Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik
Eksport geografiyasi kengayadi
Bugun Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev O‘zbekistonning chet el mamlakatlaridagi 42 nafar favqulodda va muxtor elchilari bilan zoom orqali muloqot qildi. Muloqotda viloyat hokimi Toshkent viloyatining investitsion salohiyati, kiritilgan investitsiyalar hajmi va chet el kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Xitoy, AQSHdagi elchixonalar bilan onlayn muloqotda Toshkent viloyatiga elektrotexnika sohasidagi ilg‘or kompaniyalarni jalb etilishiga ko‘maklashni soʻradi.
Ma’lumot o‘rnida, 2022-2023-yillar davomida Toshkent viloyatiga jami 1 milliard 510 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatida investitsiya salohiyatini yuksaltirish, yirik investorlarni jalb qilish va viloyatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksportining yuqori ko‘rsatkichlarga erishishida elchilarning hissasi ahamiyatli ekanini taʼkidlab, ularga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
📱 Instagram | 📱 Twitter | 🌐 YouTube | 📱 Facebook | 🕊 Telegram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM