FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.4K photos
3.75K videos
10 files
9.46K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni: Aholi xavfsizligi va xotirjamligi yo‘lida

Aholi va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlardan muhofaza qilish Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ana shu maqsadda FVV xodimlari daxldor tashkilotlar hamkorligida hududlarda doimiy ravishda kunu tun profilaktik tadbirlarni uyushqoqlik bilan tashkil etmoqda. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni: Qurilish ob'ektlarida proftlaktik tadbirlar Toshkent shahri misolida

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“Samarqand yo‘lida Fura yuk mashinasida yong‘in chiqdi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma'lumot

Kecha, 12-oktyabr kuni soat 23:38 da Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani “Olmazor” MFYdan o‘tgan M-39 yo‘lining 1048 km.da harakatlanayotgan “MAN” rusumli tirkamali yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 00:01 da yetib borib, yong‘in soat 00:05 da qurshab olingan va soat 01:12 da o‘chirilgan. Ma'lumot uchun, eng yaqin yong‘in o‘chirish qismdan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa taxminan 18 km. ni tashkil etadi.

Yong‘in natijasida yuk avtomashinasining tirkamasiga yuklangan taxminan 25 tonna polietilen rulonlar yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Surxondaryo viloyati FVB: “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusidagi tadbirlar davom etadi

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida o‘tkazilgan tadbirda vazir maslahatchisi Bahodir Valiyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi xodimi, taniqli shoira va adiba Sharofat Jalilova, boshqarma boshlig‘I o‘rinbosari mayor O‘rinboy Hakimov, harbiy xizmatchi va xizmatchilar ishtirok etdilar. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
13-oktyabr – “Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni”

Sana munosabati bilan kuni kecha Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida viloyat hududida faoliyat olib borayotgan Ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar ishtirokida Matbuot anjumani o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Dovonda ikki inson hayoti saqlab qolindi

Joriy yilning 12-oktyabr kuni soat 18:30 larda “Qamchiq” dovonining 240 km. da “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l tagidan suv o‘tkazuvchi inshootga tushib ketgan.

Zudlik bilan voqea joyiga “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari, Yo‘l-patrul xizmati va Tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelishgan.

Qutqaruvchilar tomonidan maxsus asbob-anjomlar yordamida avtomashinada bo‘lgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi chiqarib olinib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Shundan so‘ng maxsus avtokran yordamida suv o‘tkazuvchi inshootdan avtomashina chiqarib olindi. Bu vaqtda YPX xodimlari yo‘l harakati xavfsizligini ta'minladilar. Qutqaruvchilarning tezkorlik bilan amalga oshirgan harakatlari natijasida ikki inson hayoti saqlab qolindi.

Hozirda shifokorlar tomonidan yengil tan jarohati olgan ikkila fuqaroga ham uyga javob berilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan dovon orqali harakatlanganda barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 14-15 октябрь кунлари ЕОИИ ва МДҲнинг видеоалоқа шаклидаги саммитлари ишида иштирок этади.
Ўзбекистон етакчиси ўз нутқларида ЕОИИ билан амалий ҳамкорликнинг истиқболли йўналишларини белгилаб беради, МДҲни ривожлантиришнинг узоқ муддатли концепцияси мақсад ва вазифаларига эришиш бўйича қатор муҳим ташаббусларни илгари суради.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 14-15 октября примет участие в работе саммитов ЕАЭС и СНГ в формате видеоконференцсвязи.
Лидер Узбекистана в своих выступлениях обозначит перспективные направления практического взаимодействия с ЕАЭС, а также выдвинет ряд важных инициатив, направленных на достижение целей и задач долгосрочной Концепции развития СНГ.

#Mirziyoyev #sammit #YeOII #MDH

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter