Sport vazirligi
16.7K subscribers
55.4K photos
4.08K videos
41 files
18.7K links
Sport vazirligi

Veb-sayt: https://gov.uz/sport/
Facebook: fb.com/MinistrySportUz
Instagram: instagram.com/minsport.uz
Youtube: bit.ly/30pICdW

Telefon: +998 (71) 239-24-21
E-mail: [email protected]

M: Toshkent sh, A.Qodiriy ko‘chasi 2-Uy 100017
Download Telegram
Basketbol musobaqalarida kuchlilar saralandi

Bir hafta davomida Farg‘ona viloyati yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qildi.

U15 o‘smirlar va qizlar o‘rtasida basketbol bo‘yicha O'zbekiston Kubogi  o‘yinlarida Respublikamizning barcha hududlaridan jamoalar ishtirok etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra;

O‘smirlar U15 ⛹🏻‍♂️
1️⃣-o‘rin Samarqand sh. 🏆🥇
2️⃣-o‘rin Navoiy viloyati 🥈
3️⃣-o‘rin Farg'ona viloyati 🥉

Qizlar U15 ⛹🏼‍♀️
1️⃣-o‘rin Farg'ona viloyati 🥇 🏆
2️⃣-o‘rin Fargona-NamOPSTTM 🥈
3️⃣-o‘rin Sirdaryo viloyati 🥉
jamoalari g'olib va sovrindorlar safidan joy olishdi.

Kuchli uchlikdan o‘rin egallagan sportchilar  Farg‘ona viloyati hokimligi, sport boshqarmasi va federatsiyaning kubok, diplom, medallari bilan taqdirlanishdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍7👏4🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Karate WKF boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻz nihoyasiga yetdi.


Musobaqa natijalariga koʻra:

1-oʻrin: Andijon viloyati. 10 ta oltin, 7 ta kumush, 8 ta bronza.

2-oʻrin: Surxondaryo viloyati. 9 ta oltin, 5 ta kumush 9 ta bronza.

3-oʻrin: Toshkent viloyati. 8 ta oltin, 8 ta kumush, 15 ta bronza.


Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍231👏1
World Ability Sport-2024 yoshlar o'yinlarida tengsiz bo'lgan para atletlarimiz tantanali kutib olindi

Xabar berganimizdek, 1-7 dekabr kunlari Tailandning Nakxon Ratchasima shahrida World Abilitysport-2024 yoshlar o‘yinlari o‘tkazildi.

Unda muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 72 ta medal qo‘lga kiritgan holda, 18 ta mamlakat orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan yosh paralimpiyachilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.

Toshkent xalqaro aeroportida o'tkazilgan tantanali kutib olish tadbirida ishtirok etganlar para sportchilarimizni nufuzli musobaqadagi muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, kelgusi ularning kelgusi faoliyatlariga omad tilashdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍213
Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi

 “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Farg‘ona viloyati Sport boshqarmasida "Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, huquq tartibot idoralari xodimlari va sport maktablari rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish avvalida sport boshqarmasi boshlig‘i   N. Hakimovning korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvi borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma'ruzasi tinglandi.

Viloyat prokurori katta yordamchisi A.Latipov esa Jinoyat kodeksiga sportda korrupsiya, kelishilgan o‘yinlarning oldini olish maqsadida kiritilgan o‘zgarishlar, korrupsiyaviy jinoyatlar va ushbu jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari bo‘yicha ma'ruza qildi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan aniq javoblar olishdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍15
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sport vazirligi tizimidagi sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari o‘quvchi-sportchilarini xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishlari uchun seleksiya ishlarini amalga oshirish maqsadida bir qator sport turlari bo'yicha O‘zbekiston chempionati musobaqalari bo'lib o'tadi.

Musobaqalar 13 yosh, 15 yosh toifadagi Sport maktablari o‘quvchi-sportchilari o‘rtasida sportning boks, taekvondo WT, yunon-rum, erkin va ayollar kurashi hamda dzyudo turlari bo‘yicha o'tkaziladi.


Jumladan joriy yilning:

🔹️ 15–21-dekabr kunlari XORAZM VILOYATIDA Sportning BOKS turi bo‘yicha

🔹️ 19–21-dekabr kunlari JIZZAX VILOYATIDA Sportning TAEKWONDO WT turi bo‘yicha

🔹️ 10–15-dekabr kunlari NAVOIY VILOYATIDA Sportning YUNON-RUM, ERKIN va AYOLLAR KURASHI turi bo‘yicha

🔹️ 15–17-dekabr kunlari BUXORO VILOYATIDA Sportning DZYUDO turi bo‘yicha o‘tkaziladi

Mazkur musobaqalarning saralash bosqichida o‘quvchi-sportchilarni ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍194🎉2👏1
Bugun Sport vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya doirasida Jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik boʻyicha quyi komissiyaning videokonferensiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov, Rossiya Federatsiyasi Sport vaziri Mixail Degtyarev hamda quyi komissiya a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ikki davlat sportchilarining O‘zbekiston va Rossiyada o‘tkaziladigan sport tadbirlarida ishtirok etishi, universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish, sport sinovlarini o'tkazish bo‘yicha tajriba almashish, “Kelajak o‘yinlari” xalqaro fidjital turnirini tashkil etish va o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar rejasi imzolandi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍211