FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
35.1K subscribers
27.4K photos
4.92K videos
10 files
11.2K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev Samarqand shahrida chaqnash sodir bo‘lgan joygaga yetib bordi

Eslatib o‘tamiz,  9-sentyabr kuni soat taxminan 17:30 larda Samarqand shahri Beruniy ko‘chasida joylashgan 86-uyning 3-qavatidagi xonadonlarning birida  chaqnash sodir bo‘lgan, voqea natijasida bino konstruksiyalariga qisman shikast yetgan.

Birlamchi maʼlumotda voqea natijasida 2 nafar fuqarolar yengil tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga joylashtirilganligi bildirilgan edi, ikkala jabrlangan fuqarolarga zaruriy tibbiy hamda psixologik yordam ko‘rsatilgan.

Аyni vaqtda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va tegishli idoralar tomonidan chaqnash oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan nazoratga olingan.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Favqulodda vaziyatlar vazirligining respublika aholisi hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga

M U R O J A A T N O M A S I

Aziz fuqarolar! Tabiiyki, havo haroratining pasayib, kunlar sovishi natijasida elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishda e'tiborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatish natijasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarga tushmaslik uchun uy-joy sektorlari, ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlaridagi gaz, elektr va boshqa yoqilg‘ida ishlovchi isitish moslamalarini ishlatishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur.

📌Batafsil: https://fvv.uz/uz_lat/item/88

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyati FVB xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va betalofat o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar tafsiloti.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
“Milliy armiyamiz - Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir”

Qutqaruvchilik kasbini tanlashga ishtiyoqi baland yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish va qutqaruv ishlarini tashkil etish ko‘nikmasini shakllantirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Jizzax viloyati FVB va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tashabbusi hamda Harbiy prokuratura, Milliy gvardiya, Jizzax Garnizonidagi harbiy qismlar hamkorligida Jizzax shahridagi otaliqqa olingan va o‘quvchi yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi hamda vatanparvarlik festivali o'tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Farg’onada sportning "Qo‘l jangi" va “Milliy kurash” turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Farg’ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning quyi tizimi shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning "Qo‘l jangi" va “Milliy kurash” turlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

G‘olib va sovrindor ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan medal, faxriy yorliq va esdalik sovg’alar topshirildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Toshkent viloyati Zangiota tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumot

Bugun 10 sentabr kuni soat 14:15da Zangiota tumani, “Erkin” MFYda joylashgan bo‘yoq (kraska) ishlab chiqarish sexi binosida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent viloyati FVBga xabar kelib tushgan.

Yong‘in o‘chirish ekipajlari tezkorlik bilan yetib borishgan, ayni vaqtda yong‘inni o‘chirish ishlari bajarilmoqda.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.

Voqea joyiga vazirlik rahbariyati hamda ma’sul tashkilotlarning vakillari chiqqan.
#Kun_tavsiyasi

⚡️Bir vaqtning o‘zida bir nechta elektr jihozlarini bir manbaga ulamang!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
Toshkent viloyati Zangiota tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumot Bugun 10 sentabr kuni soat 14:15da Zangiota tumani, “Erkin” MFYda joylashgan bo‘yoq (kraska) ishlab chiqarish sexi binosida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent…
Toshkent viloyati Zangiota tumanida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Avval xabar berganimizdek, bugun  10-sentabr kuni soat 14:15 da Zangiota tumani, “Erkin” MFYda joylashgan bo‘yoq (kraska) ishlab chiqarish sexi binosida yong‘in sodir bo‘ldi.

Yong‘in o‘chirish ekipajlari tomonidan yong‘in soat  17:00 da   qurshab olinib, soat 18:56 da batamom o‘chirildi.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.

Yong‘inni bartaraf etish jarayoni Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev nazoratida amalga oshirildi.
Ayni vaqtda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Hurmatli fuqarolar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi sizlardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X