FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
20.2K subscribers
25.9K photos
4.34K videos
10 files
10.4K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
2022-yil 3- iyun kuni Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi hududiy vakilligi hamda Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi chet tili fani o'qituvchilari va harbiy-akademik litsey rahbariyati tashabbusi bilan 1- o'quv kursi o'quvchilari uchun agentlik mutaxassislari ishtirokida uchrashuv taskil qilindi. Uchrashuvda agentlik rahbari tomonidan yangi xalqaro test tizimi LINGUO SKILL bo'yicha taqdimot qilinib bu test tizimining boshqa test tizimidan qulayligi, afzalliklari haqida gapirib o'tildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Forwarded from Samarqand viloyati FVB/ O‘zingizni asrang! (Boqiyev Ilhom)
Narpay tumanida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi.

Bugun, 5-iyun kuni soat 20:21 da Samarqand viloyati Narpay tumani ''Sari bozor'' MFYda joylashgan oziq-ovqat do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajilari jalb etilgan. Yong‘inga soat 20:35 da yetib borgan va soat 22:10 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida 3 ta oziq-ovqat do‘konlarining taxminan 70 kv.m maydonda shift, tom qismi va oziq-ovqat maxsulotlari yonib, zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/samarqandfvb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT E'LON!

Joriy yilning 8-10 iyun kunlari Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududlarida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi.

O‘z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan aholi orasida sarosima ko‘tarmaslik maqsadida mazkur qo‘mondonlik shtab o‘quv mashqlarini o‘tkazish davridagi amaliy jarayonlarga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, balki mavjud ma'lumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Korrupsiya - rivojlanishimizga to‘siq

Korrupsiya dunyo miqyosidagi global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, dolzarb masalalar qatoridan o‘rin egallagan.
O‘zbekiston Respublikasi Faqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan harbiy prokuratura bilan hamkorlikda kuni kecha Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida o‘tkazilgan seminarda ham shu haqda batafsil so‘z yuritildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Toshkent viloyatida yana bir yong‘in-qutqaruv qismi binosi foydalanishga topshirildi

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshkarmasi tomonidan so‘nggi ikki yarim yil ichida qutqaruvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida juda ko‘p bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, kuni kecha yana bir ko‘rkam binoning foydalanishga topshirilganligini fikrimizga yaqqol misol deyishimiz mumkin.

Ushbu yong‘in-qutqaruv qismi Yangiyo‘l tumanidagi “Xalqobod”, “Vatan”, “Nihol”, “Markaz”, “A.Navoiy”, “Tuyabo‘g‘iz” hamda “Chamanzor” mahallalarida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va sodir bo‘lganda tezkorlik bilan bartaraf etish ishlarini o‘z vaqtida sifatli amalga oshirish imkon beradi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram