FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
18.6K subscribers
24.4K photos
3.98K videos
10 files
9.84K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Amaliy maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Kuni kecha Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Termiz tumani hududida boshqaruv organlari hamda Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimi xizmatlari xamkorligida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat va yong‘inlar oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish va evakuatsiya qilish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Qutqaruvchilar Adiblar xiyobonida

FVV xaloskorlari ishtirokida poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida 21-oktabr -O'zbek tili bayramiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Unda vazir maslahatchisi B.Valiyev, vazirlik Axborot-resurs markazi rahbari M.Norboboyevalar ishtirok etib, bugungi kunda davlat tilini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish tadbirlari haqida ma'ruzalar qildilar.

Tadbirda o'zbek adabiy tilining asoschisi, so'z mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy bobomizning mahobatli haykali poyiga gul qoyilib, ulug' alloma xotirasiga chuqur hurmat-ehtirom ko'rsatildi.
Shundan so'ng Adiblar xiyoboni bo'ylab suhbat va she'riy mushoiralar davom ettirildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Harbiy qismda profilaktik tadbir

Tabiiy ofatlar, xavfli vaziyatlar va inson hayotiga xavf soluvchi turli omillardan aholini muhofaza qilish hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida Toshkent viloyati Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan hududda joylashgan harbiy qismlarning birida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida soha xodimlari ishtirokchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq hodisalarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda foydalaniladigan qutqaruv asbob-anjomlari bo‘yicha keng qamrovli tushuncha va tavsiyalar berdilar.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘quvchi yoshlar FVV Fuqaro muhofazasi institutida tayyorgarlikdan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininng 2019-yil 9-sentabrdagi “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 754-sonli qaroriga asosan, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash belgilangan. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni: keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda

Aholi va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlardan muhofaza qilish va kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy boshqarmalari hamda tarkibiy tuzilmalari xodimlari daxldor tashkilotlar hamkorligida hududlarda doimiy ravishda kunu tun profilaktik tadbirlarni uyushqoqlik bilan tashkil etmoqda. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram