FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
18.7K subscribers
24.4K photos
3.99K videos
10 files
9.85K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Korxona, tashkilot va muassasalarda yong‘in xavfsizligini ta'minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ESLATMA

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Pech yordamida isitishga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari bilasizmi
🔰Qonunchilikka ko‘ra, isitish pechlaridan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:

🔹yoqilgan pechlarni nazoratsiz qoldirish hamda ularni nazorat qilishni yosh bolalarga topshirish;
🔹pechlar atrofida va ularning eshiklari (tuynuklari) oldidagi tunuka qoplamasida yoqilg‘i va boshqa yonuvchi moddalar va materiallarni joylashtirish;
🔹pech va tandirlarni yoqish uchun yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan (benzin, kerosin, dizel yonilg‘isi va boshqalar) foydalanish;
🔹ushbu turdagi yoqilg‘ilarga mo‘ljallanmagan pechlarni ko‘mir, koks va gaz yoqilg‘ilari bilan yoqish;
🔹xonalarda majlis yoki boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi davrida pechlarni yoqish;
🔹ventilyatsiya (shamollatish) va gaz kanallaridan dudburon sifatida foydalanish;
🔹pechlarni haddan ziyod qizdirib yuborish;
🔹pechlar va boshqa isitish moslamalarini yonuvchan konstruksiyalardan yong‘inga qarshi bo‘linmasiz (ajratmasiz), yonmaydigan materialdan tayyorlangan o‘lchami 0,5×0,7 m dan kam bo‘lmagan o‘choqning oldiga qo‘yiladigan panellarsiz (yog‘ochdan tayyorlangan va boshqa yonuvchan materiallardan tayyorlagan pollarda), shuningdek, bo‘linma (ajratma) va o‘choq oldi panellarida kuyishlar va shikastlanishlar (yoriqlar) bo‘lganda ishlatish;
🔹pechlarni yoqish uchun uzunligi o‘choq kattaligidan kattaroq o‘tindan foydalanish;
🔹pechlarni eshigi ochilgan holda yoqish.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
FVV “Men donorman” shiori ostidagi xayriya tadbirlarida faol ishtirok etmoqda

Respublikamizning barcha hududlarida “Bor mehrimiz senga, bolajon!” xayriya qon topshirish aksiyasi o‘tkazilmoqda. Ushbu ezgu va xayrli tadbirlarda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etib, ko‘ngillilar qatorida onkologik va oq qon kasalligiga chalingan bolajonlar uchun qon topshirdilar. Joylarda ushbu ezgu tashabbuslar davom ettirilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy viloyati FVB xodimlari tomonidan Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Navoiy fillialida "Ovqatdan ommaviy zaharlanish - botulizm kasalligini oldini olishda FVDT tegishli xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida oʻquv amaliy seminari tashkil etilidi. Unda mas'ul xodimlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlaridan ommaviy zaharlanishda va favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida tushunchalar berildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tadbirlar

Kecha, 1-dekabr kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Farg'ona viloyati FVBda, viloyatda faoliyat yuritayotgan jurnalist va blogerlar hamda korxona tashkilot axborot xizmatlarini jalb qilgan holda matbuot anjumani va ochiq eshiklar kuni o'tkazildi. Mazkur tadbirda soha faoliyati ko‘lami, undagi korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, shuningdek, faoliyatining ochiqligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida OAV vakillariga ma’lumotlar berildi. Tadbirda jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan atroflicha javoblar oldilar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FVV_yangi_texnologiyalar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanilmoqda. E'tiboringizga Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong'in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot institutining mobil yong'in-texnik laboratoriyasini taqdim etamiz. Bunday eng zamonaviy avtomobillar bugungi kunda O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida faoliyat olib bormoqda.
———————
#МЧС_новейшие_технологии

Министерство по чрезвычайным ситуациям применяет самые современные технологии в деле предупреждения и ликвидации последствий ЧС. Представляем вашему вниманию передвижную мобильную пожарно-техническую лабораторию, которая состоит на службе в НИИ проблем чрезвычайных ситуаций и пожарной безопасности. Такие супер современные автомобили сегодня функционируют во многих регионах Узбекистана.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlar

O'tgan hafta davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar.
-----------
#цифры

Профилактические мероприятия, проведённые Министерством по чрезвычайным ситуациям в течение минувшей недели.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
⚡️FVV ogohlikka chaqiradi❗️

🔰Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, kelgusi hafta O‘zbekiston hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelishi mumkin. Albatta, havo haroratining keskin o‘zgarishi, kunlarning sovishi issiqlik ta'minoti - isitish jihozlariga bo‘lgan ehtiyojimizni oshiradi. Zero, isitish manbalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida is gazi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalar, eng achinarlisi, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelib, insonlar qurbon bo‘lishi mumkin. Batafsil...

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter