Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.3K photos
2.18K videos
13 files
6.56K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Bugun, poytaxtimizdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida “Avtomobilda xalqaro tashuvlar: barqaror rivojlanish va farovonlikni ta’minlash”, “Kelajakka yo‘l: TIRga 75 yil” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada savdo hamda logistika subyektlari o‘rtasida yuklarni yetkazib berish zanjiri uzluksizligini ta’minlash, logistika tizimlarining samaradorligini oshirish orqali savdoni osonlashtirish, xarajatlarni kamaytirish va umumiy iqtisodiy rivojlanishga erishish yo‘nalishidagi dolzarb masalalar muhokama etildi.
_ _ _

Сегодня в столичной гостинице "Wyndham Tashkent" состоялась международная конференция «Международные автомобильные перевозки: обеспечение устойчивости и процветания». «Путь вперед: 75 лет TIR».

На конференции были обсуждены актуальные вопросы обеспечения непрерывности цепочки доставки грузов между субъектами торговли и логистики, упрощения торговли за счет повышения эффективности логистических систем, снижения затрат и достижения общего экономического развития.

#TIR75
#IRU_AIRCUZ
​​Avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirishda hujjatlar almashinuvini raqamlashtirish muhim masala

Tadbirda ishtirok etgan transport vazirning birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov O‘zbekiston bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, yuk tashuvlari jarayoni va hujjatlarni raqamlashtirish hisobiga avtomobil transportida tashuvlarini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Xususan, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda TIR-EPD, Real-Time, SafeTIR, AskTIRweb texnologiyalarini joriy etgan birinchi mamlakat bo‘ldi hamda XYT daftarchalari asosidagi tashuvlarda elektron kafolat texnologiyasini sinovdan o‘tkazgan dunyodagi ilk davlatlardan biriga aylandi. Bugungi kunda ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston E-TIR vositalarini joriy etishga to‘liq tayyor, – dedi M.Omarov.

2021-yil noyabr oyidan boshlab, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida TDT doirasida ilk bor E-Permit dasturi ishga tushirildi. 2024-yil aprel oyida ushbu tizim O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, hozirda Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon bilan E-Permit tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Biz mintaqadagi barcha mamlakatlarni elektron hujjat aylanishidan to‘liq foydalanish uchun yuqoridagi raqamli tizimlarga qo‘shilishni tezlashtirishga chaqiramiz, – dedi M.Omarov.

#TIR75
#IRU_AIRCUZ