Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
15K photos
2.16K videos
13 files
6.49K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
#SEMINAR_TRENING

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq hududlarda aholiga yuqori sifatli va qulay yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash maqsadida viloyat hokimliklari mutasaddilari va transport boshqarmalari rahabarlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Toshkent davlat transport universiteti mutaxassislari tomonidan qarorga muvofiq muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#SEMINAR_TRENING

Seminar trening ishtirokchilari Toshkent shahar transport boshqarmasi qoshida tashkil etilgan avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari qoshida tashuvchilar tomonidan yo‘nalish ko‘rsatkichlari bajarilishini monitoring qilish, bajarilgan ish hajmi va sifatini aniqlash hamda baholash, yo‘lkira haqi to‘lanishini va ko‘rsatilgan xizmatlar sifatini nazorat qilish uchun avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi tashkil etiladi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#SEMINAR_TRENING

Seminar terening davomida viloyat hokimliklar mutasaddilari va transport boshqarmalari rahabarlari poytaxtimizda jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Transport vazirligi huzuridagi loyiha ofisi rahbari M.Obidov seminar ishtirokchilariga hududlarda shaharlarning transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasini ishlab chiqish jarayonida ahamiyat qaratilishi lozim bo’lgan masalalarga to‘xtalib o‘tdi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SEMINAR_TRENING

No coment

Seminar terening davomida ishtirokchilar “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi "18-avtobus saroyi" filiali ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |