FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
18.7K subscribers
24.4K photos
3.98K videos
10 files
9.84K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
⚡️Is gazidan saqlanish uchun nima qilish kerak?

👆Yuqoridagi infografika orqali barchsini bilib olishingiz mumkin.

Boshqa
yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati FVB xodimlari tomonidan yoshlar muammolarini hal etish, ular bilan tizimli ishlash borasida olib borilayotgan tadbirlar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#online

⚡️"Qamchiq" dovonidagi vaziyat

🔰Ayni vaqtda "Qamchiq" dovonining yuqori nuqtalarida qor yog‘moqda. FVV, YPX va "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK xodimlari hamkorligida yo‘lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, FVV qutqaruvchilari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, yo‘lda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalariga yordam ko‘rsatilmoqda. Dovonda ikki tomonlama avtomobillarning harakati davom etmoqda.

💢Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Yoshlarga sertifikatlar topshirildi

Qoraqalpog'iston Respublikasi FVB “Hayot xavfsizligi o‘quv markazi”da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan Nukus shahri 2-sektor hududida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida o‘quv kursi tashkil etildi. O‘quv kursiga jami 19 nafar yoshlar qatnashib, ular yong'in va favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakat qilish, is-gazidan zaharlanishning oldini olish, hayot xavfsizligi faoliyati hamda birinchi tibbiy yordamni ko'rsatish borasida bilim va malakalarini oshirdi. O‘quv kursi yakunida yoshlarga "Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi targ'ibotchisi" nomli sertifikatlar topshirildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV OGOHLANTIRADI‼️
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI
⚠️
- - - - - - - - - - - - - -
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ‼️
УГАРНЫЙ ГАЗ ОПАСЕН ДЛЯ ЖИЗНИ
⚠️

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Yoshlarga e'tibor - kelajakka e'tibor!

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning yuksak ma’nviyatli bo‘lib shakllanishlarida ko‘maklashish, shuningdek harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida, Bog‘ot tumanidagi mahallalarda bo‘lib, otaliqqa olingan yoshlar bilan yakka tartibda suhbatlar hamda “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlar o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlar

O'tgan xafta davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar.
-----------
#цифры

Профилактические мероприятия, проведённые Министерством по чрезвычайным ситуациям в течение минувшей недели.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Nurafshon va Chirchiq shaharlari "Hayot faoliyati xavfsizligi" o‘quv markazlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar uchun 5 kunlik "Favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha targ‘ibotchilarni tayyorlash" o‘quv-kurslari tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Chang‘i yoki snoubordda uchish qoidalari
1. Chang‘i yoki snoubord uchuvchisi atrofdagilarni xavfga solmagan holda harakat qilishi kerak.
2. Uchishni o‘rganayotganlar tog‘ chang‘ilari yoki snoubordda uchish qoidalarini diqqat bilan o‘rganib chiqishlari kerak. Uchishni instruktor (tajribaga ega uchuvchi) bilan boshlash tavsiya etiladi.
3. Chang‘i va snoubordda uchish moslamasi soz holda bo‘lishi kerak.
4. Trassada doim masofani saqlash kerak. To‘qnashuv sodir bo‘lganda teparoqda ketayotgan shaxs aybdor hisoblanadi.
5. Chang‘i yoki snoubord uchuvchisi yo‘l belgilariga (yo‘nalishni ko‘rsatuvchi, xavfdan ogohlantiruvchi yoki trassa yopiqligini belgilovchi) rioya qilishi kerak.
6. Trassaga mast holda chiqish taqiqlanadi.
7. Pastga tushishning asosiy yo‘nalishida to‘xtash mumkin emas.
8. Tepaga ko‘tarilish yo‘nalishi bo‘ylab pastga tushish taqiqlanadi.
9. Yo‘lni tozalovchi maxsus texnika ishlayotgan hududda uchib yurish taqiqlanadi.
10. Yiqilganda iloji boricha tez trassani bo‘shatish yoki biron belgi berish kerak.
11. Shikastlanganda, yonida uchayotganlardan birini chaqirib, instruktor yoki qutqaruvchiga xabar berish kerak.
12. Baxtsiz hodisa yuzaga kelganda, jabrlanuvchiga yordam berish har bir chang‘i yoki snoubord uchuvchisining majburiyatidir.
13. Chang‘i yoki snoubordda uchish xavfli sport turiga kirganligi sababli uchayotganda tana qismlarini himoyalash uchun maxsus elementlar va shlemdan (kaska) foydalanish kerak.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahar Mirabod tumani FV boʻlimi xodimlari tomonidan tegishli tashilotlar bilan hamkorlikda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, aholini favqulodda vaziyatlar va ular sodir boʻlganda toʻgʻri harakat qilishga oʻrgatish maqsadida "Ochiq eshiklar" kuni oʻtkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Favqulodda vaziyatlar vazirligining respublika aholisi hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga

M U R O J A A T N O M A S I

Aziz fuqarolar! Tabiiyki, havo haroratining pasayib, kunlar sovishi natijasida elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishga ehtiyoj ortadi. Ulardan foydalanishda e'tiborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatish natijasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin.
Bunday holatlarga tushmaslik uchun uy-joy sektorlari, ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlaridagi gaz, elektr va boshqa yoqilg‘ida ishlovchi isitish moslamalarini soz hamda shay holatga keltirish choralarini mavsum boshlanishidan avval amalga oshirish zarur. Batafsil...

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
🔰Yoshlarga sertifikatlar topshirildi

Samarqand viloyati FVB tomonidan otaliqqa olingan Samarqand shahar, Jomboy Pastdarg‘om va Samarqand tumanlarida 2-sektor hududida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida o‘quv kursi tashkil etildi. Ushbu o‘quv kursi yakunida jami 18 nafar yoshlarga Boshqarma boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi raisi tomonidan "Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi targ'ibotchisi" nomli sertifikatlar, kitoblar to‘plami va ''Yoshlar ittifoqi'' ko‘krak bilgisi tantanali ravishda topshirildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter