O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
6.11K subscribers
9.28K photos
480 videos
3.07K links
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining rasmiy kanali

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
facebook.com/miit.uz
instagram.com/mift.uz
twitter.com/MIIT_Uz
Download Telegram
🇺🇿 Joriy yilning 22-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va ACWA Power hamda Vision Invest kompaniyasi boshqaruvi raisi, Oʻzbekiston-Saudiya Tadbirkorlik Kengashi hamraisi Muhammad Abunayyan oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

✍️ Suhbat davomida energetika, transport, tog‘-kon sanoati va geologiya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va raqamli texnologiyalar sohalarida kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish haqida so‘z bordi.

🟠Umumiy qarashlar kelishib olindi va rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishning bosqichma-bosqich mexanizmlari ishlab chiqildi.

___

🇺🇿 22 февраля текущего года состоялись переговоры Министра инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан Лазиза Кудратова с председателем правления компаний ACWA Power и Vision Invest, сопредседателем Узбекско-Саудовского Делового Совета Мухаммадом Абунайяном.

✍️ В ходе беседы речь шла о расширении инвестиционного и торгово-экономического сотрудничества с саудовскими компаниями, имея в виду ускорение реализации соглашений в сферах энергетики, транспорта, горнодобывающей промышленности и геологии, здравоохранения, сельского хозяйства и цифровых технологий.

🟠Были согласованы единые позиции и выработаны поэтапные механизмы имплементации запланированных мероприятий.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Joriy yilning 22-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi kambag‘allik va tenglik boʻyicha amaliyot menejeri Ambar Narayan bilan uchrashuv oʻtkazdi.

🟠Ikki tomonlama hamkorlik rivojlanishining yuqori sur’atlari qayd etildi. Jahon banki tomonidan O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish loyihalari va mamlakat iqtisodiyotining boshqa ustuvor tarmoqlarida moliyaviy va konsalting yordamini ko‘rsatishni davom ettirishga tayyorligi tasdiqlandi.

🟠Jahon bankining elektron tijoratga global kirish imkoniyatini kengaytirish dasturi (EGATE) ga ko‘ra moliya instituti EGATE tadqiqotida qatnashgan 100 ta kompaniyaga “Alibaba”da Golden Supplier maqomini taqdim etadi. Ushbu masala yuzasidan yirik davlat kompaniyalarining aksiyada ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

🟠Uchrashuv yakunida kelgusida o‘zaro hamkorlik qilishga sodiqlik bildirildi. Tomonlar, shuningdek, joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent investitsiya forumi doirasida elektron tijoratni rivojlantirishga bag‘ishlangan alohida panel sessiyasini tashkil etishga kelishib oldilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 22 февраля текущего года министр инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан Лазиз Кудратов провел встречу с менеджером практики Всемирного банка по вопросам бедности и равенства по региону Европы и Центральной Азии Амбаром Нараян.

🟠Отмечены высокие темпы развития двустороннего сотрудничества. Подтверждена готовность Всемирного Банка продолжать оказание финансовой и консультационной поддержки Узбекистану по проектам развития электронной коммерции и в других приоритетных секторах экономики страны.

🟠Высоко оценена программа ВБ по расширению глобальной доступности к электронной коммерции (EGATE), в рамках которой финучреждение предоставит статус Gold Supplier на Alibaba для 100 компаний, принявших участие в исследовании EGATE. В данном контексте обсуждены возможности участия в акции крупных государственных компаний.

🟠По итогам встречи подтверждена взаимная приверженность и выработаны механизмы дальнейшего взаимодействия. Стороны также согласовали организацию отдельной панельной сессии, посвященной развитию электронной коммерции в рамках предстоящего в мае текущего года Ташкентского инвестиционного форума.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇩🇪Shu yilning 22-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tilo Klinnerni qabul qildi.

🟠Tomonlar o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalarini, jumladan, oliy darajadagi kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

🟠Investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishni rag‘batlantirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.

✍️2023-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $1 mlrd oshdi, o‘zlashtirilgan investitsiyalari hajmi esa €913,2 mln tashkil qildi. O‘zbekistonda Germaniya kapitali ishtirokidagi 215 ta korxona, jumladan, 112 nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat ko‘rsatmoqda.

___

🇺🇿🇩🇪 22 февраля текущего года министр инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан Лазиз Кудратов принял Чрезвычайного и Полномочного Посла Федеративной Республики Германия в Узбекистане Тило Клиннера.

🟠Стороны рассмотрели актуальные вопросы двустороннего партнерства, в том числе меры по своевременной реализации договоренностей на высшем уровне, а также перспективы укрепления сотрудничества между представителями деловых кругов двух стран.

🟠Выражена обоюдная готовность стимулировать расширение масштабов инвестиционного партнёрства и промышленной кооперации.

✍️ По итогам 2023 г. товарооборот между Узбекистаном и ФРГ превысил $1 млрд. Объём освоенных германских инвестиций составил €913,2 млн. В Узбекистане функционирует 215 предприятий с участием немецкого капитала, в том числе 112 ИП.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇰🇿22-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Qozog‘iston Respublikasi Savdo va integratsiya vaziri Arman Shakkaliev o‘rtasida onlayn-formatda kengaytirilgan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

🟠Konstruktiv muhokama davomida tomonlar kimyo, elektrotexnika, mashinasozlik va qishloq xoʻjaligi sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar hamda mavjud muammolarni birgalikda hal etish mexanizmlarini ishlab chiqdilar.

___

🇺🇿🇰🇿 22 февраля в онлайн-формате состоялись расширенные переговоры министра инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан Лазиза Кудратова с министром торговли и интеграции Республики Казахстан Арманом Шаккалиевым.

🟠В ходе конструктивного обсуждения стороны выработали практические меры по ускорению реализации совместных проектов в химической, электротехнической, автомобильной отраслях и сельском хозяйстве, а также механизмы совместного решения имеющихся вопросов.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚙️ 2024-yilda Hududiy investitsiya dasturlari doirasida umumiy qiymati 11,6 milliard dollar bo‘lgan 7656 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

🟠 Sanoat sohasidagi loyihalar ulushi 36,6% (2807 ta loyiha), xizmat ko‘rsatish sohasida - 50,1% (3904 ta loyiha), qishloq xo‘jaligida - 12,3% (945 ta loyiha) tashkil qiladi.

🟠Birgina 2024-yil yanvar oyida 466 ta loyiha ishga tushirilgan.

✍️ Qo‘shimcha tafsilotlar "ISSV hududiy loyihalarga alohida e'tibor qaratmoqda" maqolasida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚙️ В 2024 году в рамках Региональных инвестиционных программ запланирована реализация 7 656 проектов стоимостью $11,6 млрд.

🟠 Доля проектов в сфере промышленности составит 36,6% (2 807 проектов), в сфере услуг50,1% (3 904 проекта), в сфере сельского хозяйства12,3% (945 проектов).

🟠Только в январе 2024 года уже было запущено 466 проектов.

✍️ Другие детали в статье "В фокусе МИПТ – региональные проекты"
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚙️ In 2024, 7,656 projects worth $11.6 billion are planned for implementation under the Regional Investment Programs.

🟠The share of industrial projects is expected to account for 36.6% (2,807 projects) of total projects, 50.1% of services (3,904 projects), and 12.3% of agriculture (945 projects).

🟠 In January 2024 alone, 466 projects have already been launched.

✍️ Other details can be found in the article "The focus of MIIT is regional projects"
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇹🇯Joriy yilning 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Tojikiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdujabbor Rahmonzodani qabul qildi.

🟠Suhbat chog‘ida loyihalarni amalga oshirishning borishi hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

🟠Oliy va yuqori darajada, jumladan, hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari doirasida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida hayotga tatbiq qilish muhimligi qayd etildi.

🟠Qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirishga doir qator masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi, yangi investitsiya tashabbuslari bo‘yicha yagona yondashuvlar ishlab chiqildi.

🟠Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro rejalarni muvofiqlashtirish, takliflar ishlab chiqish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish maqsadida ikki mamlakat sanoat tarmoqlaridagi ishchi guruhlari o‘rtasida aloqalarni faollashtirishga kelishib oldilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM