FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.4K photos
3.76K videos
10 files
9.47K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida olib borilayotgan profilaktika tadbirlar xususida

Surxondaryo va Navoiy viloyatlari
FVB xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish borasida kunu tun kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Unda soha xodimlari ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlar, aholi yashash xonadonlari, bozorlar, savdo majmualari, qurilish obyektlari hamda tunda insonlar qoladigan maskanlarda o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari olib borilib, aniqlangan kamchiliklar tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan bartaraf etilmoqda va fuqarolarga zarur tushuncha va tavsiyalar berilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
#xalqaro_hamkorlik

Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i polkovnik S.T.Zuparov Janubiy Koreya yong‘in xavfsizligi instituti mutaxassislaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi


Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Janubiy Koreya yong‘in xavfsizligi instituti mutaxassislaridan iborat delegatsiya tashrif buyurib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari hamda Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot institutining mutaxassislari bilan sinov va tadqiqot bazasini rivojlantirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/25507

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
⚡️Is gazidan saqlanish uchun nima qilish kerak?

👆Yuqoridagi infografika orqali barchsini bilib olishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar:

sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi toʻgʻrisida habar eshitgandan soʻng darxol xavfsiz joyga koʻchish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha boʻlishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;

sel oqimidan xalos boʻlishning iloji boʻlmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin;

sel oqimi oʻtgandan soʻng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv taʼminotining sozligini tekshirish zarur.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
FVV Akademiyasida Abdulla Avloniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Kuni kecha, FVV Akademiyasida XIX asr oxiri XX asr boshidagi o‘zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/25542

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Халқ билан бирга: Президент сайловда овоз берди ва фуқароларга юртимиз тақдири ва келажагига дахлдорлик учун миннатдорлик билдирди

Вместе с народом: Президент проголосовал на выборах и поблагодарил граждан за сопричастность к судьбе и будущему страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔰Pech yordamida isitishga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablarini bilasizmi

🔷Qonunchilikka ko‘ra, odamlar ommaviy bo‘ladigan obyektlarda, shuningdek, sutka davomida bolalar bo‘ladigan muassasalarning yotoqxonalarida isitish pechlarini o‘rnatish taqiqlanadi

🔷Suyuq va qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan dudburon va pechlarni, isitish mavsumi boshlanishidan oldin hamda isitish mavsumi davomida qurumdan tozalash lozim, ushbu ishlar kamida:
🔴isitish pechlari uch oyda bir marta;
🔴doimiy (uzluksiz) ishlatiladigan pech va o‘choqlar ikki oyda bir marta;
🔴 oshxona plitalari va boshqa uzluksiz (uzoq muddat) yoqiladigan pechlar oyiga bir marta o‘tkaziladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X