FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.4K photos
3.76K videos
10 files
9.47K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Surxondaryo viloyatida tog‘da yo‘qolib qolgan ikki nafar fuqaroga yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 4 mart taxminan 8.00da Uzun tumani “Yangiobod” mahallasida istiqomat qiluvchi aka-ukalar “Yangi obod” mahallasida joylashgan Bobotog‘ tog‘ tizmasiga 2 bosh yirik shohli mollarini qidirib chiqib, qaytib kelmagan. Holat bo‘yicha Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv otryadining 1 ta maxsus texnika va 7 nafar qutqaruvchilari, shuningdek, Uzun tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi 20- Yong‘in-qutqaruv qismining 19 nafar qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib boradi.Qutqaruvchlarning olib borgan say-harakatlari natijasida 6 mart kuni soat 12.00 larda yo‘qolgan fuqarolar sog‘lom holatda topildi va oila a'zolariga yetkazildi.
Toshkent viloyati, Parkent tumani, “Parkent dehqon bozori” MChJ hududida joylashgan do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 8 mart kuni soat 00:25 da Toshkent viloyati Parkent tumani, A.Navoiy ko‘chasida joylashgan “Parkent dehqon bozori” MChJ hududida joylashgan bozorning oldi qatoridagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar (yong‘in to‘g‘risida xabar kechiktirib berilgan) kelib tushgan.
Yong‘inni bartaraf etishga 11 ta asosiy yong‘in o‘chirish avtomobillari va 10 dan ortiq yordamchi texnikalar jalb qilindi, soat 02:25 da yong‘inni tarqalishi oldi olindi va soat 03:50 da batamom o‘chirildi.
Yong‘indan 3000 kv.m. maydon saqlab qolindi.
Yong‘in natijasida halok bo‘lganlar va tan jarohati olgan shaxslar mavjud emas. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hurmatli fuqarolar yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Фавқулодда вазиятлар вазирлигида ёшлар мурожаатлари билан ишлаш бўйича қўнғироқларни қабул қилиш маркази фаолият бошлади
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
При Министерстве по чрезвычайным ситуациям с 10 марта начал работу Call - центр по рассмотрению обращений молодёжи
Тошкент шаҳар Яшнобод туманида содир бўлган ёнғин бўйича бирламчи маълумот

Жорий йилнинг 11 март куни соат 13:07да Тошкент шаҳар Яшнобод тумани, Оҳангарон кўчаси “Мебель-конфурмус” МЧЖ ҳудудидаги “Велвут” МЧЖга қарашли 4 қаватли мебель ишлаб чиқариш биносида ёнғин содир бўлган. Бунинг оқибатида, тахминан 250 кв.м. майдон ёнган.
Мазкур ҳодисани бартараф этиш мақсадида, Тошкент шаҳар фавқулодда вазиятлар бошқармасининг 6 та Ёнғин ўчириш экипажи жалб этилган. Ёнғин-қутқарув гуруҳлари соат 13:11 да воқеа жойига етиб борган. Қутқарувчиларнинг олиб борган тезкор ҳаракатлари натижасида соат 13:57да аланга тўлиқ ўчирилган. Мазкур вазиятда жабрланган ва ҳалок бўлган инсонлар аниқланмаган.
Айни дамда ёнғин сабаби ва зарари аниқланмоқда.