FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.4K photos
3.76K videos
10 files
9.47K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Ofatlar xavfini kamaytirish bo’yicha bolalarning nuqtai nazari– Qamchiq dovonida Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni nishonlandi

Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kunini maktabda nishonlash bolalar va mahalliy aholiga favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik choralari to'g'risida ta'lim berish uchun katta imkoniyatni taqdim etadi.

Farg’ona vodiysidagi tog' o'tish joyi bo'lgan Qamchiq dovoniga ko'plab iqlim xavflari ta'sir ko'rsatadi va ushbu hududda yashovchi odamlar turli tabiiy ofatlarga tez-tez duch keladi. 13 oktyabrda XTOXKKni Qamchiq dovonida joylashgan 44-sonli kichik, faqat bir yuz ellik besh nafar o'quvchi taxsil oladigan, umumiy o’rta ta’lim maktabda nishonlash mahalliy o’quvchilarni ko'p xavfli erta ogohlantirish tizimi va ofatlar xavfi ma'lumotlari haqidagi bilimlarini baham ko'rishga, o'z mahoratlarini namoyish etishga va turli musobaqalarda ishtirok etishga undaydi. Tadbir BMTTD va Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tomonidan BMTTD, FVV va Gidrometeorologiya Xizmati Markazi (O’ZGIDROMET) tomonidan amalga oshirilayotgan “O’zbekistonda iqlim o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavfli tabiiy hodisalarga nisbatan hamjamiyatlarning chidamliligini oshirish uchun kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi. Batafsil
“13-oktabr – Xalqaro tabiiy ofatlar havfini kamaytirish kuni” tadbirlaridan...

Kuni-kecha, Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan viloyatning “Barkamol avlod” bolalar maktabida “13-oktabr – Xalqaro tabiiy ofatlar havfini kamaytirish kuni”ga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
Tadbir davomida “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchi yoshlariga hamda viloyatning shahar va tumanlari “Barkamol avlod” bolalar maktablari rahbar va hodimlariga ko‘chkilar, sel va suv toshqinlari vaqtida to‘g‘ri xarakat qilish masalalari bo‘yicha maʼruzalar o‘qildi va tushuntirish ishlari olib borildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Til – millat ko‘zgusi, timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi hamda tarixidir.

1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi.

“O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ko‘ra,21-oktabr sanasi “O‘zbek tili bayrami kuni” etib belgilandi.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Ona tilim - faxrim mening” mavzusida she'rxonlik tadbiri o‘tkazildi.

Xalqimizni yaqinlashib kelayotgan “O‘zbek tili bayrami kuni” bilan chin yurakdan, samimiy qutlagan holda, davlat tilimiz nufuzi bundan-da yuqori cho‘qqilarni egallashini tilab qolamiz.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida “13-oktabr – Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni” munosabati bilan “Aholi va xududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda FVDT xizmatlari tomonidan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishdagi dolzarb muammolar va ularni xal etish yo‘llari” mavzusida o‘tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumanidan lavha

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram