YIRIK SOLIQ TO‘LOVCHILAR BO‘YICHA HUDUDLARARO SOLIQ INSPEKSIYASI
1.41K subscribers
7.13K photos
1.55K videos
144 files
7K links
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasining rasmiy telegram kanali

Web-site: www.soliq.uz

E-mail: [email protected]

Facebook: https://www.facebook.com/yirik.soliq/

Telefon: 71 202-21-04
Download Telegram
#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi #quyosh_panellari

Uyimizga 10 kVtli quyosh paneli oʻrnatganmiz. Bizga soliqdan imtiyozlar bormi

✔️ Ha, quyidagi soliq imtiyozlari qo‘llaniladi:

- har yili hisoblangan yer soligʻi summasi 1 BHM (375 000 so‘m)dan oshmaydigan summaga kamaytiriladi, bunda imtiyoz yer uchastkasiga egalik huquqi mavjud va ro‘yxatdan o‘tkazilgan holatlardagina beriladi.
👉Soliq kodeksi 436-modda

- har yili
hisoblangan mol-mulk solig‘i summasi 2 BHM (750 000 so‘m)dan oshmaydigan summaga kamaytiriladi.
👉Soliq kodeksi 421-modda

✏️ Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun soliq idoralariga asoslantiruvchi hujjat – ko‘chmas mulk joylashgan joy bo‘yicha energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan berilgan QTEMdan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etishi kerak.

📌Ma’lumotnomada:
- ko‘chmas mulk manzili (kadastr raqami);
- QTEM o‘rnatilgan sana;
- elektr energiyasini to‘plash tizimiga ega bo‘lganda elektr energiyasini to‘plash (akkumulyator) foizi (25%dan kam bo‘lmagan) haqida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Soliq imtiyozlari umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq bo‘lgan QTEM o‘rnatilganda har bir obyekt bo‘yicha bir marotaba qo‘llaniladi.

Soliq imtiyozlari quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
🗓 umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan QTEMdan foydalanilganida – o'rnatilgan oydan boshlab 3 yil davomida;
🗓 quyosh panellari quvvatidan 25%dan kam bo‘lmagan elektr energiyasini to'plash tizimiga ega QTEMni o'rnatilganida – ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10 yil davomida.
______________
#вопрос_ответ #налог_на_имущество #земельный_налог #солнечные_панели

Мы установили солнечную панель мощностью 10 кВт на собственный дом с участком. Имеются ли для нас налоговые льготы?

✔️ Да, вы можете воспользоваться следующими налоговыми льготами:

- ежегодно уменьшать начисленную годовую сумму земельного налога на сумму, не превышающую 1 БРВ (375 000 сумов), при этом льгота предоставляется при наличии и регистрации прав на земельный участок.
👉ст.436 НК

- ежегодно уменьшать начисленную годовую сумму налога на имущество на сумму, не превышающую 2 БРВ (750 000 сумов).
👉 ст.421 НК

✏️Чтобы применить льготу следует самостоятельно представить в налоговые органы по месту расположения установки возобновляемых источников энергии (ВИЭ) подтверждающий документ – справку, выданную энергоснабжающей организацией.

📌 В справке должны быть указаны:
- адрес недвижимого имущества (кадастровый номер);
- дата установки ВИЭ;
- мощность в процентах аккумулятора – системы накопления электрической энергии (не менее 25%).

Льготы применяются один раз по каждому объекту с установленной ВИЭ общей мощностью более 1кВт.

Налоговые льготы применяются:
🗓 при использовании ВИЭ общей мощностью не менее 1 кВт до 100 кВт - в течение 3 лет с месяца установки;
🗓 при установке ВИЭ с системой накопления мощностью не менее 25% от мощности солнечных панелей – в течение 10 лет с месяца ввода этих панелей в эксплуатацию.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Savol: – 2024-yil dekabri uchun QQS hisoboti tayyorlanayotganda, qabul qilingan EHFlarga tuzatishlar kiritilgani sababli, soliq organlari ularni hisobga olishni taqiqlagan. Ammo bu tovarlar haqiqatda olingan va to‘lov qilingan. Bunday holatda nega taqiq qo‘yilgan?

Javob: – https://t.iss.one/MRI_savollar/186

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#savol_javob

Savol: – Foyda solig‘i uchun har chorakda ajratiladigan va hisobda bo‘nak to‘lovga beriladigan summani oldingi chorak hisobotida shakllangan summasini uch oyga bo‘lib berilishi yoki kamaytirib berilishi mumkinmi?

Javob: – https://t.iss.one/MRI_savollar/188

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#savol_javob

Savol: – Soliq imtiyozlari qanday tartibda beriladi va bu imtiyozlar qanday chegaralar bilan cheklangan?

Javob: – Soliq kodeksining 75-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq imtiyozlari ushbu Kodeks bilan taqdim etiladi.

Ushbu moddaning beshinchi qismiga asosan, ayrim soliqlar bo‘yicha soliq imtiyozlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz solig‘i yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan va foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘idan tashqari, ushbu moddaning oltinchi qismi qoidalarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.

Shuningdek, ushbu moddaning oltinchi qismiga asosan, Soliq kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar soliqlar bo‘yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran ularning butun amal qilish davri mobaynida foydalanishga yoki soliq imtiyozidan foydalanishdan voz kechishga yoxud undan foydalanishni bir yoki bir necha soliq davrlarida to‘xtatib turishga haqli, bundan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish mustasno.


Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#savol_javob

Mening mulkimda ikki qavatli noturar obyekt bor. Agar men noturar obyektimni ta’lim xizmatini ko’rsatuvchi tashkilotga ijaraga bersam soliq imtiyozi beriladimi

📌 Qonunchilikka muvofiq, taʻlim xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari mulkida boʻlgan obyektlarga nisbatan mol-mulk soligʻidan imtiyoz mavjud.
👉 Soliq kodeksi 414-modda

📚Mazkur imtiyozni qo‘llash maqsadida tadbirkorlik subyekti, tegishli faoliyat turi bilan shugʻullanishga ruxsat beruvchi hujjatga ega bo‘lishi va ushbu faoliyatdan olingan daromadi (shu jumladan, tekin olingan mol-mulk) ularning jami yillik daromadining kamida 90% tashkil etishi shart.

✏️Biroq, taʻlim xizmatlarini koʻrsatmaydigan shaxs oʻz mulkidagi obyektlarni taʻlim xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxsga ijaraga bergan taqdirda, mazkur imtiyoz qoʻllanilmaydi.
_________
#вопрос_ответ

У меня в собственности имеется двухэтажный нежилой объект. Могу ли я воспользоваться налоговой льготой, если свой нежилой объект буду сдавать в аренду организации, предоставляющей образовательные услуги

📌В соответствии с законодательством действует льгота по налогу на имущество в отношении объектов, находящихся в собственности субъектов предпринимательства, оказывающих образовательные услуги.
👉 ст. 414 НК

📚От налога на имущество освобождаются объекты, находящиеся в собственности субъектов предпринимательства, оказывающих образовательные услуги, при наличии разрешительного документа на соответствующий вид деятельности и при условии, что доход от этой деятельности (включая безвозмездно полученное имущество) составляет не менее 90% от их совокупного годового дохода.

✏️Однако, если собственник не оказывает образовательные услуги и сдает в аренду принадлежащий ему объект юрлицу, предоставляющему образовательные услуги, данная льгота не применяется.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Savol: O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalaridan qanday hollarda foydalanish mumkin?

Javob: Soliq kodeksining 354 moddasiga asosan, soliq agenti soliq solishdan ozod qilishni yoki pasaytirilgan soliq stavkasini, agar daromad oluvchi norezident O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi tuzilgan davlatning soliq rezidenti bo‘lsa, mustaqil ravishda qo‘llash huquqiga ega.
Bunda, norezident tomonidan soliq agentiga soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat daromadni to‘lash sanasidan kechiktirmagan holda taqdim etilishi lozim.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#savol_javob

Savol: Soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatlarga qanday talablar qo‘yilgan?

Javob: Soliq kodeksining 358-moddasida soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatlarga quyidagi talablar qo‘yilgan:

1. Chet davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan hujjatning asl nusxasi.
Bunda, soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat belgilangan tartibda konsullik legallashtirish amalga oshirilgan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda apostil belgisi qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
Xorijiy rasmiy hujjatlarni legalizatsiya qilish talabini bekor qilish to‘g‘risidagi Konvensiya ishtirokchilari o‘rtasida hujjatlar almashuvi hujjatlarga apostil belgisi qo‘yilgan holda tasdiqlanadi.
Biroq, O‘zbekiston Respublikasi hamda Germaniya, Avstriya va Belgiya davlatlari Konvensiya ishtirokchilari bo‘lsa-da, o‘zaro bir-biriga ishonch bildirmaganliklari sababli, o‘zaro hujjat almashuvlar hujjatlarni konsullik legallashtirish orqali tasdiqlanadi.

2. Yuqoridagi tartibda rasmiylashtirilgan hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi;

3. Chet davlatning vakolatli organining internet-resursida joylashtirilgan, soliq rezidentligini tasdiqlovchi elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#savol_javob

Savol: Bizning korxonamiz Xitoy Xalq Respublikasi rezidentidan foiz to‘lash evaziga moliyaviy yordam olgan. Biz tomondan olingan moliyaviy yordam uchun hisoblangan foizlarni to‘lab berish chog‘ida 10 foizlik stavkada soliqlarni ushlab qolishimiz shartmi?

Javob: Ha. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida imzolangan Daromaddan olinadigan soliqlarning ikkiyoqlama qo‘llanishining oldini olish to‘g‘risida Bitimning 11 moddasi 1 bandida Ahdlashuvchi Davlatlarning birida (O‘zbekiston) hosil bo‘lgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga (Xitoy) to‘lanadigan foizlar ana shu boshqa Davlatda (Xitoy) ham soliqqa tortilishi mumkinligi belgilangan.

Shuningdek, mazkur moddaning 2 bandiga asosan bunday foizlar hosil bo‘lgan mazkur Ahdlashuvchi Davlatda (O‘zbekiston) shu Davlatning (O‘zbekiston) qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo foizlarni oluvchi benefitsiar (dividendlarning manfaatdor egasi) bo‘lsa soliqning miqdori foizlar umumiy hajmining 10 foizidan oshmasligi kerak.

Mazkur holatda, Soliq kodeksining 351 moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslaridan va yakka tartibdagi tadbirkorlaridan olingan har qanday turdagi qarz majburiyatlari (shuningdek foydada ishtirok etish huquqini beruvchi obligatsiyalar va konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar) bo‘yicha foizlar norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan va doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlari hisoblanadi va 353 moddaga binoan 10 foizlik stavkada soliqqa tortilishi belgilangan.

Bu esa o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasiga foizli daromadlarga nisbatan Bitimda ko‘rsatilgan stavkadan oshmagan miqdorda soliqqa tortish huquqini beradi.
Bunday holatda, soliq agenti tomonidan 10 foizlik stavkada soliqlar ushlab qolinishi shart.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#savol_javob

Savol: – Chet davlat vakolatli organining internet-resursida joylashtirilgan rezidentlik sertifikati konsullik legallashtirish yoki apostil belgisi qo‘yish orqali rasmiylashtirilishi shartmi?

Javob: -Yo‘q, shart emas. Soliq kodeksining 358 moddasida soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat chet davlat vakolatli organining internet-resursida joylashtirilgan bo‘lsa konsullik legallashtirish yoki apostil belgisi qo‘yish shart emas.

Biroq, ayrim davlatlarning (masalan, Belorussiya va Birlashgan Arab Amirliklari) soliq organlari tomonidan elektron tartibda rasmiylashtirilgan rezidentlik sertifikatlari internet-resursiga Soliq kodeksining 358 moddasi talablariga muvofiq bo‘lmagan ravishda joylashtirilgan.

Soliq kodeksining 358 moddasi talabiga muvofiq rezidentlik sertifikati internet-resursiga uning rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar emas, aynan rezidentlik sertifikati nusxasi joylashtirilgan bo‘lishi lozim.

Aks holda, mazkur rezidentlik sertifikatlari konsullik legallashtirish yoki apostil belgisi qo‘yish orqali tasdiqlanishi shart.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#savol_javob

Savol: -Bizning korxona Turkiyadan ishlab chiqarish liniyasini import qildi. Ishlab chiqarish liniyasini yetkazib beruvchining mutaxassislari montaj va ishga tushirish xizmatlari ko‘rsatilgan. Shartnoma shartlariga muvofiq ishlab chiqarish liniyasini montaj va ishga tushirish xizmatlari uchun 156 000 AQSh dollari miqdorida daromad to‘lab berganmiz. Xorijiy kontragent tomonidan Turkiya rezidentligini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi taqdim qilinganligi sababli O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalarini qo‘llagan holda soliqlarni ushlab qolmaganmiz. Biroq, soliq organi tomonidan rezidentlik sertifikatiga qo‘yilgan apostil belgisida notariusning imzosi, lavozimi va muhri tasdiqlanganligi vaji bilan aniqlashtirilgan qayta hisobot taqdim qilishimiz hamda ushlab qolinmagan soliq summasini to‘lashimiz yuzasidan xabarnoma yuborilgan. Soliq organlarining talabi qonuniymi?

Javob: Albatta. Soliq organlari quyidagilarga ko‘ra qonuniy harakat qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Jumhuriyati Hukumati o‘rtasida imzolangan Daromadlarga ikki tomonlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida Bitimning
3-moddasi “i”-kichik bandiga binoan “vakolatli organ” atamasi: O‘zbekistonga nisbatan – Davlat soliq qo‘mitasini;
Turkiya Jumhuriyatiga nisbatan – Moliya vazirligini yoki uning vakolatli vakilini anglatadi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, xalqaro shartnoma qoidalarini qo‘llash Turkiya Jumhuriyati Hukumati nomidan Moliya vazirligini yoki uning vakolatli vakili faoliyat yuritadi.
Xorijiy rasmiy hujjatlarni legalizatsiya qilish talabini bekor qilish to‘g‘risidagi Konvensiyaning (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabr)
5 moddasi birinchi qismida apostil hujjatni imzolagan shaxsning yoki hujjat egasining iltimosiga binoan berilishi belgilangan.
Shu bilan birgalikda, mazkur moddaning ikkinchi qismida belgilangan tartibda to‘ldirilgan apostil belgisi, apostil belgisi qo‘yilgan hujjatni imzolagan shaxsning qaysi lavozimda harakat qilganligini hamda imzosi, zarurat bo‘lganida hujjat bosilgan muhr yoki shtampning haqiqiyligini tasdiqlashi belgilangan.

Bundan ko‘rinib turibdiki, notariuslar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Jumhuriyati Hukumati o‘rtasida imzolangan Daromadlarga ikki tomonlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida Bitimning qoidalarini qo‘llash maqsadida vakolatga ega emasligi sababli, bunday tartibda rasmiylashtirilgan rezidentlik sertifikati asosida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalarini qo‘llash mumkin emas.

Shuningdek,
Soliq kodeksining 354 moddasida soliq summasi ushlab qolinmaganda yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalari g‘ayriqonuniy ravishda qo‘llanilganda, bu soliqning ushlab qolinmasligiga yoki to‘liq ushlab qolinmasligiga sabab bo‘lsa, soliq agenti ushlab qolinmagan soliq summasini va tegishli penya summasini byudjetga kiritishi shartligi belgilangan.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#savol_javob

Savol: - Moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan berilgan kreditlarga hisoblangan foiz to‘lovlari qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladimi?

Javob: - O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 244-moddasi 1-qismi 7-bandiga asosan, kreditlarni, zayomlarni pul shaklida va qimmatli qog‘ozlar bilan berish, shu jumladan ular bo‘yicha foizlar bilan birga berish, shuningdek REPO operatsiyalari, shu jumladan REPO operatsiyalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar berilganligi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan pul summalari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#savol_javob

Savol: - Korxonamiz boshqa bir yuridik shaxsning ustaviga tovarlarni berish orqali ulushdor bo‘lsa, ushbu berilgan tovarlar biz uchun tovarlarni realizatsiya qilish hisoblanadimi?

Javob: - Soliq kodeksining 239-moddasi 4-qismi 1-bandiga muvofiq, yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida tovarlarni berish (xizmatlar ko‘rsatish) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma hisoblanadi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#savol_javob

Savol: - Hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida tovarlarning MXIK kodlarini noto‘g‘ri aks ettirish qanday javobgarlikka sabab bo‘ladi?

Javob: - Soliq kodeksining 223-moddasiga asosan, hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida olingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga yoki faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lmagan identifikatsiya kodlarini aks ettirish — hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida ko‘rsatilgan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining 1 foizi miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#savol_javob

Savol: - Ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlari uchun ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaga yo‘naltiriladigan mablag‘lar jismoniy shaxslarning jami daromadi sifatida qaraladimi?

Javob: - Soliq kodeksining 376-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan, ish beruvchi yuridik shaxs tomonidan xodimning manfaatlarini ko‘zlab, tovarlar (xizmatlar), mulkiy huquqlar haqini to‘lash, soliq agentining soliq to‘lovchi daromadi bo‘lgan boshqa xarajatlarini to‘lash — xodim tomonidan moddiy naf tarzida olingan daromadlar hisoblanadi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#savol_javob

Savol: Soliq auditi haqida ma’lumot bering

Javob: Muayyan davr uchun soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning to‘g‘riligini tekshirish - soliq auditidir.

Soliq auditi soliq to‘lovchilarning (soliq agentlarining) yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub soliq to‘lovchiga (soliq agentiga) nisbatan o‘tkaziladi.

Soliq organlari soliq auditi o‘tkazilishi boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin soliq to‘lovchiga soliq auditi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.

Agar soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash belgilari mavjud bo‘lsa, soliq organi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda soliq to‘lovchini oldindan xabardor etmasdan soliq auditini boshlashga haqlidir.

Soliq auditi asosiy maqsadlari:
• Soliq to‘lovchilarning soliqlarni to‘g‘ri hisoblab, o‘z vaqtida to‘lashini ta’minlash;
• Soliq qonunchiligiga muvofiqlikni tekshirish;
• Soliq bo‘yicha xatoliklar, kamchiliklar yoki noqonuniy amaliyotlarni aniqlash;
• Soliq tizimida adolat va shaffoflikni ta’minlash.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#savol_javob

Savol: Soliq organlari soliq auditini qanday holatlarda o‘tkazadi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarorida soliq auditi o‘tkazish quyidagi holatlarda o‘tkazilishi ko‘rsatilgan:

- soliq tavakkalchiligining yuqori toifasiga mansub bo‘lgan;
- kameral soliq tekshiruvi natijasi bo‘yicha soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa (shu jumladan, aniqlashtirilgan talabnomadan keyin), yoxud aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asosnomalarni taqdim etmasa, yoki u taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilgan hollarda;
- ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslarda (soliq maslahatchilari tashkilotlarining soliqlar bo‘yicha xulosalari mavjud bo‘lgan soliq to‘lovchilar bundan mustasno);
- soliq to‘lovchilarning jinoiy ishlar bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati taftish qilinishi doirasida;
- faoliyatini to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, qat’iy belgilangan miqdorda yoki deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan daromad solig‘ini to‘laydiganlardan tashqari.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#savol_javob

Savol: Hozirgi kunda aksariyat tadbirkorlik sub’ektlarida qanday turdagi soliq tekshiruvlari o‘tkazilmoqda?

Javob: kameral soliq tekshiruvi natijasi bo‘yicha soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa (shu jumladan, aniqlashtirilgan talabnomadan keyin), yoxud aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asosnomalarni taqdim etmasa, yoki u taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilgan hollarda Soliq kodeksining 140-moddasi 5-bandiga asosan soliq auditi o‘tkazilmoqda.

Bunda:
-agar soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash belgilari mavjud bo‘lsa, soliq organi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda soliq to‘lovchini oldindan xabardor etmasdan soliq auditini boshlashga haqlidir.

Soliq auditi bitta operatsiya yoki bitta soliq turi bo‘yicha, shuningdek, bir oylik davr yoki bir choraklik davrlarni qamrab olgan holda ham o‘tkaziladi.
Kameral soliq tekshiruvida kaysi davrda yoki qaysi soliq turidan kamchilik aniqlansa o‘sha shubxali holatlarga aniqlik kiritish maqsadida ham soliq auditi o‘tkazilishi mumkin.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#savol_javob

Savol: Hozirgi kunda da’vo muddati bo‘yicha uch yillik soliq auditi qanday hollarda o‘tkazilmoqda?

Javob: Har xil soliqlarni to‘lashdan qochish sxemalardan foydalanib, to‘g‘ri ishlashni maqsad qilmagan xo‘jalik subektlarga uch yillik da’vo muddati bo‘yicha soliq auditi o‘tkazilib, faoliyatini to‘g‘ri ishlashni maqsad qilib yuritish yoki umuman faoliyat yuritmaslik masalasi ko‘rib chiqiladi.

Soliq auditida korxona soliqdan qochish sxemalarini tark etib, kelgusida halol tadbirkorlar qatorida ish yuritish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#savol_javob

Savol: Qanday hollarda tadbirkorlik sub’ektlarida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi?

Javob: Tadbirkorlik sub’ektlari yuqori barqarorlik reytingining «AAA» toifasidagi tadbirkorlik sub’ektlarida (bundan davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar mustasno) soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (bundan jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar mustasno).

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#savol_javob

Savol: Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan Soliq auditida ko‘pincha kuzatilayotgan kamchiliklar bo‘yicha ma’lumot bering.

Javob: Hozirgi kunda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xarid qilingan tovarlar va sotilgan tovarlarning soni va nomenklaturasi bo‘yicha nomuvofiqliklar juda ham ko‘p uchramoqda.
Ayniqsa, nazorat kassa mashinasi orqali sotilgan tovarlar bilan buuxgalteriya birlamchi hujjatlaridagi ya’ni materiallari hisobotidagi tovarlar soni va nomenklaturasi o‘rtasida katta tafovutlar yuzaga kelmoqda. Buning natijasida kamomad va ortiqcha tovarlar mavjudligi yuzaga kelmoqda.

Bundan tashqari Soliq kodeksining 299-moddasiga asosan tekin olingan mol-mulk (xizmatlar) bo‘yicha aksariyat tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan Foyda solig‘i hisobotining daromad qismiga ko‘rsatmasdan, soliq bazasini noto‘g‘ri ko‘rsatish holatlari yuzaga kelmoqda.

Soliq kodeksining 299-moddasi 4-bandida ko‘rsatilgan qarz beruvchiga foizli daromad to‘lash majburiyatisiz qarz (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam) olish chog‘ida qarz oluvchining daromadi qarz (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam) olish sanasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Qarz oluvchining daromadini aniqlashning xuddi shunday tartibi qarz (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam) olish sanasida stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lgan foizlar to‘lash sharti bilan berilgan qarzlarga (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordamga) nisbatan qo‘llaniladi deb ko‘rsatilgan.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website