Namangan viloyati soliq boshqarmasi
2.16K subscribers
9.29K photos
1.59K videos
135 files
5.83K links
Namangan viloyati soliq boshqarmasi matbuot xizmatining rasmiy kanali.

Murojaat uchun:
📞(69) 227 91 96
📞(69) 227 95 51


@NAMANGANSOLIQ
Download Telegram
#bilasizmi

Zargarlik sohasida xufiyona iqtisodiyot ulushini kamaytirish maqsadida,

📆2026-yil 1-yanvardan boshlab
qimmatbaho mеtallar va qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni rеalizatsiya qilish bo`yicha aylanmani QQSdan ozod qilishga doir imtiyoz bеkor qilinadi;
(Amalda mazkur aylanma QQSdan ozod qilingan)

▪️shuningdеk, oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig`im bеkor qilinadi;

📌Ma`lumot uchun, oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig`im miqdori har yili qonunchilikda bеlgilangan tartibda 1 grammi uchun tasdiqlanadi.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki sotish faoliyati bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlik sub`еktlari daromadidan qat`i nazar, QQS to`lovchilari sifatida tan olinadi.

👉PQ-207-son, 26.06.2025 yil

https://t.iss.one/namangansoliq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_soliq

1-avgustdan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o'zini o'zi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq miqdori
o‘zgaradi

❗️2025-yil 1-avgustdan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 412 000 so‘mni tashkil etadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Twitter I Youtube
👍1🔥1👏1
#etirof

Soliq inspeksiyasi boshligʻi "Jasorat" medali bilan taqdirlandi


Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar va davlat dasturlari ijrosi samaradorligini taʼminlashda fidokorona xizmat qilayotgan soha vakillari munosib taqdirlanmoqda.

Ana shunday mukofotga sazovor boʻlganlardan biri Andijon viloyati Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi Raximov Ilxomjon Gulamovich.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan, Raximov Ilxomjon Gulamovich mamlakatimizdagi islohotlar jarayoniga qoʻshgan katta hissasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ragʻbatlantirishdagi faolligi, tashkilotchilik mahorati va tashabbuskorligi, shuningdek, "Islohotlar shtabi" faoliyatini samarali tashkil etgani uchun yurtimizning yuksak davlat mukofoti"Jasorat" medali bilan taqdirlandi.

Ushbu mukofot — nafaqat shaxsiy yutuq, balki butun soliq tizimi xodimlarining hududlarda aholi turmush darajasini oshirish yoʻlidagi saʼy-harakatlari yuksak darajada eʼtirof etilayotganining yaqqol isbotidir.

Ilxomjon Raximov oʻzining boy bilim va tajribasi, masʼuliyatli munosabati, tashabbuskorligi va qatʼiyatliligi bilan tuman infratuzilmasini rivojlantirishga, fuqarolar uchun qulay muhit yaratishga, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va soliq maʼmurchiligini takomillashtirishga ulkan hissa qoʻshib kelmoqda.

Xalq manfaatlarini oliy qadriyat sifatida baholab, yurt ravnaqi yoʻlida beminnat xizmat qilayotgan bunday yetakchilar faoliyati hamisha qadrlanadi va ragʻbatlantiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mendeklaratsiyatopshirdim_challenge

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov ham deklaratsiya topshirdi!

“Soliq” mobil ilovasidagi “Konsert-tomosha faoliyati” xizmati san’atkor va ijrochilar uchun o‘z daromadlari bo‘yicha deklaratsiyani onlayn rasmiylashtirish imkonini bermoqda.

Endilikda taniqli xonanda Ravshan Komilov ham ushbu imkoniyatdan foydalanib, yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani mobil ilova orqali taqdim etdi.

Deklaratsiya topshirish – bu nafaqat qonuniy majburiyat, balki ochiqlik va halollik tamoyilining ifodasidir.


❗️Agar ijodkor deklaratsiyani mustaqil to‘ldira olmasa, ilova orqali administratorga vakolat (dostup) berish orqali jarayonni soddalashtirishi mumkin.

📲Soliq” ilovasini yuklab oling➡️ “Konsert-tomosha faoliyati” bo‘limiga kiring ➡️ deklaratsiyani onlayn yuboring.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#kun_raqami

🗓 Bugun, 30-iyul kuni 25 000 000-elektron raqamli imzo (ERI) kalit sertifikati rasmiylashtirildi.

Mazkur elektron raqamli imzo Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida yashovchi 38 yoshli fuqaro tomonidan e-imzo.soliq.uz sayti orqali olindi.

📌 Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-avgustdan boshlab ERI narxi quyidagicha belgilanadi:
🔹 Yuridik shaxslar uchun – BHMning* 10 foizi (41 000 so‘m),
🔹 Jismoniy shaxslar uchun – BHMning 7 foizi (28 840 so‘m).

💡 *1 BHM = 412 000 so‘m

👉 ERI qanday olinadi?
_______
#цифра_дня

🗓 Сегодня, 30 июля, оформлен 25 000 000 по счету сертификат электронного ключа (ЭЦП).

Электронную цифровую подпись получила 38-летняя жительница Багатского района Хорезмской области через сайт e-imzo.soliq.uz.

Напоминаем с 1 августа стоимость ЭЦП составит:

Для юрлиц - 10% БРВ* (41 000 сумов),
Для физлиц - 7% БРВ (28 840 сумов).

💡 *1 БРВ = 412 000 сумов

👉 Как получить ЭЦП?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.


Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
▫️Call-markaz – 1253

Soliq xizmati organlarining aloqa kanallari:
▫️Telegram – @dsq_anticorrupciya_bot;
▫️Soliq organlarining “Ishonch telefonlari";
▫️Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari telefon raqamlari;
▫️Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti;
▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali;
▫️Soliq xizmatining rasmiy elektron pochtasi [email protected] aloqa kanallari orqali murojaat qilish yetkazildi.

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Eslatma: Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

https://t.iss.one/namangansoliq
Asosiy mezon - samaradorlik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini koʻpaytirishda yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan 30-iyulda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini soʻzsiz taʼminlash maqsadida Soliq qoʻmitasining navbatdan tashqari Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.

✍️Unda, issiqxonalardan qisqartirilib sohalarga yoʻnaltirilgani tabiiy gaz sarfining samaradorligini oʻrganish, baholash va natijalari bilan tegishli xulosa tayyorlash maqsadida qoʻmitaning respublika Ishchi shtabi tashkil etildi.

Amalga oshiriladigan aniq vazifalar belgilanib, 4 ta ishchi guruhi tuzildi. Ularning asosiy vazifasi:

issiqxonalarni maxsus savolnomalar asosida toʻliq xatlovdan oʻtkazish, ular bilan uchrashish, muammolarini aniqlash;

issiqxonalarning hisobi, yer maydoni, ishlab chiqaradigan mahsuloti, ishlatiladigan yoqilgʻi hajmi hisobi, elektron gaz hisoblagichlar integratsiyasini nazarda tutuvchi yagona elektron dashbord ishlab chiqish;

ishlatilgan tabiiy gaz hajmi samaradorligini sohalar boʻyicha baholash;

issiqxonalarga soliq majburiyatini bajarishga koʻmaklashish, jumladan qoʻllanilgan moliyaviy jarimalarni tegishli qaror qabul qilingunga qadar ijroga qaratish muddatini oʻzgartirish orqali ularning hisob raqamlari harakatini barqarorlashtirish;

issiqxonalar faoliyatida mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan me’yoriy hujjat loyihasini ishlab chiqishga qaror qilindi.

Soliq qoʻmitasi Raisi va oʻrinbosarlari boshchiligidagi ishchi guruhlari 31-iyuldan bevosita hududlarda ish olib boradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

🟢“Mahalla sеrvis” kompaniyalari mahallani obod qilish bilan bogʻliq ishlarni bajarishda foyda, mulk va yer soliqlari, shuningdеk, ularning ishchilari daromad soligʻi hamda ularning oylik ish haqiga hisoblangan ijtimoiy soliqni toʻlashdan ozod.

👉O`RQ-1071, 26.06.2025-yil.

https://t.iss.one/namangansoliq
1
#issiqxona_xojaligi

Amaliy tadbirlar davom ettirilmoqda

Avval xabar qilinganidek, Soliq qoʻmitasida tuzilgan Ishchi shtabi issiqxona xoʻjaliklaridagi muammolarni oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatishni boshladi.

Ishchi guruhlar tomonidan joylarga chiqib, issiqxona xoʻjaliklarining faoliyatidagi muammo va takliflar atroflicha oʻrganilmoqda. Jumladan, ushbu jarayonda tadbirkorlarga soliq majburiyatlarini bajarishga yaqindan koʻmaklashilmoqda.

↗️ Xususan, Soliq qoʻmitasi tomonidan 3,3 mingta issiqxona xoʻjaligining har biri boʻyicha soliq qarzi va moliyaviy jarimalarni toʻlash muddati ularning shaxsiy hisob kartochkalarida uzaytirilib, tijorat banklaridagi hisob raqamlari harakati barqarorlashtirilmoqda.

Joriy yilning 31-iyul soat 15:00 holatiga 2 644 ta subyekt boʻyicha 449,7 mlrd soʻmlik soliq toʻlovlari muddati 2026-yil 1-yanvargacha uzaytirildi. Qolgan subyektlar boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda va bugun yakunlanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 2 490 ta xoʻjalik subyektiga tegishli 2 831 ta obyekt boʻyicha 8,7 ming gektar yer maydoni sanoat toifasidan qishloq xoʻjaligi toifasiga oʻtkazildi. Natijada ularning ixtiyorida 48,8 mlrd soʻm mablagʻ qoladi.

🧮Bu oʻz navbatida sohada faoliyat koʻrsatayotgan biznes subyektlari aylanma mablagʻlarini koʻpayishi va iqtisodiy holatining yaxshilanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SOLIQ_TAQVIMI_AVGUST_2025.pdf
169.5 KB
#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2025-yil avgust oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Календарь налогоплательщика – юридического лица на август 2025 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilganingiz_foyda

Soliq to‘lovchilar soliq xavfi darajasiga qarab
▪️past
▪️o‘rta
▪️yuqori xavfli
toifalarga ajratiladi.

🔎Soliq xavfi darajasi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq auditi tayinlanadi.

🔗Soliq xavfi darajasi o‘rta va past bo‘lgan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq organlari tomonidan Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa soliq maʼmurchiligi tadbirlari qo‘llaniladi.

https://t.iss.one/namangansoliq
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#issiqxona_xojaligi

🌿Issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash: joylarda amaliy harakatlar davom ettirilmoqda

Prezident topshirig‘iga muvofiq, Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida tashkil etilgan Ishchi shtab tomonidan joylardagi issiqxona xo‘jaliklarida mavjud muammolar o‘rganilmoqda.

🌱 Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning ehtiyoj va bildirgan takliflari asosida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
#uchrashuv

Maqsad – tadbirkorlik faoliyatiga qulay sharoit yaratish.

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig`i SH. Imomov Namangan tumanida kichik va o`rta biznеs vakillari bilan ochiq muloqot o`tkazdi. Unda tuman hokimi Sadriddin Mo`minov ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda tadbirkorlarning taklif va muammolari o`rganildi, ularning faoliyatidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda ishtirok etgan tadbirkorlar o`z taklif va tashabbuslarini bildirish bilan birga, amalda duch kеlayotgan muammolarini ochiq bayon etishdi.

Soliq boshqarmasi boshlig'i SH. Imomov har bir murojaatni alohida eshitib, aniq holatlar bo`yicha mas`ul xodimlarga topshiriqlar bеrdi.

Shuningdеk, tadbirkorlik sohasini sog`lomlashtirish, oshkoralikni ta`minlash va korrupsion holatlarning oldini olish masalalariga alohida e`tibor qaratildi. Har qanday noqonuniy talablar, byurokratik to`siqlar yoki shaxsiy manfaatdorlik holatlari kuzatilganda, darhol rasmiy kanallar orqali xabar bеrish lozimligi tushuntirildi.

Tadbir doirasida tumandagi «NamMotors» MCHJ faoliyati o`rganildi. Tadbirkorning takliflari tinglandi.

Bu kabi sayyor qabullar viloyatning barcha hududlarida tashkil etilib, fuqaro va tadbirkorlarning davlat organlariga murojaat qilishdagi imkoniyatlarini kеngaytirishga xizmat qilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Twitter I Youtube