FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.6K photos
3.8K videos
10 files
9.55K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
25-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

Sana munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi soha xodimlarini samimiy muborakbod etadi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshevning “25-oktabr– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan soha xodimlariga bayram tabrigi

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Samarqand viloyatida o‘tkazilgan “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi”ning viloyat bosqichi, Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahar FVB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘quv mashqi tafsilotlari "O‘zbekiston 24" dasturlarida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
🔰Yarmarkalar, bozorlar va ko‘rgazmalarga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablarini bilasizmi

🔷Qonunchilikka ko‘ra, ochiq maydonlarda yoki binolarda (inshootlarda) belgilangan tartibda tashkil etilgan kiyim bozorlarida tashkilot rahbari quyidagi yong‘in xavfsizligi talablari bajarilishini ta'minlaydi:
🔸 evakuatsiya yo‘llariga olib boruvchi yo‘laklar va o‘tish joylaridagi savdo rastalarning o‘tish qatorlarining kengligi 2 m dan kam bo‘lmasligini;
🔸 savdo qatorlarining har 30 m dan so‘ng kengligi kamida 1,4 m bo‘lgan ko‘ndalang yo‘laklar bo‘lishini.
🔷Yarmarkalar va bozorlarda yong‘in sodir bo‘lganda odamlarni va moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish, binolarni va hududni tark etish rejalari (sxemasi) hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning majburiyatlari ishlab chiqilishi lozim.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida olib borilayotgan profilaktika tadbirlar xususida

Surxondaryo va Navoiy viloyatlari
FVB xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish borasida kunu tun kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Unda soha xodimlari ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlar, aholi yashash xonadonlari, bozorlar, savdo majmualari, qurilish obyektlari hamda tunda insonlar qoladigan maskanlarda o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari olib borilib, aniqlangan kamchiliklar tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan bartaraf etilmoqda va fuqarolarga zarur tushuncha va tavsiyalar berilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
#xalqaro_hamkorlik

Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i polkovnik S.T.Zuparov Janubiy Koreya yong‘in xavfsizligi instituti mutaxassislaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi


Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Janubiy Koreya yong‘in xavfsizligi instituti mutaxassislaridan iborat delegatsiya tashrif buyurib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari hamda Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot institutining mutaxassislari bilan sinov va tadqiqot bazasini rivojlantirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/25507

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
⚡️Is gazidan saqlanish uchun nima qilish kerak?

👆Yuqoridagi infografika orqali barchsini bilib olishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar:

sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi toʻgʻrisida habar eshitgandan soʻng darxol xavfsiz joyga koʻchish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha boʻlishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;

sel oqimidan xalos boʻlishning iloji boʻlmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin;

sel oqimi oʻtgandan soʻng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv taʼminotining sozligini tekshirish zarur.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
FVV Akademiyasida Abdulla Avloniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Kuni kecha, FVV Akademiyasida XIX asr oxiri XX asr boshidagi o‘zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/25542

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X