FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.4K photos
3.75K videos
10 files
9.46K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
"Yongin xavfsizligi oyligi" doirasidagi tadbirlar

Respublikamiz bo‘ylab "Yongin xavfsizligi oyligi" tadbirlari davom etmoqda. Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlarni olib bormoqda. Ana shunday tadbirlardan biri kuni kecha Toshkent shahar Bektemir tumani “Suvsoz” dahasida qurilayotgan ko‘p qavatli bino ishchi-xodimlari bilan tashkil etildi. Unda soha xodimlari tomonidan quruvchilarga is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, yong‘in va texnika xavfsizligi shuningdek, boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari va zarur tavsiyalar berildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga xavfsizlik qoidalarigi rioya etish hamda kerakli ma'lumotlarni o‘zida aks etgan buklet va eslatmalar tarqatildi.

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Navoiyda qo‘l jangi bo‘yicha “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” respublika bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 18-20 noyabr kunlari Navoiy viloyati Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” sport saroyida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” respublika bosqichi musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu musobaqada vazirlikning barcha hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalardan jami 18 ta jamoadan 113 nafar sportchilar 57 kg, 62 kg, 67 kg, 73, kg, 80 kg, 88 kg, 97. kg va +97 kg vazn toifalarida o‘zaro kuch sinashdilar. O‘zbekiston Respublikasi “Qo‘l jangi” federatsiyasining malakali xalqaro toifadagi 16 nafardan iborat hakamlar jamoasi musobaqani tizimli, adolatli hamda yuqori saviyada o‘tkazilishini ta'minlab berdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘quv seminari

Avval xabar berganimizdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligida ijro intizomini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 14-16 noyabr kunlari vazirlik Markaziy apparatida hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalarning nomaxfiy ish yuritish va arxiv ishlari bo‘linmasi inspektorlari, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, tuman bo‘lim boshliqlarining o‘rinbosarlari hamda murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomiga mas'ul mas'ul xodimlari bilan o‘quv seminari o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davom etmoqda

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati va xodimlari ham ushbu loyihada faol ishtirok etib, Qo‘shko'pir tumani "Polvon" mahallasida 2,3 gektar maydonga 4500 tupdan ortiq manzarali va mevali daraxtlar ekishdi. Bu kabi tadbirlardan asosiy ko'zlangan maqsad yashil hududlarni kengaytirish orqali mamlakatimizda ekologik vaziyatni yanada yaxshilashdan iborat. Zero, koʻchat ekish, bogʻ yaratish yurt obodligi, el farovonligi, hayot davomiyligini taʼminlaydigan ezgu amaldir. Bu kabi tadbirlar respublika bo’ylab davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram