O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
6.23K subscribers
8.98K photos
473 videos
3.02K links
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining rasmiy kanali

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
facebook.com/miit.uz
instagram.com/mift.uz
twitter.com/MIIT_Uz
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Навоий шаҳридаги саноат зонасида бўлиб, вилоятдаги саноат корхоналарининг маҳсулотлари ва салоҳияти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил промышленную зону в городе Навои, где ознакомился с продукцией и потенциалом промышленных предприятий области.

#Mirziyoyev #safar #Navoiy #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Давлатимиз раҳбари Навоий вилоятида режалаштирилган янги инвестиция лойиҳалари тақдимоти билан танишди.

Глава государства ознакомился с презентацией новых инвестиционных проектов, запланированных в Навоийской области.

#Mirziyoyev #safar #Navoiy #investitsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇵🇰Toshkentda shu yil 4-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasining 9-yigʻilishi hamda Oʻzbek-Pokiston biznes forumi boʻlib oʻtdi.

🟠Unda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Pokiston Islom Respublikasi savdo vaziri Jam Kamol Xon, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek, ikki davlatning 100 dan ortiq yirik sanoat korxonalari rahbarlari ishtirok etdilar.

🟠Kun tartibiga muvofiq dastlab delegatsiya rahbarlarining tor doiradagi ikki tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, yuqori darajadagi tashriflar chogʻida erishilgan kelishuvlarning bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🟠Shundan soʻng, Hukumatlararo komissiyaning 9-yigʻilishi oʻz ishini boshladi, unda toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston-Pokiston kelishuvlarini amalga oshirishga mas’ul boʻlgan vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan berilgan batafsil hisobot va rejalari tinglandi.

✍️ Pokiston Oʻzbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. Soʻnggi besh yilda ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmi 3 baravar koʻpaydi, joriy yil boshidan esa yana 10% oʻsib, 300 million AQSh dollaridan oshdi. Soʻnggi besh yilda qoʻshma korxonalar soni ham uch baravarga oshib, 128 taga yetdi. Shu davr mobaynida avtomobil transportida yuk tashish hajmi qariyb 6,5 baravarga oʻsib, 2023-yilda 354 ming tonnaga yetdi.

🟠Qoʻshma investitsiya loyihalari va savdo bitimlarini amalga oshirish bosqichlarini batafsil koʻrib chiqib, tomonlar natijalarni yanada rivojlantirish boʻyicha bir qator aniq chora-tadbirlarni belgilab oldilar. Shu jumladan, Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim samaradorligini oshirish, har ikki mamalakatda milliy mahsulotlar koʻrgazmalarini oʻtkazish va savdo uylarini ochish hamda tadbirkorlar uchun ikki davlatning elektron savdo maydonchalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🟠Investitsiya hamkorligi doirasida 2025-2026 yillar uchun “Sanoat kooperatsiyasi dasturi” ishlab chiqiladi va qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati, axborot texnologiyalari, kimyo sanoati, tekstil va mashinasozlik kabi sohalarda keng koʻlamli qoʻshma loyihalar amalga oshiriladi. Shuningdek, transport aloqalarini rivojlantirish va mamlakatlar oʻrtasida tovarlar harakatini soddalashtirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar kelishib olindi.

🟠Tadbirlar yakunida Hukumatlararo komissiya yigʻilishining yakuniy bayonnomasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Pokiston Islom Respublikasi savdo vazirligi oʻrtasida elektron tijorat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha Oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM