FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.8K subscribers
24.1K photos
3.9K videos
10 files
9.72K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ONLINE

"Қамчиқ" довони ҳозирги вақтда

Айни дақиқаларда "Қамчиқ" довонида қор ёғмоқда. Фавқулодда вазиятлар вазирлиги йўлни қордан тозалаш ва музламалар ҳосил бўлишининг олдини олиш ишларини мувофиқлаштириб бормоқда.
--------
Перевал Камчик прямо сейчас

В эти минуты на перевале Камчик идёт снег. При координации МЧС ведётся работа по расчистке трассы от снега и предотвращению образования гололедицы на проезжей части.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy viloyatida isitish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Xalq va armiya – bir tan-u bir jon!

Kuni kecha Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, FVV Maxsus mahandislik-qurilish boshqarmasi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Samarqand shahrida joylashgan 10-sonli umumta'lim maktabida “Mard askar – yoshlarga namuna” shiori ostida vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida yosh avlodga tajribali, yuksak kasb mahortiga ega harbiy xizmatchilar tomonidan milliy armiyamiz kuch-qudrati va harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan shart-sharoit to‘g‘risida atroflicha ma'lumotlar berildi. Shuningdek, Vatan tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash, unga sadoqat bilan xizmat qilish oliy burch ekanligi o‘quvchi yoshlarga ta'kidlab o‘tildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Информация об инциденте на станции метро «Космонавтов»


Сегодня, 23-го декабря в 12:15 часов на станции метро «Космонавтов» в третьем вагоне состава произошло небольшое задымление. Отметим, что данное задымление не вызвало пожар. Мгновенно, пассажиры были выведены на станцию. На место прибыли пожарно-спасательные расчёты МЧС. Никто из пассажиров не пострадал. У экспертов пока две версии: первая – вышла из строя тормозная колодка, вторая – перегорел предохранитель. Вышедший из строя вагон – отправлен на ремонт в ДЕПО. Данная станция метро работает в штатном режиме.
Ижтимоий тармоқларда “Косманавтлар метро бекатида поезд вагони ёнгани айтилмоқда” сарлавҳаси остида тарқалган хабар юзасидан маълумот

Бугун, 23 декбарь куни соат 12:15 да Шайхонтохур тумани “Космонавтлар” метро бекати ичида ҳаракатланиб кетаётган 4 та вагондан иборат таркиб(состав)нинг 3-вагонида техник сабабларга кўра сақлагич (предохранитель) куйганлиги ёки тормоз колодкаси сиқиб қолганлиги тахмин қилинмоқда. Воқеа жойида ҳеч қандай ёнғин содир бўлмаган. Носоз вагон - таъмирлаш учун ДЕПОга юборилган.

Фуқаролар хавфсиз жойга эвакуация қилинган, ҳодиса оқибатида жабрланган ва ҳалок бўлганлар йўқ.

Воқеа жойига шаҳар ҳамда туман ФВБ раҳбар ходимлари ва 2 та ёнғин-қутқарув экипажлари жалб этилган.

Ҳозирда вазият оқибатлари бартараф этилган, метро одатий иш режимида ишламоқда.
Chilonzor tumanidagi xonadonda sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 23-dekabr kuni soat 16:37 da Toshkent shahar Chilonzor tumani “Xonto‘pi” MFY Diydor 5-tor ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risda tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 16:39 da yetib borib, yong‘in soat 17:22 da qurshab olingan va soat 17:33 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida xonadonning taxminan 250-300 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarn ing oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda muhofaza etilayotgan tabiiy hududlarda o‘tkazilgan tezkor profilaktik tadbir tafsilotlari

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FVV qutqaruvchilari Samarqand viloyati Urgut tumanidagi kiyim-kechak bozorida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etdilar

Bugun, 24-dekabr kuni soat 09:10 da “Mergancha” MFY hududida joylashgan “Urgut kiyim-kechak” bozorining 6 ta do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasidan 6 ta yong‘in o‘chirish ekipaji zudlik bilan yetib borgan. Yong‘in soat 09:27 da qurshab olinib, 10:14 da to‘liq bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida do‘konlarning 100 kv.m maydoni yonib zararlangan. FVV xodimlarining tezkor harakatlari natijasida voqea sodir bo‘lgan joydagi boshqa do‘konlarga yong‘in o‘tishining oldi olindi.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q.
—————-
Спасатели МЧС ликвидировали пожар, возникший на вещевом рынке в Ургутском районе Самарканда

Сегодня, 24-го декабря в 09:10 часов утра на вещевом рынке «Ургут кийим-кечак», что расположен в СГМ «Мерганча», воспламенились 6 вещевых магазинов. На место происшествия мгновенно прибыли 6 пожарно-спасательных экипажей регионального Управления МЧС. В 09:27 часов пожар был локализован, а в 10:14 полностью потушен. Общая площадь возгорания составила примерно 100 кв. м. Благодаря оперативным действиям сотрудников МЧС, от огня удалось сохранить другие вещевые магазины, которые были расположены вблизи очага возгорания. Инцидент обошёлся без жертв и пострадавших.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#Xavfsiz_bayram

Yangi yil archasini qanday bezatish kerak?

