Zaif tomonlar:

- Nazmiy savollar, kimyo va matematikaga oid har qanday savol.

Zakovatni nega yaxshi koʻraman:

Doʻstlar bilan bir haftada bir davraga yigʻilish, hangomalar va javob topilgandagi hissiyot boshqacha.

NZKda yoqadigan jamoalar:

Unical - Tajribali oʻqituvchilardan iborat jamoa.

Yangi zakovatchilarga maslahatim:

Rivojlanishni istasangiz koʻproq "Cвоя игра" oʻynang yoki savol tuzing. Mehnat natijasiz qolmaydi.

Shaxsiy blog: @ZakovArt

#Zakovatchiman

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_ZakovatNNT
🔥19👍94😍1
| MEN ZAKOVATCHIMAN!

Ism, familiya, sharif: Goʻzalxon Ortiqova A'zamjon qizi
Tug‘ilgan sana va joy: 2003-yil 18-sentyabr , Namangan tumani
Ish joyi: Namangan tumani 2-son Politexnikum, huquq fani oʻqituvchisi.

O‘qish joyi:
Namangan davlat pedagogika instituti 4-bosqich talabasi.

Zakovatdagi oʻynagan jamoalari:

SOFIYA(maktabdagi ilk jamoa)
KOHINUR( Institutdagi ilk jamoa)
RENESSANS-NamDPI terma jamoasi (2022-yildan va hozirda)
Ayollar ligasida: BELLADONNA jamoasi sardori

Zakovatga kirib kelish voqeasi:

Zakovatga kirib kelishimga sabab — @Sabrilam9097 shu inson maktabimizga zakovatni olib kirganlari sabab boʻlgan. Ikki marta Namdudan koordinatorlar chaqirib rasmiy oʻyin ham oʻtkazganlar. Zakovat haqida tushuncha shunda paydo boʻlgan. Institutdagi koordinatorimiz Murodjon Nabijonov murabbiyliklari ostida Renessans bilan Intellektual Olimpiada Respublika bosqichiga yoʻllanmani olgan kunimiz (09.12.2022) Shavkatbek Shokirov bizni 1-liga oʻyiniga taklif qilganlar. Oʻsha yili 10-dekabrdan rasman klub oʻyinlarida ishtirok etishni boshlaganman.

📚Eng yoqtirgan badiiy asarlar:

Yulduzli tunlar – Pirimqul Qodirov
Puankare –Abduqayum Yoʻldosh
Eljernonga atalgan gullar – Deniel Kiz
Evrilish – Frans Kafka

🎬 Eng yoqtirgan filmlar:

Interstellar
Ustoz va 30 shogird
Garri Potter
Osmondagi bolalar

NZKda havas qilgan insonlari:

• Shavkatbek Shokirov – Bu insondagi oʻziga xos harakter, qat'iy tartib-intizomga egaliklari eng boshidan havasimni keltirgan. Bundan tashqari koʻp kitob oʻqishlari, ikki yuzdan ortiq insonni bir maqsad yoʻlida birlashtira olganliklari, klubda halol oʻyin ,tartib qoidani zakovatchilarning qoniga singib ketishigacha olib kelganlari sababli qattiq hurmat qilaman va shuning uchun oʻzimga ustoz deb bilganman.

• Saida Boynazarova – menimcha klubdagi barcha ayol zakovatchilar havas qilsa kerak bu insonga. Oilali , 3ta farzand onasi boʻla turib, zakovat bilan hamnafas yashash hammaning ham qoʻlidan kelmaydi.

• Akbarbek Zunnunov – Zakovatda erishgan yutuqlaridan tashqari, kamdan kam zakovatchida uchraydigan oʻziningg darajasi, bilimiga kibrlanmaydigan, kamtar, samimiylikka ega insonligi uchun havas qilaman.

Zakovatdan tashqari qiziqqan hobbilari:

• Audiokitoblar tinglash
• Badiiy asarlar mutolaasi
• Kitobxonlik tanlovlarida ishtirok etish
• She'r, hikoya yozish… va boshqalar

Zakovatdagi kuchli va zaif tomonlari:
Kuchli tomonlar: Mantiq va uni jamoaga tushuntirib berish, Intuitsiya, umumiy tarix va adabiyot, kundalik hayotdagi bilimlar.

Zaif tomonlari: Jahon kino– musiqasi va boshqalar)

Zakovatni nega yaxshi ko‘raman?

Zakovatda - halovat, doimo intelektual orasida boʻlish zavqi, taftini toʻliq anglab yetganim tufayli ,Ijtimoiy hayotdan uzib qoʻyadigan darajada alohida kuchga ega tengsiz olam boʻlgani uchun yaxshi koʻraman.

NZKda yoqtirgan jamoalari:

Pentagon — Soʻzsiz birinchi raqamli jamoa men uchun. 2022-yilgi Olimpiyadada koʻz oldimda koʻrsatgan natijalari hech qachon esimdan chiqmaydi. Oʻsha oltin tarkib bilan erishgan yutuqlari bilan Respublikani lol qoldirganliklari havas qilsa arziydi . Yangi zakovatga kirgan paytimiz hatto nomini oʻzi bizga motivatsiya berar edi. Shaxsan men uchun bu daraja hech qachon oʻzgarmas boʻlib qoladi.

Brigada — kuchli zakovatchilardan iborat boʻlgani uchun tashkil topganiga uncha koʻp boʻlmasdan Prefessional ligada favoritga aylanganlari e'tirofga sazovor. Lekin ulardagi men havas qiladigan jihat , jamoa aʼzolarining bir biri bilan ogʻa-inidek yaqin munosabatda boʻlishi, jamoadagi birdamliklaridir. Balki menga shunday koʻrinar bilmadim, lekin shu jihatlariga juda havasim keladi.

Yangi zakovatchilarga maslahatim:

Tengdoshlaringiz, atrofingizdagilardan keng saviyali, oʻz shaxsiy fikriga ega , dunyoqarashi yuqori inson boʻlishni istasangiz hech qachon zakovatga kelishdan toʻxtamang.

#Zakovatchiman

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_ZakovatNNT
11👍9❤‍🔥61👏1