Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.2K subscribers
17.1K photos
2.36K videos
14 files
7.06K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
#rasmiy_maʼlumot

"Mercedes-Benz" rusumli avtobusdan yong`in chiqganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 28-yanvar kuni soat 10:52 da, "7-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01|713 WCA bo‘lgan, "Mercedes-Benz" rusumli, 9T-sonli avtobusda yong`in hosil bo`lgani haqida xabar tarqaldi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:
Ushbu avtobus 2013-yil ishlab chiqarilgan bo‘lib, tasarruf boshidan buyon 743693 km masofani bosib o‘tgan. Dastlabki maʼlumotga ko‘ra, 9T-sonli avtobus haydovchisi M.K (1993-yilda tug`ilgan) avtobusning motor qismida nosozlik yuzaga kelganligi sababli, yo`lovchilarni avtobus salonidan tushirib, nosoz avtobusni "7-Avtobus saroyi" filialiga qaytarish uchun yo`lovchilarsiz harakatlanayotgan vaqtda, avtobusning dvigatel qismida yong`in kelib chiqqan. Yong`in qutqaruv bo`linmalari voqea joyiga soat 10:57 da yetib borib, soat 11:04 da yong`in bartaraf etilgan. Hozirda, “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q.

Taʼkidlash joizki, "7-Avtobus saroyi" filiali mas`ul xodimlari tomonidan avtobus taʼmirlanib, tez kunlarda yo‘nalishga chiqarish choralari ko`rilayotganligini ma’lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
#Rasmiy_maʼlumot

❗️Bugun, 3-mart kuni Xitoyning Yutong kompaniyasi 800 ta, yaʼni 500 ta tabiiy gazda, 300 ta elektrda harakatlanadigan avtobusni O‘zbekistonga yetkazib berganligi haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarni ma'lum qiladi:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-59-son qaroriga asosan, Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 dona 18 metrli va 500 dona 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar hamda 300 dona 12 metrli elektrobuslar xarid qilish belgilangan.

Hozirda Xitoyning "Yutong Bus Co Ltd" kompaniyasi va "Toshshahartransxizmat" AJ o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, Xitoyning"Yutong Bus Co Ltd" kompaniyasi tomonidan, 2023-yilning mart-may oylarida 12 metrli 500 dona "Yutong" rusumli avtobuslarni va 12 metrli 300 dona "Yutong" rusumli elektrobuslar ishlab chiqarish ishlari boshlangan bo'lib, joriy yilning mart oyi yakuniga qadar ushbu avtobuslarning 1-partiyasi, ya'ni, 110 dona avtobus va 150 dona elektrobuslar O'zbekistonga yetkazib berilishi kutilayotganligini ma'lum qilamiz.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#rasmiy_maʼlumot

Avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasi yo‘lning qatnov qismiga tushganligi yuzasidan RASMIY MA'LUMOT !

Joriy yilning 1-may kuni, 24-sonli "King Long" rusumli avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasi yo‘lning qatnov qismiga tushganligi aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarini ma'lum qiladi:
Mazkur holat soat 9:00 da "2- Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01 850 LKA, saroy raqami 533-bo`lgan "King Long" rusumli, 24-sonli "Yunusobod-6” - “TTZ ASHB" yo'nalishda harakatlanayotgan avtobus (haydovchisi T.N, 1964-yilda tug'ilgan, 37 yil ish stajiga ega) Yunusobod tumanida joylashgan "Billur" to'yxonasining ro'parasida avtobuslar uchun ajratilgan alohida yo‘lakda harakatlanib ketayotgan vaqtda, yo‘lning qatnov qismiga shakl bo‘lib o‘sgan katta diametri taxminan 50-60 sm bo‘lgan daraxt avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasiga tegishi natijasida mazkur himoya qoplamasini qo‘porib yuborgan. Hodisa natijasida avtobusning tom qismi texnik shikastlanib, gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplama shikastlangan. Holat natijasida tan jarohati olganlar mavjud emas. Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasiga murojaat qilinib, kamchiliklar bartaraf etilganligini ma'lum qilamiz.

📌Aziz yo`lovchilar! Avtobuslar faoliyati yuzasidan taklif va murojaatlaringiz bo`lsa, "Toshshahartransxizmat" AJ ning qisqa raqamli 1062 ishonch telefoni orqali murojaat qilishingizni so`raymiz.

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site