FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.8K subscribers
24.1K photos
3.91K videos
10 files
9.73K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Евроосиё иқтисодий кенгаши йиғилишидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Высшего Евразийского экономического совета

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Oromgohda o'quv seminari

Kuni kecha, FVVning Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat hududida joylashgan yozgi bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari hamda suv havzalarida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan ko'ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida o'quv seminari o'tkazildi. Unda viloyat va barcha shahar, tuman hokimlik vakillari, Yoshlar ishlari agentligi hamda hamkor tashkilotlar ishtirok etdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Yosh qutqaruvchi – 2022" musobaqasi Respublika bosqichining dastlabki tafsilotlari

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yosh qutqaruvchi – 2022” sport musobaqasining Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Joriy yilning 26-29 may kunlari Sirdaryo viloyatida “Yosh qutqaruvchi – 2022” sport musobaqasining Respublika bosqichi o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan umumta'lim hamda kasb-hunar ta'limi muassasalari o‘quvchilaridan iborat jami 28 ta jamoa o‘zaro bellashdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Sport – sog‘lik garovi

Sportni targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi kuch tuzilmalari tasarrufidagi “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “MEN G’OLIB” shiori ostida 5000 metrga ommaviy yugurish musobaqasi Toshkent shahrida o‘tkazildi.

Musobaqada Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” HAL o‘quvchilari ham ishtirok etib, umumjamoa hisobida II-o‘rinni egalladi. Yakkalik bahslarida litseyimiz o‘quvchisi Asilbek Abdumannonov 2-o’rinni qo‘lga kiritdi. G’oliblar kubok, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Oromgohlarda o‘quv seminari

Kuni kecha, Toshkent viloyati bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida daxldor organ va tashkilotlar vakillari hamda oromgoh rahbarlari bilan seminar tashkil etildi.

Tadbirda mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib, FVVning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan mavsum davomida ko‘ngilsiz holatlar sodir bo‘lmasligi, yong‘in xavfsizligi, cho‘milish qoidalari va boshqa xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish muhim omil ekanligi alohida ta'kidlandi.

Seminar davomida oromgoh rahbarlaridan kelib tushgan savollarga atroflicha javob berilib, eslatma va yo‘riqnomalar tarqatildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI

Shu kunlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish maqsadida harbiy xizmatchilar o‘rtasida sportning “Boks” va “Futbol” turlari bo‘yicha Akademiya birinchiligi o‘tkazilib, g‘oliblar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

15 kun davom etgan ushbu musobaqada sportchilar o‘zaro bellashib, quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdi:

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram