FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
18.4K subscribers
24.3K photos
3.97K videos
10 files
9.83K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
#ДИҚҚАТ
Ўзбекистон Республикаси Ҳарбий прокуратураси кенг жамоатчилик учун ҳафта давомида 24 соат узлуксиз ишловчи янги «Ишонч телефони»ларини эълон қилади.


Республика Ҳарбий прокуратураси ҳамда ҳудудий ҳарбий прокуратураларга мурожаат қилиш ёки бирор муаммо ҳақида хабар бериш учун унинг жойлашган манзилига бориш, қабулга ёзилиш шарт эмас! Бунинг учун уларда Ишонч телефонлари ташкил қилинган.

Қуйидаги ишонч телефонлари рўйхати билан танишишингиз мумкин:

Ўзбекистон Республикаси Ҳарбий прокуратураси: (77) 040-1007

Тошкент ҳарбий прокуратураси: 
(95) 747-1007
Чирчиқ ҳарбий прокуратураси: 
(95) 737-1007
Фарғона ҳарбий прокуратураси:
(99) 715-1007
Андижон ҳарбий прокуратураси:
(99) 086-1007
Наманган ҳарбий прокуратураси:
(99) 958-1007
Гулистон ҳарбий прокуратураси: 
(99) 164-1007
Жиззах ҳарбий прокуратураси: 
(99) 373-1007
Самарқанд ҳарбий прокуратураси: 
(99) 897-1007
Қарши ҳарбий прокуратураси:
(99) 418-1007
Термиз ҳарбий прокуратураси: 
(99) 830-1007
Навоий ҳарбий прокуратураси: 
(99) 308-1007
Бухоро ҳарбий прокуратураси: 
(99) 031-1007
Урганч ҳарбий прокуратураси: 
(99) 196-1007
Нукус ҳарбий прокуратураси: 
(99) 971-1007

Фуқароларни ҳарбий хизматга чақирилиши, ишга, хизматга қабул қилишда, кадрлар билан ишлашда ва хизмат фаолиятида масъуллар томонидан коррупция, таъмагирлик ва бошқа қонун бузилиши ҳолатларидан хабардор бўлган тақдирда, зудлик билан юқоридаги «Ишонч телефон»лари орқали мурожаат қилиниши сўралади.

#Изоҳ: Ишонч телефонлари кун давомида мунтазам фаолият юритади.


YouTube | Telegram l Facebook
Jizzax viloyat hokimligi majlislar zalida viloyatda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2022-yildagi asosiy tadbirlar rejasining bajarilishi hamda 2023-yildagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘z ma’ruzasida 2022-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Toshqin, sel, qor ko‘chkilari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi yig‘ilish bayonlari talablarini bajarilishi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda 2023-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.


Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Nukus shahar “Temir jol” MFYda sodir boʼlgan chaqnash to'gʼrisida birlamchi maʼlumot

Bugun, 29-yanvar kuni soat 16:15 larda Nukus shahri “Temir jol” MFYda joylashgan 4 qavatli uyda dastlabki ma'lumotlarga asosan havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir boʼlgan.
Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari hamda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Chaqnash oqibatida 2 nafar fuqaro kuyish tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga joylashtirilgan.
Voqea yuzasidan qo'shimcha maʼlumot taqdim etiladi.
Nukus shahrida yuzaga kelgan havo-gaz aralashmasining chaqnashi to'g'risida qoʼshimcha maʼlumot

Аvval xabar berganimizdek, bugun  soat 16:15 larda Nukus shahri “Temir jol” MFYdagi 4 qavatli uyning to'rtinchi qavatida joylashgan xonadonlarning birida havo – gaz aralashmasining chaqnash sodir boʼlgan, voqea natijasida bino konstruksiyalariga qisman shikast yetgan.
Birlamchi maʼlumotda voqea natijasida 2 nafar fuqarolar yengil tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga joylashtirilganligi bildirilgan edi, ikkala jabrlangan fuqarolar zaruriy tibbiy hamda psixologik yordamni olishgan va ayni vaqtda ular shifoxonadan chiqarilgan. Аyni vaqtda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va tegishli idoralar tomonidan binoning qulagan konstruktsiyalarini tozalash ishlari olib borilmoqda.
Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan nazoratga olingan.
Hodisa yuzasidan qoʼshimcha maʼlumot taqdim etiladi.
FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
Photo
Nukus shahrida sodir bo'lgan havo-gaz aralashmasining chaqnashi yuzasidan qo'shimcha maʼlumot


Xabar berganimizdek, kecha 29-yanvar kuni soat 16:15 larda Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahri “Temir jol” MFYdagi 4 qavatli uyning to'rtinchi qavatida joylashgan xonadonlarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo'lgan. Yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida bino konstruksiyalariga qisman shikast yetgan.
Zudlik bilan voqea joyiga  FVV qutqaruvchilari va tegishli idoralar xodimlari yetib borib, qidiruv-qutqaruv va binoning qulagan konstruksiyalarini tozalash ishlarini amalga oshirmoqda. Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida vayronalar ostida qolib ketgan 5 yoshli qizaloq  turli darajadagi jaroxatlar bilan  qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olinib, malakali tibbiy yordam ko'rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.
Voqea yuzasidan qo'shimcha maʼlumot taqdim etiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nukus shahrida yuzaga kelgan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish jarayonida 5 yoshli Tirnakova Elviraning bino konstruksiyalari orasidan qutqarib olinish jarayoni.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Nukus shahrida sodir bo'lgan havo-gaz aralashmasining chaqnashi yuzasidan qo'shimcha maʼlumot

Bino konstruksiyalari orasidan qidiruv-qutqaruv ishlari olib borish jarayonida bir nafar fuqaroning jasadi topildi.
Ayni vaqtda binoning konstruksiyalarini tozalash ishlari davom etdirilmoqda.
Voqea yuzasidan qo'shimcha maʼlumot taqdim etiladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Gazdan foydalanish qoidalarini bilish va ularga qat’iy rioya qilish zarur!

Gaz chiqib turishining sabablari:
• Gorelkadagi alangani nazoratsiz qoldirish oqibatida uning ustiga suyuqlik tushishi va shamol ta’sirida o’chib qolishi;
• Gaz quvurlariga arqon bog’lash va unga kir yoyish;
• Ishlab turgan gaz asboblarini qarovsiz qoldirish;
• Gaz plitasini isitish uchun ishlatish.
Gaz hidini sezib qolganda:
• Gugurt yoqmang;
• Tezda gazni o’chiring, derazalarni oching;
• Gaz keladigan jo’mrakni o’chirib qo’ying;
• Yorituvchi hamda boshqa elektr asboblarini yoqmang yoki yoniq bo‘lsa o’chirmang;
• Gazlangan xonadondan chiqib ketig va 104, raqamiga qo’ng’iroq qilib, avariya xizmati xodimlarini chaqirig;
Eslatma
• Gazni yoqishdan oldin gorelkaga gugurt tutib, shundan keyingina gazni oching.

Siz bu qoidalarga amal qilish bilan o‘zingiz va yaqinlaringizni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalardan asragan bo‘lasiz!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram