FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15K subscribers
23.3K photos
3.7K videos
10 files
9.4K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Quyichirchiq tumani markaziga eng uzoq hududlar - Surum, Sergeli, Xo'japiskan hamda Toshovul mahallalariga xizmat ko'rsatuvchi tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limiga qarashli 22-Kasbiylashtirilgan yong'in-qutqaruv qismi joriy yilda ta'mirlanib, shaxsiy tarkibga qulay shart-sharoyitlar yaratildi.
Yong'in-qutqaruv qismi 1979- yilda qurilgan bo'lib, tumanning 15 ta mahallasi, 42440 ta aholi hamda 49 ta ijtimoiy soha obyektlarida yong'in bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va sodir bo'lganda oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish hamda profilaktik tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Ushbu yong'in-qutqaruv qismining ochilish marosimiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati tashrif buyurib, qismda shaxsiy tarkibga yaratilgan sharoitlar kelgusida qutqaruvchilar faoliyatini yuqori darajada tashkil etishda asosiy omillardan bo'lishini ta'kidladi va xaloskorlarni qizg'in muborakbod etdi.
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
SIZ BUNI BILASIZMI?

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH: “OHANGARON TUMAN TAJRIBASI” AMALDA

Avval xabar berganimizdek, respublikamizda 15-noyabrdan
15-dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” deb e'lon qilingan. Ayni damda mazkur oylik doirasida respublikamizning barcha mahallalarida, korxona va tashkilotlarda, aholi yashash xonadonlarida profilaktik-targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Xususan, kuni kecha Toshkent viloyati Ohangaron tumanida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, yong‘in xavfsizligi, is gazidan zaharlanish, botulizm kasalligi hamda boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan tushuntirishlar olib borildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar Buxoro va Xorazm viloyatlari misolida

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi
Fuqaro muhofazasi instituti 2021-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar quyidagi pedagog lavozimlarga
TANLOV E’LON QILADI

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Hududiy Favqulodda vaziyalar boshqarmalari “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv markazlari 2021-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar quyidagi pedagog lavozimlarga
TANLOV E’LON QILADI

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryodagi toifalangan obyektlardan birida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

O‘quv mashqi g‘oyasiga ko‘ra, neft va gaz qazib olish korxonasi sexida yong‘in sodir bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan FVV yong‘in-qutqaruv otryadlari yong‘inni tezkor o‘chirish bilan bir vaqtning o‘zida hodisa oqibatlarini bartaraf etishga oid boshqa harakatlarni ham muvofiqlashtirdilar.
——————
В Кашкадарье на одном из категорированных объектах состоялись тактико-специальные учения

Согласно легенде учений, в цеху нефтегазодобывающего предприятия произошёл пожар. На место происшествия мгновенно прибыли пожарно-спасательные расчёты МЧС, которые оперативно приступили к тушению возгорания, параллельно координировав другие процессы, связанные с ликвидацией ЧС.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Президент Шавкат Мирзиёев қайта тикланувчи энергия манбаларини кўпайтириш ва соҳани ривожлантириш масалалари муҳокамаси юзасидан йиғилиш ўтказди.
2026 йилга қадар мамлакатимизда қуёш ва шамол электр станциялари умумий қувватини 8 минг мегаваттга етказилиши қайд этилди.
Истиқболдаги лойиҳаларни ўз вақтида ишга тушириш ва халқаро молия институтлари билан ҳамкорликда янги лойиҳалар ишлаб чиқиш бўйича топшириқлар берилди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам развития использования возобновляемых источников энергии.
Отмечалось, что к 2026 году общая мощность солнечных и ветряных электростанций в стране будет доведена до 8 тысяч мегаватт.
Даны поручения по своевременной реализации запланированных и разработке совместно с международными финансовыми инcтитутами новых проектов в данной сфере.

#Mirziyoyev #yigilish #iqtisodiyot #energetika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Samarqand viloyati Urgut tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot

Bugun, 22-noyabr kuni soat 14:13 da Samarqand viloyati Urgut tumani Do‘stlik MFYdagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 14:19 da yetib borib, yong‘in soat 15:38 da qurshab olingan va 15:55 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida taxminan 150 kv.m. maydonda uyning shifti va tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#АНОНС
Bugun, 23-noyabr kuni soat 14:00 da “O‘zbekiston 24” va “Uzreport” telekanallarida FVV Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi boshlig‘i O‘lmas Muzafarov ishtirokida jonli efirda brifing bo‘lib o‘tadi. Brifing davomida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma'lumotlar beriladi.
———————
Сегодня, 23 ноября в 14:00 на телеканалах "Узбекистан 24" и "Узрепорт" состоится прямая трансляция брифинга с участием начальника Главного управления организации государственного пожарного надзора МЧС Ульмаса Музафарова. В ходе брифинга зрителям будет представлена информация о проделанной работе в рамках "Месячника пожарной безопасности".

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV OGOHLANTIRADI!

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tayyorlangan animatsion videorolik orqali Siz is gazidan zaharlanishdan saqlanish bo‘yicha muhim tavsiyalarga ega bo‘lasiz!
Oʻzingiz va yaqinlaringiz xavfsizligiga eʼtiborsiz boʻlmang!
Xavfsizlik qoidalariga rioya qiling!

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FVV bosh boshqarma boshlig‘i O‘. Muzaffarov ishtirokida brifing

Unda 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar o‘tkazilayotgan "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar yuzasidan ma'lumot berildi

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram