FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.4K photos
3.75K videos
10 files
9.46K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Yong‘in-qutqaruvchilarning ruhiy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi

Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish, ayniqsa katta va o‘ziga xos yong‘inlarni o‘chirishda kutilmagan hodisalar va xavflarga ruhan, ham jismonan tayyor bo‘lish, muhim bilim va ko‘nikmalarni talab etadi.

Ayni maqsadda, Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Samarqand shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv qismlarining birida yong‘in vaqtida to‘g‘ri va aniq harakat qilish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda qutqaruvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda yana bir bor mustahkamladilar.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
"Paxta-2021" mavsumiga tayyorgarlik Andijon viloyatida

Mavsumni betalofat o'tkazish maqsadida Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan daxldor tashkilotlar bilan birgalikda viloyat hududida joylashgan barcha paxta qabul qilish punktlari va paxtani qayta ishlash korxonalarining yong'inga qarshi holati ko'rikdan o'tkazildi.

Unda asosan maskanlarda mavjud birlamchi yong'in o'chirish qalqonlari, yong'inga qarshi suv ta'minoti va boshqa holatlar ko'zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni joyida etish choralari ko'rildi. Shunigdek, ko'ngilli yong'in o'chirish drujinalari bilan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yong'inlarda tezkor va aniq harakat qilishlari bo'yicha maxsus-taktik o'quv mashg'ulotlari o'tkazilib, bilim va ko'nikmalari mustahkamlandi.

Bu kabi amaliy tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida davom ettirilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Mavsumga tayyorgarlik ishlari Toshkent viloyatida

Kuni kecha, “Paxta-2021” mavsumi doirasida Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida joylashgan paxtani qayta ishlash korxonasida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqi g‘oyasiga ko‘ra, amaliy harakatlar korxona hududida shartli ravishda sodir etilgan yong‘inni bartaraf etish, yong‘in oqibatida jabrlangan insonlarni xavfsiz joylarga evakuasiya qilish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlaridan iborat bo‘ldi.

Bundan tashqari, korxona ishchi-xizmatchilari hamda kombayn operatorlariga mavsum davomida ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish yuzsidan zarur tavsiyalar berildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
4 metrli quduqqa tushib ketgan sigir chiqarib olindi

Joriy yilning 11 sentyabr kuni soat 01:00da Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining “1050” qisqa raqami orqali Shahrisabz tumani “Pillakashlik” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaroning sigiri hovlisida qazilgan chuqurligi 4 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketganligi hamda uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan, tuman yong‘in-qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib bordi. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida sigir quduqdan chiqarib olindi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Президент хирургия хизматини трансформация қилишга оид тақдимот билан танишди.
Туманлараро марказларда қилинадиган жарроҳлик амалиётлари турини 79 тага, вилоят даражасида 168 тагача етказиш мумкинлиги таъкидланди.
Республика хирургия илмий-амалий тиббиёт марказини трансплантологияга йўналтириб, иммуногенетик лаборатория ва симуляцион марказ ташкил этиш, мутахассислар тайёрлаш бўйича кўрсатмалар берилди.

Президент ознакомился с презентацией о трансформации хирургической службы.
Указано на возможность увеличения видов хирургических операций в межрайонных центрах до 79, на областном уровне - до 168.
Даны указания по ориентации деятельности Республиканского центра хирургии на трансплантологию, организации иммуногенетической лаборатории и симуляционного центра, подготовке специалистов

#Mirziyoyev #taqdimot #tibbiyot #xirurgiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter