Sport vazirligi
15K subscribers
43K photos
3.62K videos
41 files
16.5K links
Sport vazirligi

Veb-sayt: https://gov.uz/sport/
Facebook: fb.com/MinistrySportUz
Instagram: instagram.com/minsport.uz
Youtube: bit.ly/30pICdW

Telefon: +998 (71) 239-24-21
E-mail: [email protected]

M: Toshkent sh, A.Qodiriy ko‘chasi 2-Uy 100017
Download Telegram
#vazirlik_ishchi_guruhi

Sport vaziri maslahatchisi Xorazm viloyatida oʻrganish ishlarini olib bormoqda

Sport vaziri maslahatchisi A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 5-mart kuni Toshkent shahridagi obyektlarga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari bo‘yicha 13-sonli bayoniga asosan Xorazm viloyatida oʻrganish ishlarini olib bormoqda.

Oʻrganish ishlari dastlab Xorazm futbol akademiyasi bazasidagi qurilish-oʻrnatish ishlari, shuningdek, Urganch Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida qurilayotgan kamondan otish zalini koʻzdan kechirdi.

Oʻrganishlar davomida masʼullarga koʻrsatma va topshiriqlar belgilab berildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
“Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqasi stol tennisi bo'yicha Navoiy viloyatida yoshlar o'rtasida 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasi bo'yicha ommaviy sport musobaqasi o'tkazildi

Mazkur musobaqada 66 nafar yoshlar bellashib, 18 nafari g'oliblikni qo’lga kiritib, g'olib bo'lgan jamoalar diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi va Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Shu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Osiyo polosining muqobili - chavgon bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu turnirda Ozarbayjon, O‘zbekiston, Germaniya, Qozog‘iston, Marokash, Malta, Polsha, Turkiya, Nigeriya va Quvayt jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi Turkiya bilan bahs olib bordi. Murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan o‘yinda hamyurtlarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Endi jamoamiz bugun Qozog‘iston bilan kuch sinashadi.

Qayd etish joiz, mazkur dunyo birinchiligi doirasida xalqaro federatsiyaning Bosh Assambleyasi ham o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashyapti. Anjuman davomida chavgon sportini dunyo bo‘yicha yanada ommalashtirish yuzasidan qator masalalar ko‘rib chiqilmoqda.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hamyurtlarimiz «Briks» VI xalqaro o`yinlarida ishtirok etishmoqda

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube