FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.8K subscribers
23.4K photos
3.76K videos
10 files
9.47K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев 21-22 апрель кунлари Қашқадарё вилоятига сафар қилади.

Ташриф давомида ҳудудда олиб борилаётган бунёдкорлик ишлари, саноат корхоналари ва ижтимоий соҳа объектлари билан танишиш, халқ билан мулоқот қилиш, вилоятни ривожлантириш ва аҳоли турмуш шароитини яхшилаш бўйича янги вазифаларни белгилаш режалаштирилган.

Президент Шавкат Мирзиёев 21-22 апреля посетит Кашкадарьинскую область.

В ходе поездки глава государства ознакомится с проводимой в регионе созидательной работой, деятельностью промышленных предприятий и объектов социальной сферы, проведет диалог с народом, определит новые задачи по развитию области и повышению благосостояния населения.

Facebook|Instagram|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Среда - день профилактики чрезвычайных ситуаций. Спасательным ведомством предпринимается целый комплекс мер, направленных на предотвращение разного рода чрезвычайных ситуаций. Более подробно о проводимой работе телеканалу "Узбекистан 24" рассказал руководитель пресс-службы МЧС Мурад Садыков.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chorshanba - favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni. Tegishli tashkilotlar tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov “O‘zbekiston 24” telekanalida bu borada olib borilayotgan tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berdi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Bugun, 20-aprel kuni kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, G‘allaorol va Sh.Rashidov tumanlarida sel oqimlari yuzaga keldi.

Natijada ayrim aholi yashash joylari, ijtimoiy soha obyektlari, ekin maydonlari sel oqimlaridan zararlandi.

Ayni paytda Baxmal tumanining Nurafshon MFY, Gulobod qishlog‘i, G‘allaorol tumanining Moltob QFY Moltob qishlog‘i, Sh.Rashidov tumani Kuyovboshi MFY hamda Forish tumani Egizbuloq MFYlarida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ham favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) organlari kuch va vositalari tomonidan yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Қашқадарёликлар вилоятда рўй бераётган янгиланишлар ҳақида

Кашкадарьинцы - о происходящих в области преобразованиях

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
Bugun, 20-aprel kuni kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, G‘allaorol va Sh.Rashidov tumanlarida sel oqimlari yuzaga keldi. Natijada ayrim aholi yashash joylari, ijtimoiy soha obyektlari, ekin maydonlari sel oqimlaridan…
Аввал хабар берганимиздек, Жиззах вилоятининг Бахмал, Фориш, Ғаллаорол ва Ш.Рашидов туманларида кузатилган кучли ёғингарчиликлар оқибатида сел оқимлари юзага келган эди.
Натижада айрим аҳоли яшаш жойлари, ижтимоий соҳа обектлари, экин майдонлари сел оқимларидан зарарланди.
Зудлик билан вилоят Фавқулодда вазиятлар бошқармаси ва унинг ҳудудий бўлимлари ходимлари воқеа жойига етиб бориб, ёғингарчилик оқибатларини бартараф этиш тадбирларини олиб бормоқда. Ёғингарчилик оқибатларини бартараф этиш жараёнида, дастлабки маълумотларга кўра, Фориш туманида 4 нафар фуқарони (1 нафар эркак, 3 нафар аёл) сел оқимлари оқизиб кетиш натижасида халок бўлганлиги аниқланди.
FVV qutqaruvchilari tomonidan sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, bugun kuchli yog‘ingarchilik natijasida Jizzax, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida sel oqimi kuzatildi.
———-
Спасатели МЧС проводят работу по ликвидации последствий схода селя. Напомним, сегодня в результате проливных дождей сель сошёл в некоторых районах Джизакской, Самаркандской и Кашкадарьинской областей.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Sel - katta miqdorda tog‘ toshlari, qum va tuproq jinslari bilan birgalikda tog‘dan oqib tushuvchi suv oqimi bo‘lib, muntazam jala quyishi, tog‘ qorlarining erishi, tog‘ suv havzalari, suv omborlari, muzlagan suv havzalari qirg‘oqlarining o‘pirilib ketishi va boshqa sabablarga olib kelishi mumkin.

Sel xavfi bo‘lganda aholining harakati bo‘yicha tavsiyalar Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Хотин-кизлар тадбиркорлигини қўллаб-қувватлаш тизими натижаси Қарши шаҳрининг "Буюк Турон" маҳалласидаги оилавий тикувчилик корхонаси мисолида

Семейное швейное предприятие "Буюк турон" в городе Карши - наглядный пример результативности системы поддержки женского предпринимательства

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Sel kelishi hodisasi oqibatlari bartaraf etilmoqda

Kecha, 20-aprel kuni respublikamizning ayrim hududlarida kuchli yog‘ingarchilik natijasida sel oqimlari va toshqin suvlari yuzaga keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, 20-aprel kuni Samarqand va Jizzax viloyatlarida bir soatu o‘ttiz daqiqada yog‘ib o‘tgan yomg‘ir bir oylik yog‘ingarchilik miqdorini tashkil etgan.

Ushbu gidrometeorologik hodisalarni bartaraf etishda amaliy yordam so‘rab, aholi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarining “101”, “1050” va boshqa tezkor raqamlariga yomg‘ir suvlarini tortish, ob-havo to‘g‘risida ma'lumotlar olish va boshqa masalalarda Samarqand viloyatidan 222 ta, Jizzax viloyatidan 14 ta, Navoiy viloyatidan 10 ta, Qashqadaryo viloyatidan 1 ta jami 280 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Barcha murojaatlar bo‘yicha, jumladan, sel oqimlari, suv toshqinlari va ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun yong‘in-qutqaruv bo‘linmalaridan 92 ta maxsus texnika, 20 ta motopompa hamda 758 nafar qutqaruvchi jalb etildi.

Amalga oshirilgan ishlarni quyidagicha keltirish mumkin. Samarqand viloyati bo‘yicha:
Yomg‘ir va oqava suvlari Samarqand shahrining 5 ta shox ko‘chasidan o‘tuvchi avtomobillar qatnov qismida, 54 ta ichki ko‘chalar atrofidagi irrigatsiya tarmoqlarida, 20 dan ortiq ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari va atrofida, 84 ta yakka tartibdagi turar joy binolarining yerto‘lalari va hovlilarida, 5 ta umumta'lim (9, 29, 39, 75-son umumtalim, 1 ta ixtisoslashgan) maktablar va M.Ulug‘bek ko‘chasidagi “Ko‘zmunchoq” nomli MTM hovlilari hamda Narpay ko‘chasidagi “Muz saroyi” binosi ostidagi avtoturargohda to‘plangan.
Yomg‘ir suvlari Samarqand tumanining 4 ta MFYlarida kuzatilib, Bulung‘ur tumani “G‘ubdin” qishlog‘i hududidan o‘tuvchi M-39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shaxrisabz” avtomobil yo‘lining 1046 km.da o‘rnatilgan d=1500 suv o‘tkazish quvuriga sig‘masdan yo‘l qatnov qismining bir tomonida yig‘ilib qolgan.
Yuzaga kelgan holat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalaridan 144 nafar shaxsiy tarkib, 17 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi, 11 ta motopompa hamda “Samarqand suv ta'minot” MChJdan 6 ta maxsus texnika, 14 nafar ishchi-xodim jalb qilindi.

Jizzax viloyati bo‘yicha:
Forish tumanining tog‘li hududlari va adirliklarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida sodir bo‘lgan sel oqimi “Egizbuloq” MFYda joylashgan 260 ta xo‘jalikdan o‘tib, ularning 53 tasi to‘liq talofat ko‘rgan, 44 tasi o‘rta va 163 tasi yengil darajada talofat ko‘rgan. Qutqaruvchilar tomonidan 6 nafar fuqaro sel oqimlari ichidan qutqarilib, Forish tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Ushbu hududda shunday sel oqimlari bundan taxminan 80 yillar avval kuzatilgan.
Sel oqimi 15-son umumta'lim maktabi va 9-son maktabgacha ta'lim muassasasi hududiga (binolarning 1-qavatiga) ham kirgan. 1.5 km. ichki yo‘llarga sel suvlari toshishi oqibatida transport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Yuzaga kelgan sel oqimi natijasida “Egizbuloq” MFYda joylashgan 25 ta xo‘jalikda istiqomat qiluvchi 100 dan ortiq fuqarolar vaqtinchalik yashash uchun yaqin qarindoshlarining uylariga ko‘chirib o‘tkazilib, ular uchun tuman hokimligi tomonidan hayotiy zarur mahsulotlar zaxirasi tashkil etildi.
Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlariga jami 520 nafar huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari, viloyat va tuman hokimligi mas'ul rahbarlari, FVDTning hududiy va quyi tizimlari xizmatlari ishchi-xizmatchilari hamda 54 ta maxsus texnika jalb etildi.

Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida sel oqimlari o‘z yo‘lidan oqib o‘tgan. Sel hududlardagi aholi yashash xonadonlari va boshqa ijtimoiy soha obyektlariga ziyon yetkazmagan.

Hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati nazorati ostida davom ettirilmoqda.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatida “Yong‘in-qutqaruv sporti” musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Президент Шавкат Мирзиёев Қашқадарё вилоятига жўнаб кетди.
Давлат раҳбари бугуннинг ўзида кластер ва саноат корхоналарида, фермер хўжалиги даласида бўлади, бунёдкорлик ишлари, маҳаллалардаги ўзгаришлар билан танишади. Аҳоли билан мулоқот, қишлоқ хўжалиги ва саноат лойиҳалари тақдимоти ҳам режалаштирилган.

Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Кашкадарьинскую область.
Сегодня глава государства посетит кластер и промышленные предприятия, фермерское хозяйство, осмотрит созидательную работу, изменения в махалле. Проведет встречи с населением, ознакомится с презентацией сельскохозяйственных и промышленных проектов.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter