FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
35K subscribers
27.3K photos
4.91K videos
10 files
11.2K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Yo‘l ustidagi ulkan xarsangtosh olib tashlandi

Shahrisabz tumani “G‘elon” qishlog‘iga olib boruvchi yo‘lga joriy yilning 1 mart kuni katta tosh bo‘laklari tushib, yo‘lni yopib qo‘yganligi to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Olib borilgan o‘rganishlar jarayonida “Hisorak-G‘elon” avtomobil yo‘lining 15-kilometriga taxminan 400 metr kub hajmli tosh bo‘lagi qulashi natijasida yo‘lning 20 metrdan ziyod qatnov qismi to‘liq yopilib qolganligi aniqlandi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida joriy yilning 18-mart kuni soat 16:00da “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Matbuot anjumaniga ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

☎️ 1000 нафар ва ундан ортиқ одам сиғимига эга бўлган муассасаларда энг яқин ёнғин-қутқарув бўлинмаси билан тўғридан-тўғри телефон алоқаси ўрнатилиши керак.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Dolzarb mavzudagi uchrashuv

Ma'lumki, bugungi islohotlar jarayonida Samarqand sayyohlik markazida qurilish ishlari jadal sur'atlarda davom ettirilmoqda.

Ushbu tadbirlarda turli xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olishga muhim e'tibor qaratilishi lozim.

Kuni kecha mazkur markazda tashkil qilingan uchrashuvda shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi hamda qurilish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i O‘.Muzaffarov va tegishli vazirlik hamda idoralar mutaxassislari ishtirok etdilar.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, 2022-yil 15-18-mart kunlari A-373- “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovoni hududida vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi ma’lum qilingan edi.

Ayni vaqtda dovonda quyuq tuman tushgan, ko‘ruvchanlik 5 metrni tashkil etmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so‘rab qoladi.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Bugun soat 07:22 larda Uchtepa tumani Chilonzor 23-mavze 31-uy oldida daraxt avtomashinalar ustiga qulaganligi bo‘yicha Toshkent shahar FVBga xabar kelib, tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan 1 ta qutqaruv ekipaji yetib borgan. Daraxt qulashi natijasida 6 ta (Kia, Jentra, Nexia-3, Damas, Cobalt, Niva) yengil avtomobil shikastlangan. Hozirda yuzaga kelgan vaziyat oqibatlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etilmoqda. Hodisa oqibatida jabrlangan yoki halok bo‘lganlar yo‘q.

Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, aholidan kuchli shamol va yog‘ingarchilik vaqtida avtotransport vositalarini daraxtlar ostida qoldirmasligingizni so‘rab qoladi.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonida YTHga uchragan haydovchiga yordam ko‘rsatdilar

Bugun, 18-martga o‘tar kechasi va erta tonggacha “Qamchiq” dovonida qor yog‘ishi, ba'zi-ba'zida kuchli shamol esish holati kuzatildi. Ob-havoning injiqligi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi haydovchilarga qiyinchilik tug‘dirdi. Shu vaqt davomida FVV “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari avtomashinalarning qor uyumlaridan o‘tishida amaliy yordam ko‘rsatdilar. Batafsil...
——————
На перевале Камчик спасатели МЧС оказали помощь водителю, попавшему в ДТП

В ночь на 18 марта и вплоть до раннего утра на перевале Камчик наблюдался снегопад, временами обильный, который сопровождался шквалистым ветром. Капризы погоды создали трудности для водителей, передвигавшихся по данному маршруту. Всё это время сотрудники специального поискового, пожарно-спасательного Управления Камчик МЧС оказывали помощь автовладельцам, вытаскивая машины из снежных заносов. Подробно...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 13-15 mart kunlari Namangan shahardagi “Pahlavon” sport majmuasida Universal jang klassik yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Chempitonatda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda uning Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FVV Akademiyasida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

Kecha, 17-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Favqulodda vaziyatlarda jinoyat bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olishda huquqni muhofaza qilish organlarining o‘zaro hamkorligi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#online

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha 2021-yilda bajarilgan ishlar yakuni va 2022-yildagi asosiy vazifalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Unda FVV bosh boshqarma boshlig‘i O‘.Muzaffarov, FVV bo‘lim boshlig‘i M.Yunusovlar ishtirok etib, FVV tomonidan Respublika doirasida 2021-yilda bajarilgan ishlar yakuni va 2022-yilda belgilangan asosiy vazifalar yuzasidan ma'lumotlar bermoqda.

Shuningdek, OAV vakillari mavzu doirasida mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olmoqdalar.

To‘g‘ridan to‘g‘ri efir👇
https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/1777631159100917/

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV Akademiyasi huzuridagi boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida seminar tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Бугун, 18 март куни соат 20:45 да Тошкент шаҳар Яшнобод тумани Фарғона йўли кўчасида жойлашган Латвия -Ўзбекистон қўшма корхонаси "Orial senter" ҳудудида жойлашган матор мой маҳсулотлари (бочкаларда) ёнғин содир бўлаётганлиги тўғрисида шаҳар ФВБга хабар келиб тушган.

Шунга кўра 10 та ёнғин-қутқарув экипажи, 3 та махсус ва 2 та ёрдамчи техникалар зудлик билан воқеа жойига етиб бориб, соат 21:49 да ёнғин қуршаб олинган. Ҳозирда ёнғинни бартараф этиш ишларини олиб бормоқда.

Ёнғин оқибатида таҳминан омборнинг 2000 м. кв. майдони зарарланган
Яшнобод туманида содир бўлган ёнғин бартараф этилди

Бугун, 18 март куни соат 20:45 да Тошкент шаҳар Яшнобод тумани Фарғона йўли кўчасида жойлашган "Ориент логистик центр" қўшма корхонаси ҳудудида жойлашган матор мой маҳсулотлари (бочкаларда) омборида ёнғин содир бўлаётганлиги тўғрисида шаҳар ФВБга хабар келиб тушган.

Шунга кўра 10 та ёнғин-қутқарув экипажи, 3 та махсус ва 2 та ёрдамчи техникалар зудлик билан воқеа жойига етиб бориб, ёнғин соат 21:49 да қуршаб олинган ва 19 март, соат 03:30 да бартараф этилган.

Ёнғин натижасида омборхонанинг тахминан 2000 кв.м майдонида мой маҳсулотлари ёниб зарарланган.

Ҳодиса оқибатида тан жароҳати олган ва ҳалок бўлганлар йўқ.

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва келтирилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.
Chang‘i yoki snoubordda uchish qoidalari