Yangi yil archasini uy sharoitida xona ichiga o‘rnatayotganda, uni bemalol ko‘chirish mumkunligiga va eshiklarni to‘sib qo‘ymasligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Archani tez yonuvchan o‘yinchoqlar bilan bezatish, uning pastki qismini paxta bilan qoplash, yog‘ochni yonuvchi shamlar bilan bezatish aslo mumkin emas.

Mazkur qoidalar tabiiy shu bilan birga plastikdan yasalgan (sun’iy) archalarga ham birdek tegishli hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, plastikdan yasalgan (sun’iy) archalar yonganda o‘zidan juda ham zararli moddalar chiqaradi. Yonib turgan plastmassa tomchisi inson terisiga tushsa, hatto cho‘g‘ bo‘lgan ko‘mirdan ko‘ra ko‘proq ziyon yetkazishi mumkin.

Bayramdan keyin archani iloji boricha tezroq yig‘ib olish kerak. Plastikdan yasalgan (sun’iy) archani keyingi bayramgacha xavfsizroq joyga olib qo‘yish, tabiiy archani esa uy ichidan olib chiqish maqsadga muvofiq. Sababi, qurigan daraxt tez yonib ketish xavfi bor.

Elektr tokida ishlovchi o‘yinchoqlar bilan foydalanganda (girlyandalar) albatta sinchiklab tekshirish kerak. Birinchi navbatda, ularning izolyasiyasiga e’tibor qaratish zarur. Shuningdek, bunday turdagi o‘yinchoqlar tegishli sertifikatga ega bo‘lgan ekanligiga ishonch hosil qilish lozim. Agar ularning yaroqlilik muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, u holda elektr tokida ishlovchi o‘yinchoqlar inson salomatligiga xavf tug‘diradi.

Ko‘pchilik yangi yil bayramiga mushaklar va boshqa pirotexnika vositalarini xarid qilishni istaydi. Ammo shuni yodda tutish lozimki, pirotexnika vositalaridan foydalanish nafaqat yong‘inni keltirib chiqaradi, balki og‘ir jarohatlarga ham sabab bo‘ladi.

Shuning uchun, yangi yil bayramida o‘zingiz va yaqinlaringizni, ayniqsa bolalarni turli ko‘ngilsiz hodisalardan asrash maqsadida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
HAYDOVCHILAR DIQQATIGA!

Uzgidromet bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning 26-27-dekabr kunlari A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 17-22 m gacha kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, yaxmalak hosil bo‘lishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini iltimos qilamiz.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan mutasaddi xizmatlar bilan hamkorlikda joylarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish va suyultirilgan gaz ballonlardan foydalanish tartiblariga amal qilish bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘rnatilgan tartibda bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amaliy yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 23-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani tog‘li “Oybek” MFY Oqzov qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.K FVVning 1050 qisqa raqamga murojaat qilib, 10 bosh echkisi tunda bo‘ri hujmidan himoyalanish maqsadida tog‘ning cho‘qqilariga yashiringanligi bois ularni tushirishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Shunga ko‘ra tuman FV bo‘limi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, dengiz sathidan taxminan 1,5 kilometr balandlikda bo‘lgan tog‘ qoyalaridan echkilarni olib tushgan va hech bir ziyon yetkazmasdan o‘z egasiga topshirgan.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Озарбайжон Президенти Илҳом Алиев билан телефон орқали мулоқот қилди.
Давлатимиз раҳбари Илҳом Алиевни 60 йиллик юбилейи билан самимий табриклаб, унга мустаҳкам соғлик, фаровонлик ва катта муваффақиятлар, биродар Озарбайжон халқига эса тинчлик-осойишталик ва равнақ тилади.
Етакчилар Ўзбекистон-Озарбайжон стратегик шериклик ва кўп қиррали ҳамкорлик муносабатлари кун тартибидаги долзарб масалаларни кўриб чиқдилар.

Состоялся телефонный разговор Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева с Президентом Азербайджана Ильхамом Алиевым.
Глава нашего государства сердечно поздравил Президента Ильхама Алиева с 60-летним юбилеем, искренне пожелав ему здоровья, благополучия и больших успехов, а также мира и процветания братскому азербайджанскому народу.
Лидеры рассмотрели актуальную повестку узбекско-азербайджанских отношений стратегического партнерства
и многопланового сотрудничества.

#Mirziyoyev #muloqot #Ozarbayjon #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qor, shamol, tuman: joriy yilning 26-27-dekabr kunlari "Qamchiq" dovonida ob-havoning yomonlashishi kutilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov tomonidan mutaxassislarning tavsiyalari berildi.
—————-
Снег, ветер, туман: 26 - 27 декабря на перевале Камчик ожидается ухудшение погоды. Рекомендации специалистов озвучил руководитель пресс-службы МЧС Мурад Садыков.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram