#MIFT #Uzbekistan #Hungary #Magyar #businessforum
❔ Investorlarni qaysi sohalar qiziqtiradi?
✅ Jamshid Xodjayev: "Mineral resurslardan foydalanish va ularni qayta ishlash kabi loyihalarni amalga oshirishda katta imkoniyatlar bor.
O‘zbekistonning kaolin zaxiralari 1,3 mlrd tonnani tashkil etadi. Barchaga maʼlum, bu – sanfayans va sanitar keramikasini ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida kaolindan tayyorlangan mahsulotlar importi 500 mln dollardan ortadi. Biz bu yo‘nalishda, albatta, Yevropaning ilg‘or texnologiyalarini tadbiq etib, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishdan manfaatdormiz.
Yana bitta misol. O‘zbekistonda har yili 150 ming tonna mis ishlab chiqarib, faqat 55 ming tonnasini qayta ishlaymiz. Bu xom ashyodan yuqori talabga ega elektr dvigatellari, sim-kabel mahsulotlari hamda maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarishni birgalikda tashkil qilishimiz mumkin. Bunday mahsulotlar importi hajmi Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zida 2 mlrd dollardan oshadi".

✅ Jamshid Xodjayev: "Aviatsiya sohasidagi yuksak imkoniyatlar yaratilmoqda.
Biz O‘zbekiston aeroportlarida “ochiq osmon” rejimini joriy etmoqdamiz. Xorijiy aviatashuvchilar soni ortib bormoqda – so‘nggi yillarda ular 10 tadan 25 taga ko‘paydi. Ular qatoriga “Wizz Air” kompaniyasi ham kirmoqda.
Kelgusi yilda tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini 7 mln. ga (bugungi kunda 3,5 mln.), yaqin kelajakda esa 10 mln. ga yetkazish bo‘yicha aniq rejalarimiz bor. Bu borada sayyohlar va tadbirkorlar uchun eng qulay sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratamiz".

✅ Jamshid Xodjayev: "O‘zbekiston Markaziy Osiyoda mahalliylashtirish darajasini 60 foizdan oshirib, to‘liq ishlab chiqarish jarayoni tashkil qila olgan yagona yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bugungi kunda avtomobil ishlab chiqarishning umumiy hajmi yiliga 300 mingtadan oshdi.
Mamlakatimiz avtomobil ishlab chiqarishning yillik hajmini 500 ming donaga oshirishga intilmoqda. Tabiiyki, butlovchi qismlarga talab ortadi. Shu munosabat bilan Venger hamkorlari bilan birgalikda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuqori rentabelli tashabbusdir".

✅ Jamshid Xodjayev: "Markaziy Osiyoda farmatsevtika bozorining hajmi 6 mlrd dollarni, O‘zbekistonda esa – 2 mlrd dollarni tashkil etadi. Bugungi kunda, O‘zbekiston mintaqada dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Ichki ehtiyojimizning 50 foizini mahalliy ishlab chiqaruvchilar taʼminlaydi.
Ayni paytda, farmatsevtika korxonalarimiz qo‘shni bozorlarni faol o‘zlashtirishmoqda va bu yo‘nalishda ham qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda katta imkoniyatlar mavjud.