Muzaffar Rashidov
1.1K subscribers
1.32K photos
63 videos
210 links
Toshkent viloyati Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidovning rasmiy kanali.

Murojaat yo'llash uchun @Abrorovich_Muzaffar
Download Telegram
#qabul
#onlayn

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov va Xalq qabulxonasi tuman bo’limi boshlig’i Jasur Xujayorovlar boshchiligida davom etayotgan ommaviy qabul davomida aksariyat murojaatlarga ijobiy yechim topilayotgan bo’lsa, ayrim fuqarolarga huquqiy maslahatlar berilmoqda.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
👍7
#qabul

Murojaatlar ijrosini ta'minlash bo'yicha mas'ullarga aniq muddatlar belgilandi

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov va Xalq qabulxonasi tuman bo’limi boshlig’i Jasur Xujayorovlar boshchiligida o’tgan ommaviy qabulda ishtirok etib, yechimini kutayotgan muammolari bilan murojaat qilgan 42 nafar fuqarolarga o'rnatilgan tartibda amaliy yordam ko'rsatish hamda topshiriqlar ijrosining belgilangan muddatlarda ta'minlanishi tuman rahbari nazoratiga olindi.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
👍12
Ҳурматли Қибрай тумани аҳолиси!

Сизларни муборак Рамазон ойининг кириб келиши билан чин қалбимдан табриклайман. Бу ой – сабр-тоқат, меҳр-шафқат ва бирдамлик рамзи бўлиб, ҳар биримизга маънавий покланиш ва яхшиликлар қилиш имконини беради.

Рамазон ойида амалга ошириладиган ибодатларимиз, хайру эҳсонларимиз юртимизда тинчлик ва фаровонликни мустаҳкамлашга ҳисса қўшсин. Оилаларимизга бахт ва саодат, юртимизга тараққиёт ва равнақ тилайман.

Муборак ойда тутган рўзаларингиз, қилган дуоларингиз қабул бўлишини яраткандан сўраб қоламан!

🇺🇿
@Muzaffar_Abrorovich
👍38
#tabrik

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidovning 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tuman xotin-qizlariga bayram
tabrigi

🇺🇿@Muzaffar_Abrorovich
👍27
Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidovning Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan tuman aholisiga bayram tabrigi

@Muzaffar_Abrorovich
👍14
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

Barcha tumandoshlarni yasharish va yangilanish ayyomi Navro‘z umumxalq bayrami bilan samimiy tabriklaymiz!

Bahoriy iliqlik hech qachon qalbingizni tark etmasin!

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati


telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
👍10
#tabrik

22 mart- "Mahalla tizimi xodimlari kuni" munosabati bilan bayram tabrigi

Mahalla, O‘zbekistonning boy tarixi bilan chambarchas bog‘liq o‘ziga xos institut ekani, jamiyatda aholi osoyishtaligini va qonun ustuvorligini ta'minlash,inson qadrini ulug’lash
, ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirishda mahalla institutining roli naqadar katta ekanligini alohida ta'kidlash lozim.

Bu kasb – eng mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biri hisoblanadi. Chunki sizning mahoratingiz, malakangiz, mas'uliyatingiz insonlarning, oilalarning taqdirida muhim o‘rin egallaydi.


Siz azizlarni, 22-mart "Mahalla tizimi xodimlari kuni" va Navro’z umumxalq bayrami bilan mahalla tizimida faoliyat olib borayotgan barcha fidoiy xodimlarni samimiy tabriklayman.

Sizlarga ma'suliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda ulkan zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor bo‘lishini tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!


Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov
👏8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, Qibray tumani mutasaddi rahbarlari bilan birgalikda "Chinobod" mahallasida sayyor qabul o’tkazilib, aholining murojaatlari tinglandi va muammolar tahlil qilindi.

@Muzaffar_Abrorovich
👍19
Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidovning Ramazon hayiti munosabati bilan tuman fuqarolariga bayram tabrigi

@Muzaffar_Abrorovich
👍33
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Doʼstlik_hamjihatlik_qadrlangan_yurt

Qibray tumanning olis hududida joylashgan Abdurahmon Jomiy mahallasida o'tkazilgan "Do‘stlik va hamjihatlik qadrlangan yurt!" shiori ostidagi bayram tadbiri barchaga bahoriy kayfiyat ulashish bilan birga, yurtimizda istiqomat qilib kelayotgan turli millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashayotganidan darak beradi.

@Muzaffar_Abrorovich
👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sayyor qabullar davomida ko'plab muammolarga shu yerning o'zida yechim topilgani, aholining davlat organlariga bo'lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi

Bugun, Botanika va Yoshlik mahalla fuqarolari uchun o'tkazgan sayyor qabul davomida aholini qiynab kelayotgan turli sohalardagi muammolarini atroflicha o'rganib, ularning og'irini yengil qilish va muammolarini tizimli hal etish bo'yicha mas'ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

@Muzaffar_Abrorovich
👍29
#tabrik

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidovning Qurbon hayiti munosabati bilan tuman aholisiga bayram tabrigi

@Muzaffar_Abrorovich
👍28
21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#islohot

Tumanda aholi farovonligini taʼminlash yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar

Qibray tumanida aholi turmush tarzini yaxshilash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini taʼminlash, mavjud muammolarni bartaraf etish yoʻlida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, infratuzilmani yaxshilash maqsadida ichimlik suvi tarmoqlari yangilanmoqda, elektr energiyasi va gaz taʼminotidagi muammolarni hal qilish borasida aniq choralar koʻrilmoqda. Aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kreditlar ajratilib, kasanachilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shuningdek, tuman hududidagi mahallalarda “Mahallabay” tamoyili asosida ishlar olib borilib, har bir xonadonning ijtimoiy holati oʻrganilmoqda. Shu orqali aholining ehtiyojmand qatlamlariga manzilli yordam koʻrsatilib, ijtimoiy adolat taʼminlanmoqda.

Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ekologiya sohalarida ham sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Maktablar va bogʻchalar taʼmirlanib, yangi zamonaviy muassasalar barpo etilmoqda. Tibbiy xizmatlarning sifati oshirilib, aholiga qulay va tezkor tibbiy yordam koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyilmoqda.

Umuman olganda, Qibray tumanida aholi turmush darajasini oshirish, ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan islohotlar samarali natijalar bermoqda. Ushbu sa’y-harakatlar orqali aholining tuman taraqqiyotiga boʻlgan ishonchini mustahkamlab bormoqda.


@Muzaffar_Abrorovich
👍8