FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.4K photos
3.75K videos
10 files
9.46K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Марказий Осиё давлатлари раҳбарларининг саммити олдидан Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев, Қозоғистон Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев ва Қирғизистон Президенти Садир Жапаровнинг норасмий учрашуви бўлиб ўтди.

Накануне саммита глав государств Центральной Азии состоялась неформальная встреча Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева, Президента Казахстана Касым-Жомарта Токаева и Президента Кыргызстана Садыра Жапарова.

#Mirziyoyev #sammit #Maslahatuchrashuvi #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoz – o‘tmoqda soz!

Navoiy kon-metallurgiya kombinati yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi xodimlari tomonidan "Zarafshon" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bir qator qiziqarli tadbirlar tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“UzGTL” zavodi va Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi hududlarida yong‘in xavfsizligi ta'minlanmoqda

Respublikamizda havo haroratining keskin ko‘tarilganligi munosabati bilan “UzGTL” zavodi va Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi hududlaridagi sig‘imlarda qo‘shimcha sovutish ishlari olib borilib, mavjud maxsulotlar 85 foizdan kam saqlanishiga e’tibor qaratilmoqda. Neft maxsulotlarini quyish, to‘kish ishlari havo harorati pasaygan vaqtlarda amalga oshirilmoqda. Favqulodda to‘kish talab qilinganda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan sovutish ishlari amalga oshirilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
ISSIQ KUNDA NIMA QILISH KERAK?
Ko‘proq suv ichish. To‘g‘ri suv ichish tartibi organizm faoliyatini yaxshi ishlashi va suv-tuz balansini me'yorlashtirishiga qulay sharoitlar tug‘diradi. Issiq kunda suv iste'mol hajmini ko‘paytirish kerak. Bunda organizmning suv tanqisligini to‘ldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha oddiy ichimlik suvini iste'mol qilish kerak. Surunkali kasalligi mavjud bo‘lsa, shifokor tavsiyasiga rioya qilish kerak.

Eng issiq paytda soat 12:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslik va ayniqsa quyosh tagida yurmaslikga harakat qiling. Kuningizni shunday rejalashtirin-ki, bu vaqtda yoki ishda, yoki uyda bo‘ling.

Ko‘proq dush qabul qiling. Muntazam ravishda tozalanish badanga effektiv nafas olishga yordam beradi. Suv xona haroratiday bo‘lishi kerak. Muzdak suv bilan yuvinish esa, tana harorati keskin o‘zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib keladi.

Albatta, ochiq suv xavzalarda cho‘milish mumkin, ammo cho‘milish ta'qiqlangan havzalarda cho‘milish qat'iyan man etiladi.

Ertalab va kechqurun ko‘proq harakat qiling. Bunday issiq kunda kamharakatlik gipertoniya, yurak-tomir kasalliklari va tromboz rivojlanishiga olib keladi.

Oziqlanish ratsionini o‘zgartiring. Issiq kunda ko‘proq sovuq taomlar iste'mol qiling. Yog‘liq sut va go‘sht maxsulotlar iste'mol qilmang, ammo baliq va sabzavotlar maxsulotlaridan voz kechmang. Sutli maxsulotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozim-ki - rastalarda quyosh nuri tushib turgan hamda iste'molga yaroqlik muddati o‘tib ketgan maxsulotlarni sotib olmaslik kerak.

Albatta taomlarni tuz bilan tannovul qiling chunki yuqori haroratda, tananing terlashi natijasida ko‘p miqdorda natriy moddasi yo‘qotiladi.

Sintetik matodan tayyorlangan kiyimlar kiymaslikga harakat qiling.

Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang. Chunki oftob o‘rishi asosan bosh qiziganda sodir bo‘ladi.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram