FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.4K photos
3.75K videos
10 files
9.46K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Chang‘i yoki snoubordda uchish qoidalari
1. Chang‘i yoki snoubord uchuvchisi atrofdagilarni xavfga solmagan holda harakat qilishi kerak.
2. Uchishni o‘rganayotganlar tog‘ chang‘ilari yoki snoubordda uchish qoidalarini diqqat bilan o‘rganib chiqishlari kerak. Uchishni instruktor (tajribaga ega uchuvchi) bilan boshlash tavsiya etiladi.
3. Chang‘i va snoubordda uchish moslamasi soz holda bo‘lishi kerak.
4. Trassada doim masofani saqlash kerak. To‘qnashuv sodir bo‘lganda teparoqda ketayotgan shaxs aybdor hisoblanadi.
5. Chang‘i yoki snoubord uchuvchisi yo‘l belgilariga (yo‘nalishni ko‘rsatuvchi, xavfdan ogohlantiruvchi yoki trassa yopiqligini belgilovchi) rioya qilishi kerak.
6. Trassaga mast holda chiqish taqiqlanadi.
7. Pastga tushishning asosiy yo‘nalishida to‘xtash mumkin emas.
8. Tepaga ko‘tarilish yo‘nalishi bo‘ylab pastga tushish taqiqlanadi.
9. Yo‘lni tozalovchi maxsus texnika ishlayotgan hududda uchib yurish taqiqlanadi.
10. Yiqilganda iloji boricha tez trassani bo‘shatish yoki biron belgi berish kerak.
11. Shikastlanganda, yonida uchayotganlardan birini chaqirib, instruktor yoki qutqaruvchiga xabar berish kerak.
12. Baxtsiz hodisa yuzaga kelganda, jabrlanuvchiga yordam berish har bir chang‘i yoki snoubord uchuvchisining majburiyatidir.
13. Chang‘i yoki snoubordda uchish xavfli sport turiga kirganligi sababli uchayotganda tana qismlarini himoyalash uchun maxsus elementlar va shlemdan (kaska) foydalanish kerak.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV "Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan 9-yanvar kuni soat 09:00 dan 11-yanvar kuni soat 10:00 ga qadar "Qamchiq" dovonida yuzaga kelgan noqulay ob-havo sharoitida 58 ta yengil va 12 ta yuk avtomobillari haydovchilari va ularning avtotransport vositalariga, shuningdek, dovon yo‘lida qolib ketgan 240 nafar yo‘lovchilar tashkil etilgan isinish maskanlariga joylashtirilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni daqiqalarda "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Toshkent shahrida joylashgan "O‘zbekiston" sport majmuasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi mezbonligida o‘tkazilayotgan sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha Qurolli Kuchlar birinchiligi musobaqasining tantanali ochilish va final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqani "Sport" telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda noqulay ob-havo sharoitida yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida, Boysun tumani hududidan o‘tuvchi "Darband-Boysun" yoʻlining 23-24 km oraligʻida yo‘lovchilarga yordam berish uchun chodir tiklanib, ularnig isinishlariga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Xorazmda FVB xodimlariga yangi uylar kalitlari topshirildi

Vatan himoyachilari kuni oldidan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bir qator xodimlariga tantanali ravishda yangi xonadonlarning kalitlari topshirildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Zangiota tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida qo‘shimcha ma'lumot

Avval xabar berganimizdek, bugun, 11-yanvar kuni soat 08:05 da Toshkent viloyati Zangiota tumani “Gulzor” MFY Yoshlik ko‘chasida joylashgan tekstil sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushdi.

Shunga asosan yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 08:20 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:05 da qurshab olingan va soat 15:05 da bartaraf etilgan. Yong‘inni bartaraf etishga 37 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa taxminan 15 kilometrni tashkil etadi.

Yong‘in natijasida binoning 2-3 qavatlardagi 2900 kv.m ishlab chiqarish maydonlari, uskunalar va unda saqlanayotgan tayyor hamda yarim tayyor trikotaj mahsulotlari yonib zararlangan. Shuningdek, yong‘indan binoning 11500 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Voqea joyiga O‘zbekiston Respublikasi FVV rahbariyati, viloyat va tuman FVB rahbariyati chiqqan.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar, shuningdek, qish mavsumida boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar.

FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Президент Шавкат Мирзиёев кўмир ва уран ишлаб чиқаришни кенгайтиришга қаратилган лойиҳалар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией проектов по расширению добычи угля и урана.

#Mirziyoyev #taqdimot #togkonsanoati #loyihalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Qor ko‘chkisi yuz berganda qanday harakatlarni amalga oshirish kerakligi bo‘yicha muhim tavsiyalar. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Hurmatli fuqarolar, tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlari

Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin. Batafsil...
———————
Уважаемые граждане, а также руководители предприятий, организаций и учреждений

Понижение температуры воздуха является причиной увеличения использования газовых и других отопительных приборов, работающих на альтернативном топливе. При этом неправильная эксплуатация данных приборов может привести к пожарам, а также к отравлению угарным газом домовладельцев. Подробно...

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram