Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
16K photos
2.28K videos
14 files
6.77K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Konstitutsiya - baxtimiz poydevori

Joriy yilning 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 31 yil to‘ladi. Sana munosabati bilan Transport vazirligi markaziy apparatida “Konstitutsiya - baxtimiz poydevori” mavzusida huquqiy maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Jumladan, Konstitutsiya takomillashtirilishi jarayoni, bunda xalqimizning faol ishtiroki, isloh qilingan Bosh qomusimizdan o‘rin olgan yangi normalar va ularning hayotimizdagi ulkan ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

Batafsil
7-dekabr – Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni

7-dekabr Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni (International Civil Aviation Day) sifatida har yili keng nishonlanadi. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) ushbu kunni bayram sifatida nishonlash tashabbuskori.

BMT Bosh Assambleyasining 1996-yil 6-dekabrdagi 51/33-sonli rezolyutsiyasi bilan ushbu sana xalqaro bayram kuni sifatida e’tirof etilgan.

Transport vazirligi O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sohasining barcha xodimlarini Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni bilan muborakbod etadi!
Mening Konstitutsiyam 31 yoshda

«Mening Konstitutsiyam 31 yoshda» shiori ostida «Mening Konstitutsiyam va davlat tilim» mavzusida tashkil etilgan diktantda yuqori natija qayd etgan xodimlar vazirlik Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan taqdirlandi.

🔹Ixlos Azizov – Transport va logistika muammolarini o‘rganish markazi bosh mutaxassisi;

🔹Lobar Ulmasova – Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘linmasi bosh mutaxassisi;

🔹Akmal Suyunov – Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi;

🔹Bekzod Saidov – Havo transportida metodologiya bo‘limi bosh mutaxassisi;

🔹O‘ktam Ochilov – Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi Transportni rivojlantirish sho‘basi boshlig‘i.
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekistondagi 15 ta yirik multimodal logistika markazlari xalqaro quruqlik portlari maqomini olishi mumkin

O‘zbekistondagi yirik multimodal logistika markazlarini “Quruqlik portlari” xalqaro kelishuviga qo‘shish hamda ularga xalqaro quruqlik portlari maqomini berish yuzasidan BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP)ga taklif berildi.

Batafsil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mening Konstitutsiyam 31 yoshda

Konstitutsiya – jamiyat tayanchi va yurtimiz taraqqiyotining huquqiy kafolati, davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi, ko‘p millatli xalqimiz xohish-irodasining qonuniy ifodasidir.

Mamlaktimiz bosh qomusi – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Transport vazirligi jamoasi yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

Bayram muborak, aziz yurtdoshlar!
Biz zoʻravonlikka qarshimiz!

Mamlakatimizda 25-noyabrdan 10-dekabrgacha "Zoʻravonlikka qarshi 16 kun" shiori ostida oʻtkazilayotgan kampaniya doirasida Transport vazirligida "Zoʻravonlikning oldini olishda faol boʻling" mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.

Mazkur targʻibot tadbirida USAIDning mahalliy davlat hokimiyati organlarini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha loyihasi Fuqarolik jamiyati bilan ishlash va gender tengligi boʻlimi rahbari M.Inakova ishtirok etdi.

Muloqot davomida mamlakatimizda zoʻravonlikning oldini olish, zoʻravonlik qurbonlarini reabilitatsiya qilish boʻyicha bir qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Ushbu yoʻnalishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va qonunlar yuzasidan tushuntirishlar berildi, milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tahlilnoma | Toshkent metropoliteni: foydalanuvchilar soni 5 barobar oshdi, kunlik qatnov 720 mingtaga yetdi


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari

Bir necha kun oldin “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishining II bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo‘lgan Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlarini ishga tushirish maqsadida, yo‘nalishdagi boshqa mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash ishlarini tashkillashtirilishi yuzasidan ma’lumot berilgan edi.

Rejadagi ishlarni amalga oshirish uchun joriy yilning 16-dekabr sanasidan "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishining Texnopark (Do‘stlik-2) va Yashnobod (2-bekat) bekatlari bilan birgalikda Tuzel (3-bekat) bekatida ham ish rejimi soat 06:00 dan 22:00 ga qadar tashkil etiladi.

Shuningdek, Olmos (4-bekat) bekatidan Quruvchilar (12-bekat) bekatigacha bo‘lgan bekatlar oralig‘ida ish rejimi o‘zgarmagan holda 05:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etiladi. (Ma’lumot uchun 05:00 dan 06:00 gacha va 22:00 dan 23:00 gacha Olmos-Quruvchilar bekatlari oralig‘ida bir tomonlama (челнок) poyezdlar harakati tashkil etiladi.)
O‘zbekiston va Bangladesh o‘rasida havo qatnovlari to‘g‘risidagi bitimning yakuniy matni kelishildi

Unga ko‘ra muqaddam Bangladesh tomonidan O‘zbekiston aviakompaniyalaridan Bangladeshga parvozlarni amalga oshirish jarayonida har bir yo‘lovchi, yuk va bagajning har bir kilogrammi uchun undirib kelingan “royalti” to‘lovi bekor qilinishi nazarda tutilgan.


Согласован окончательный текст Соглашения о воздушном сообщении между Узбекистаном и Бангладеш

Данное соглашение предусматривает отмену «роялти» за каждого пассажира, каждый килограмм багажа и груза, ранее взимаемого Бангладеш с авиакомпаний Узбекистана при выполнении рейсов в Бангладеш.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Almashish tariflari orqali noyabr oyida yo'lovchilar 1,36 mlrd so'm tejashdi

Yo'lovchilar ATTO transport va virtual kartalarida almashish tariflaridan foydalanib o'z mablag'larini bir necha barobar tejashmoqda.

2023-yil noyabr oyida Toshkent shahri jamoat transportida ATTO transport va virtual kartalari orqali 7,5 million sayohat amalga oshirildi. Shundan, 4,73 million avtobuslarda, 2,79 million esa metropolitenda.

Yo'lovchilar 1 oy mobaynida almashish tariflari orqali - 1,36 mlrd so'm tejashdi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚌 Jamoat transporti harakati uzluksizligi taʼminlanmoqda

Toshkent shahrida jamoat transporti harakati uzluksizligini taʼminlash maqsadida bugun, 12-dekabr kuni shaharda 1650 tadan ortiq avtobuslar yo‘nalishlarga chiqarildi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
O‘zbekiston va Kanada: fuqaro aviatsiyasi sohasida qator kelishuvlarga erishildi

“ICAN – 2023” tadbiri doirasida ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlari har ikki tomon aviakompaniyalari uchun birinchi va ikkinchi darajadagi “havo erkinligi” ni taqdim etishga kelishib oldi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish huquqini beruvchi uchinchi va to‘rtinchi “havo erkinligi” ni o‘z ichiga olgan aviaqatnovlar to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqib, o‘rnatilgan tartibda imzolash jarayonini boshlash bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Batafsil
TALABALAR UCHUN MAXSUS CHEGIRMALAR

Uzbekistan airways:

50 % chegirma 2023-yil 23-dekabrdan boshlab 2024-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan mahalliy avaiaqatnovlar uchun amal qiladi.

Silk Avia:

50 % chegirma aviakompaniyaning 2023-yilning 23-dekabridan 2024-yilning 7-yanvarigacha rejalashtirilgan barcha reyslari Y va B toifali tariflariga amal qiladi.

O'zbekiston Temir Yo'llari:

50% chegirma barcha mahalliy yo’nalishdagi yo‘lovchi poyezdlariga (SV /VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdidan tashqari) 2023-yilning 25-dekabridan 2024-yilning 7-yanvarigacha amal qiladi!