FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.8K photos
3.84K videos
10 files
9.62K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Yoshlarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlash - muhim vazifalardan biri

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida faoliyat olib borayotgan Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazida yoshlar bilan muntazam ravishda o‘quv darslari o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur darslarni tashkil etishdan asosiy maqsad – yosh avlodni favqulodda vaziyatlarga bolalik davridan tayyorlab borish, ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish hamda ularda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tushuncha va tasavvur hosil qilishdir.

Chunki, hayotda favqulodda vaziyatlarga doim tayyor bo‘lish o‘ta zarur hisoblanadi. Bunday vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish jarohat olish va qurbon bo‘lishdan saqlaydi.

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida jamoat transporti tizimidagi muammolarni bartaraf etish orqali aholiga qulay transport xizmati ko‘rsatishni tashkil qilish choralari amalga oshirilmoqda.

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati kuch va vositalari jalb etilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Tafsilotlar “O‘zbekiston 24” telekanalining reportajida.
-----------------------------------
В Намангане организованы тактико-специальные учения, в которых были задействованы силы и средства ГСЧС. Подробности в репортаже ТК "Узбекистан 24".

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IKKI YOSHLI BOLAKAY ONASI BAG‘RIGA ESON OMON QAYTARILDI

Kuni kecha, 22-dekabr kuni soat 12.50 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadiga Qarshi shahri “Qarshi” MFYda joylashgan baland qavatli uylarning birida ikki yoshli bola uy ichida qulflanib qolganligi haqida tashvishli xabar kelib tushgan.
Qutqaruvchilar zudlik bilan manzilga soat taxminan 13.00 da yetib borib, baland qavatli uyning 3-qavatidan bolani eson omon qutqarib, onasi bag’riga topshirishdi.

Shu o‘rinda fuqarolarimizdan bayram taraddudida kundalik yumush ishlarini bajarishda yosh farzandlarini uyda yolg‘iz qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz... Zero, farzandlarimizning xavfsizligi o‘z qo‘limizda.

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Президент Шавкат Мирзиёев Ҳарбий прокуратура органлари томонидан амалга оширилаётган ишлар ҳисоботи билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с отчетом о проводимой работе органами Военной прокуратуры.

#Mirziyoyev #hisobot #huquq #harbiyprokuratura

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Янги Ўзбекистон маъмурий ислоҳотлари доирасида республика ижро этувчи ҳокимият органлари фаолиятини самарали ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги қарори

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar, shuningdek, qish mavsumida boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida Toshkent viloyatida daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar.

FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV OGOHLANTIRADI!
YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARIGA RIOYA QILING!!!
——————-
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ!
СОБЛЮДАЙТЕ ПРАВИЛА ПОЖАРНОЙ БЕЗОПАСНОСТИ!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#Xavfsiz_bayram

Yangi yil archasini qanday bezatish kerak?
Yangi yil archasini uy sharoitida xona ichiga o‘rnatayotganda, uni bemalol ko‘chirish mumkunligiga va eshiklarni to‘sib qo‘ymasligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Archani tez yonuvchan o‘yinchoqlar bilan bezatish, uning pastki qismini paxta bilan qoplash, yog‘ochni yonuvchi shamlar bilan bezatish aslo mumkin emas.

Mazkur qoidalar tabiiy shu bilan birga plastikdan yasalgan (sun’iy) archalarga ham birdek tegishli hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, plastikdan yasalgan (sun’iy) archalar yonganda o‘zidan juda ham zararli moddalar chiqaradi. Yonib turgan plastmassa tomchisi inson terisiga tushsa, hatto cho‘g‘ bo‘lgan ko‘mirdan ko‘ra ko‘proq ziyon yetkazishi mumkin.

Bayramdan keyin archani iloji boricha tezroq yig‘ib olish kerak. Plastikdan yasalgan (sun’iy) archani keyingi bayramgacha xavfsizroq joyga olib qo‘yish, tabiiy archani esa uy ichidan olib chiqish maqsadga muvofiq. Sababi, qurigan daraxt tez yonib ketish xavfi bor.

Elektr tokida ishlovchi o‘yinchoqlar bilan foydalanganda (girlyandalar) albatta sinchiklab tekshirish kerak. Birinchi navbatda, ularning izolyasiyasiga e’tibor qaratish zarur. Shuningdek, bunday turdagi o‘yinchoqlar tegishli sertifikatga ega bo‘lgan ekanligiga ishonch hosil qilish lozim. Agar ularning yaroqlilik muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, u holda elektr tokida ishlovchi o‘yinchoqlar inson salomatligiga xavf tug‘diradi.

Ko‘pchilik yangi yil bayramiga mushaklar va boshqa pirotexnika vositalarini xarid qilishni istaydi. Ammo shuni yodda tutish lozimki, pirotexnika vositalaridan foydalanish nafaqat yong‘inni keltirib chiqaradi, balki og‘ir jarohatlarga ham sabab bo‘ladi.

Shuning uchun, yangi yil bayramida o‘zingiz va yaqinlaringizni, ayniqsa bolalarni turli ko‘ngilsiz hodisalardan asrash maqsadida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namangan va Sirdaryo viloyatlarida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar, shuningdek, qish mavsumida boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida olib borilayotgan o‘quv mashqlari va profilaktik tadbirlar tafsilotlari.

FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsiz_bayram

Yangi yil bayramini munosib kutib olish va uni o‘tkazish davrida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish maqsadida, Navoiy viloyati FVB tomonidan hududda o‘rnatilgan barcha yangi yil archalarida o‘quv-amaliy taktik mashqlar o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#Xavfsiz_bayram

Pirotexnika vositalaridan ogoh bo‘ling!
Bayramlar ichida “Yangi yil” o‘z shukuhi, o‘z tarovati bilan ajralib turadi. Biroq shunisi achinarliki, ushbu bayram arafasida dilni xira qiladigan pirotexnika vositalari ko‘pchilikning tinchini buzadi. Hatto ba'zi hollarda atrof muhit hamda insonlar salomatligi, hatto hayotlariga xavf soladi. Shuningdek, kuchli yong‘in holatlariga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Pirotexnika vositalaridan foydalanish quyidagicha salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:
- tananing yuz, ko‘z, qo‘l sohalarida og‘ir chuqur kuyish jarohatlarining yuzaga kelishi;
- ko‘zlarning shikastlanishi natijasida ko‘rish faoliyatining qisman yoki butunlay buzilishi;
- olingan kuyish jarohatidan keyin plastik operatsiyalar o‘tkazishga muhtojlik;
- kuygan sohalarida dag‘al chandiqlar, qo‘l barmoqlari sohalarida kontrakturalar hosil bo‘lishi;
- asoratlar bemorlarning ruhiy holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi;
- kuchli yong‘in holatlarini keltirib chiqarishi va boshqalar

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan bayramni osuda o‘tkazish maqsadida barcha xavfsizlik qoidalariga rioya etishni so‘raydi.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha, 23-dekabr kuni soat 15:24 larda "Vodiy-Toshkent" xalqaro avtomobil yo‘lining 238 k.m, "Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi qismida YTH sodir bo‘ldi. “MAN” rusumli yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib xandaqga (kyuvetga) tushib ketgan. Uning ortidan “COBALT” rusumli avtomashina haydovchisi ham boshqaruvni yo‘qotib yuk mashinasiga kelib urulgan. Voqea joyiga zudlik bilan FVV “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining kuch va vositalari yetib kelib, YTH oqibatlarini maxsus texnika yordamida bartaraf etdilar. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram