FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15K subscribers
23.3K photos
3.71K videos
10 files
9.4K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Туркманистон Президенти Гурбангули Бердимуҳамедов давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёев ҳамроҳлигида Ислом Каримов номидаги илмий-маърифий ёдгорлик мажмуасига бориб, Биринчи Президентимиз ҳайкалига гул қўйди.
Бу марҳум йўлбошчимиз хотирасига ҳурмат, халқларимиз ўртасидаги меҳр-оқибат ифодаси бўлди.
Тошкент халқаро аэропортида Гурбангули Бердимуҳамедовни Президентимиз Шавкат Мирзиёев кузатиб қўйди.

Президент Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедов в сопровождении главы нашего государства Шавката Мирзиёева посетил Научно-просветительский комплекс имени Ислама Каримова и возложил цветы к подножию памятника Первому Президенту.
На этом официальный визит Президента Туркменистана в нашу страну завершился.
В международном аэропорту Ташкента Гурбангулы Бердымухамедова проводил Президент Шавкат Мирзиёев.

#Mirziyoyev #Turkmaniston #tashrif #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Dovon yo‘lida YTH

Bugun, 6-oktyabr kuni soat 6:20 larda “Qamchiq” dovonining 199 km.da “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan "Spark" rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilgan, uning ortidan kelayotgan, "Gentra" avtomobili "Spark" dan qochaman deb, shuningdek, yana "Cobalt" va "Gentra" rusumli avtoulovlar ham YTHga uchragan.

Zudlik bilan "Qamchiq" MQYoQB qutqaruvchilari, tez tibbiy yordam, Yo‘l patrul xizmati, "Qamchiqavtoyo‘l" Ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilar jarohat olgan fuqarolarni avtomoshinalar ichidan chiqarib olishgan.

"Spark" avtomobilining salonida haydovchi va 1 nafar yo‘lovchi bo‘lib, yo‘lovchi tan jarohati olgan, shuningdek, "Cobalt" avtoulovining haydovchisi o‘ng qo‘l sinishi tashhisi bilan Angren shahar Markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Hozirda shifokorlar ularning ahvoli yaxshilanganini bildirishdi. Qolgan avtoulovdagi yo‘lovchi va haydovchilar yengil tan jarohati olgani sabab ularga shu joyning o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Avtomobil haydovchilari noqulay ob-havo sharoitini inobatga olmay, tezlikni oshirib haydashi oqibatida ushbu yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan ob-havo sharoitini hisobga olib harakatlanishlarini, belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, tuman tushgan va muzlamali yo‘llarda oraliq masofani saqlab yurishlarini so‘rab qolamiz.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Mening boshqarmam jinoyatdan xoli hudud” g‘oyasi asosida “Poraxo‘rlik-eng yomon illat” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV kuz-qish mavsumida aholini xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga chaqiradi

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FAXRIYLAR HAMISHA E'ZOZDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Qaroriga asosan “Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilat” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Keksalar haftaligi” tadbirlari doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ko‘p yillar samarali mehnat qilib, bugungi kunda nafaqada, keksalik gashtini surayotgan faxriylar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
HAYDOVCHILAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, bugun 6-oktyabr kunning ikkinchi yarmida A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda, shuningdek vaqti-vaqti bilan tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +1,+4 daraja, kunduzi +4,+7 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan dovon yo‘lida harakatlanayotgan vaqtda barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram