Sport vazirligi
16K subscribers
47.8K photos
3.83K videos
41 files
17.5K links
Sport vazirligi

Veb-sayt: https://gov.uz/sport/
Facebook: fb.com/MinistrySportUz
Instagram: instagram.com/minsport.uz
Youtube: bit.ly/30pICdW

Telefon: +998 (71) 239-24-21
E-mail: [email protected]

M: Toshkent sh, A.Qodiriy ko‘chasi 2-Uy 100017
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon

🔹Stol tennisi ishqibozlari diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi hamkorligida 27-28-sentabr 🏓stol tennisi bo'yicha “Soliq qo‘mitasi kubogi”🏆 musobaqasining respublika bosqichiga START beriladi.

Musobaqada mamlakatimizning 14 hududidan 11 yoshgacha, 11 dan 15 yoshgacha hamda15 yoshdan katta 100 nafardan ortiq saralangan havaskor sportchilar “Soliq qoʻmitasi kubogi” uchun bahslarga kirishadi.

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Seul ko‘chasi 7-uy Taekvondo Assotsiatsiyasiga tegishli  “Universal” sport majmuasi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nukus shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning "Gimnastrada" turi bo'yicha musobaqaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆Kar va zaif eshituvchilar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi

👂24-sentabr – Xalqaro karlar kuni munosabati bilan Karlar sport federatsiyasi hamda Karlar jamiyati tomonidan 23–25-sentabr kunlari kar va zaif eshituvchi sportchilar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati tashkil etildi.

🇺🇿Musobaqada Respublikamizning 12 hududidan jamoalar qatnashishdi.

Murosasiz va shiddatli bellashuvlarga boy o‘tgan sport musobaqada quyidagi jamoalar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi:

1️⃣- o‘rin Toshkent shahar jamoasi

2️⃣-o‘rin Surxondaryo viloyati jamoasi

3️⃣-o‘rin Namangan viloyati jamoasi

Jumladan, individual nominatsiyalarda:

"Eng yaxshi darvozabon" - Kenjiyev Suhrobjon (Namangan viloyati);

"Umidli o'yinchi" - Mamasoyipov Mirjalol (Surxondaryo viloyati);

"Eng yaxshi to'purar" - Egamberdiyev Begzod (Toshkent shahri);

"Eng yaxshi yarim himoyachi" - G‘oyibov Rustambek (Toshkent shahri) taqdirlandi.

🏆Tadbir so'ngida, musobaqaning barcha ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-414-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tomonidan “Olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R.Matkarimov, O‘zbekiston Sport vazirligi boshqarma boshlig‘i o'rinbosari M.Arziqulov, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori M.Mirjamolov va institut yetakchi xodimi F.Kerimov mutaxassislar ma'ruza bilan ishtirok etishdi.

Shuningdek, tadbirda bir qator xorijiy olimlar, jumladan, Shandong sport universiteti doktori (PhD) Xu Xiangqian va Köln nemis sport universiteti professori (Germaniya) G.Korobeynikov va Lesy Georgiyevnalar qatnashib, izlanuvchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob qaytarishdi.

Sport sohasida yosh olimlarni tayyorlashning ahamiyati hamda bu yoʻnalishda eʼtibor berilishi lozim boʻlgan jihatlar qizg'in muhokama qilindi.

Anjuman davomida xorijiy tajribalardan kelib chiqib, mamlakatimiz mezbonlik qiladigan 2025-yilgi Osiyo o‘yinlari, qolaversa 2028-yilgi Olimpiada o‘yinlariga sportchilarni ilmiy-metodik yondashuv asosida tayyorlash bo’yicha takliflar bildirildi.

Anjuman yakunida xitoylik olim Xu Xiangqian “Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlari fidoyisi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube