Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
15K photos
2.16K videos
13 files
6.5K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari topshirildi

Bugun, Transport vazirligida mamlakatimiz transport sohasida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh nuroniylarni “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov nuroniylarni ushbu yuksak mukofot bilan qutlab, I va II darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlarini o‘z egalariga topshirdi.

Batafsil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_viloyati

🌨 Noqulay ob-havo sharoitida aholining transportga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida viloyat transport boshqarmasi tomonidan jamoat transporti harakati uzluksizligini ta’minlash maqsadida barcha zaruriy chorlar ko‘rilmoqda.

Bugungi kunda viloyat bo‘yicha jami yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari soni 232 ta bo‘lib, shundan, 108 tasi avtobus va 124 tasi yo‘nalishli taksilarni tashkil etadi.

🚏Ushbu yo‘nalishlardan 140 tasi qishloqlararo hamda qishloqlarni tuman markazi bilan bog‘lovchi va 71 tasi tuman markazlarini viloyat markazi bilan bog‘lovchi yo‘nalishlardir.

🚌 Urganch va Xiva shaharlarida 21 ta yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarda 117 ta avtobuslar aholi xizmatida.

Mazkur yo‘nalishlar orqali kuniga 270 mingdan ortiq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilmoqda.
#hukumat_soati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” boshlandi. “Hukumat soati” Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.
_______________________

В Законодательной палате Олий Мажлиса начался очередной «Правительственный час». «Правительственный час» транслируется в прямом эфире на официальном сайте и youtube канале Законодательной палаты.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

☝️ “Hukumat soati”da deputatlar “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, jamoat transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini kengaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masalani muhokama qilmoqda.

👉 Mazkur masala yuzasidan deputatlarning savollariga Transport vaziri I. Mahkamov javob beryapti.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni haftasiga 70 taga yetkaziladi

ICAOning “ICAN–2023” tadbiri doirasida Transport vazirligi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Qirolligi aviatsiya ma’muriyati bilan o‘tkazgan muzokaralarda ushbu kelishuvga erishildi.

Bu O‘zbekistondan "Haj" va "Umra" tadbirlariga boradigan ziyoratchilar, shuningdek, “Umra plyus” dasturi orqali O‘zbekistonga ziyorat turizmi uchun tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratadi.

Batafsil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Namangan_viloyati

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar transport vositalari belgilangan AGTKSh larda yoqilg‘i bilan ta’minlanib, erta tongdan o‘z yo‘nalishlarida faoliyat yuritishga chiqarilmoqda.

Viloyatda jami 262 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, shundan, 92 tasi avtobus va 170 tasi yo‘nalishli taksilarni tashkil etadi. Ushbu yo‘nalishlardan 228 tasi tumanlararo hamda qishloqlarni tuman markazi bilan bog‘lovchi va 34 tasi tuman markazlarini viloyat markazi bilan bog‘lovchi yo‘nalishlardir.

Namangan shahridagi 37 ta yo‘nalishlardan 22 tasida 80 ta avtobus hamda 15 ta mikroavtobuslarda aholiga xizmat ko‘rsatilmoqda.

Mazkur yo‘nalishlar orqali kuniga 65 mingdan ortiq yo‘lovchilar o‘z manziliga yetkazilmoqda.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_metropoliteni

Toshkent metropoliteni liniyalarida har kuni 64 ta harakat tarkibi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Poyezdlarning texnik soz holatda bo‘lishini taʼminlash maqsadida elektrodepo xodimlari 24 soat tunu kun davomida navbatchilik asosida mehnat qilishmoqda.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Президент Шавкат Мирзиёев автомобилсозлик ва қишлоқ хўжалиги машинасозлигини ривожлантириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию автомобилестроения и сельскохозяйственного машиностроения.

#Mirziyoyev #taqdimot #avtomobilsozlik #mashinasozlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekiston va BAA parvozlar chastotasini bir necha barobarga oshirishga kelishdi

ICAOning “ICAN–2023” tadbiri doirasida O‘zbekiston hamda Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida havo qatnovlari hajmini oshirish bo‘yicha eng samarali kelishuvga erishildi.

Ushbu kelishuvga ko‘ra Toshkent va Samarqand aeroportlari bilan bir qatorda viloyatlardagi barcha xalqaro aeroportlardan BAAning Dubay, Abu-Dabi, Sharja, shuningdek, Ras al-Hayma va Fujayra shaharlariga ham parvozlar amalga oshiriladi.

Batafsil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yer usti halqa yo‘lining “Turon” va “Qipchoq” bekatlarida joriy yilning 15-dekabr kunidan boshlab sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Humo Air loukoster aviakompaniyasi Toshkentdan hududlarga qatnovlarni boshladi

15-dekabrdan boshlab "Humo Air" loukoster aviakompaniyasi poytaxtdan O‘zbekiston shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshira boshladi. Reyslar Toshkentdan Nukus, Qarshi, Samarqand va Urganch shaharlari yo‘nalishida yo‘lga qo‘yildi.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |