Sport vazirligi
15K subscribers
43K photos
3.62K videos
41 files
16.5K links
Sport vazirligi

Veb-sayt: https://gov.uz/sport/
Facebook: fb.com/MinistrySportUz
Instagram: instagram.com/minsport.uz
Youtube: bit.ly/30pICdW

Telefon: +998 (71) 239-24-21
E-mail: [email protected]

M: Toshkent sh, A.Qodiriy ko‘chasi 2-Uy 100017
Download Telegram
Shashka musobaqasining Respublika bosqichi ishtirokchilari tantanali kutib olinmoqda

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida joriy yilning 12-14-iyun kunlari boʻlib oʻtadigan sportning shashka turi boʻyicha Respublika musobaqasi ishtirokchilari Namangan viloyatiga yetib kelishdi.

Musobaqaning Respublika bosqichida ishtirok etadigan yosh sportchilarimizga omad tilaymiz.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Rim Gran-prisida sakkiz yillik tarix yangilandi

Italiyaning Rim shahrida taekvondo WT boʻyicha Gran-pri musobaqasi oʻz poyoniga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va kumush medalini qoʻlga kiritdi.

-68 kg vazn toifasida barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratgan Ulugʻbek Rashitov oltinga sazovor boʻlgan boʻlsa, Nikita Rafalovich +80 kg vazn toifasida kumush medal bilan taqdirlandi.

Terma jamoamizning qolgan aʼzolari bu gal shohsupaga koʻtarila olmagan boʻlsalar ham, Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun qimmatli ochkolarni jamgʻarishdi.

Qayd etish joiz, ushbu Gran-prida Oʻzbekiston terma jamoasi 8 yildan soʻng ilk bor oltin medalga sazovor boʻldi. Hali hech bir Gran-prida 1 ta oltin va kumush medalini qoʻlga kiritmaganimizni inobatga olsak, Rimda tarixiy natija qayd etildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Tegishli sport razryadlari “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritilgan abituriyentlar imtihonlarda ishtirok etishadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-sonli qaroriga muvofiq 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallarida “Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga kamida ikkinchi sport razryadiga ega boʻlgan, “Sport turining alohida yoʻnalishlari” magistratura mutaxassisligiga esa kamida “Oʻzbekiston sport ustaligiga nomzod” yoki “Oʻzbekiston grossmeysterligiga nomzod” sport razryadiga ega boʻlgan abituriyentlar qabul qilinishi belgilangan edi.

Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/2293

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning stritbol yo'nalishi bo'yicha Respublika final bosqichi ishtirokchilari Farg‘ona viloyatida tantanali kutib olindi

Bugun Marg'ilon shahridagi temiryo'l vokzalida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning stritbol yo'nalishi bo'yicha Respublika final bosqichi ishtirokchilarini tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.

Besh bosqichda tashkil etilayotgan mazkur musobaqaning final bosqichida 16 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan o'g'il-qizlar 3 yosh toifasida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Velosport: Hamyurtlarimiz Osiyo chempionatida yana 2 ta medal qo‘lga kiritdi

Tailand mezbonlik qilayotgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatining bugungi kuni ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun sermahsul o‘tdi. 20 va 23 yoshgacha bo‘lgan sportchi qizlar o‘rtasidagi individual poygada hamyurtlarimiz sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

23 yoshgacha bo‘lgan qizlar toifasida Yanina Kuskova 111 kmga mo‘ljallangan dasturda marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi. 46 kg masofada o‘tkazilgan 20 yoshgacha bo‘lgan atletlar bahsida esa Asal Rizayeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida an’anaviy yozgi attestatsiya jarayonlari boshlandi

Sportchi-o’quvchilarning 2-yarim yillikda qo’lga kiritgan natijalari, ta’lim-tarbiyasi, darslarni o’zlashtirishi muhokama qilinib, munosiblar markazda tahsil olishni davom ettirishi, natijadorligi past bo’lganlari esa o’quvchilar safidan chetlatilishi nazarda tutilgan.

Jarayonlarda murabbiylar, uslubchilar, o’qituvchilar, shifokor va tarbiyachilarning fikr hamda mulohazalari asosiy e’tiborga olinib qaror qabul qilinmoqda.

Tahliliy-tanqidiy ruhda o’tayotgan yozgi attestatsiya davom etadi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube