MIRISHKOR TUMANI HOKIMLIGI ️️
6.13K subscribers
44.2K photos
2.62K videos
16 files
6.61K links
Mirishkor tumani hokimligi axborot xizmati

gov.uz/oz/mirishkor
Ijimoiy tarmoq - mirishkorpress

Prezident: @shmirziyoyev
Viloyat hokimligi: @qvh_axboroti

Hokimiyatga murojaat: @mirishkor_murojaat

Axborot xizmati bilan bog’lanish:
@m_press1
Download Telegram
Mirishkor TIIB xodimi ko’krak nishon bilan taqdirlandi

Qashqadaryo viloyatining ichki ishlar organlarida namunali xizmat olib borayotgan bir guruh fidoyi xodimlar “Vatan ravnaqiga qo‘shgan hissasi uchun” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi shundaki, ushbu mukofotga Mirishkor tumani ichki ishlar bo‘limi xodimi, Katta leytenant Davronov Doston Xusniddin o‘g‘li ham loyiq deb topildi.

U xizmat vazifasiga sadoqat, fidoyilik va intizom bilan yondashgani, jamoat tartibini ta’minlash hamda fuqarolarning tinch va osoyishta hayotini asrash borasidagi faol sa’y-harakatlari bilan ajralib turadi.


😎😎😎😎😎😎😎😎

📌📌📌📌 / @mirishkorpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍154🔥2
Hokim tadbirkorlik subyektlarining faoliyati va muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda

Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov yakshanba — dam olish kuniga qaramasdan, hududlarda bo‘lib, tadbirkorlik subyektlarining faoliyati va muammolarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

Xususan, viloyat hokimi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzakov hamrohligida Xitoyning “FM World” kompaniyasi ishtirokida tashkil etilgan, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan “Qashqadaryo World Agrotech” korxonasiga qarashli dalalar ko‘zdan kechirildi. Tashrif davomida korxona faoliyati bilan yaqindan tanishilib, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi, ularning fikr va takliflari tinglandi.

Shuningdek, korxona tomonidan g‘o‘za maydonlarini sug‘orish uchun o‘rnatilgan zamonaviy suv nasosi va g‘o‘za parvarishlashda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar amalda ko‘zdan kechirildi.

Hududlarda o’ganishlar davom etmoqda.

😎😎😎😎😎😎😎😎

📌📌📌📌 / @mirishkorpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥21
“Yangi Mirishkor”da 200 tonnalik muzlatgich qurilmoqda

Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov “Yangi Mirishkor” mahallasida bo‘lib, mahalliy tadbirkorlar faoliyati bilan bevosita tanishdi. Uchrashuv davomida hokim tomonidan tadbirkorlik subyektlarining tashabbuslari, ularning muammolari va istiqbolli rejalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, mahallada istiqomat qiluvchi tadbirkor Elbek Xusenboyev tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan, 200 tonna sig‘imga ega zamonaviy muzlatgich qurilishi boshlangan. Mazkur loyiha hududda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatli saqlash va eksportga tayyorlash imkoniyatlarini kengaytiradi. Eng e’tiborga molik jihati – muzlatgich energetik ta’minotining bir qismi muqobil manba orqali ta’minlanmoqda: xonadonga umumiy quvvati 50 kilovatt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, Elbek Xusenboyev xorijdan zotdor chorva mollarini olib kelib, ularni mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirish hamda naslchilik asosida ko‘paytirishni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu tashabbus nafaqat mahallada chorvachilikni rivojlantirish, balki aholi bandligini ta’minlashga ham xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Tuman hokimi mazkur sa’y-harakatlarni ijobiy baholab, mahalla miqyosida tadbirkorlikni yanada rag‘batlantirish, tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.

😎😎😎😎😎😎😎😎

📌📌📌📌 / @mirishkorpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112🔥1