FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.8K subscribers
23.4K photos
3.76K videos
10 files
9.47K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Cho‘milish qoidalariga rioya qiling!
Taqiqlangan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ijtimoiy tarmoqlarda “Taqiqlangan joyda cho‘milgan bolalarni qutqaramiz deb qutqaruvchilarni o‘zi cho‘kib ketdi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ushbu hodisa o‘rganilganda, holat O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lmaganligi aniqlandi.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan daryolar, ariqlar, kanallar, anhorlar va boshqa cho‘milish taqiqlangan suv havzalarida cho‘milmaslikni so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
БМТ Бош Ассамблеяси Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг навбатдаги муҳим ташаббусини қўллаб-қувватлади. Ташкилотга аъзо барча давлатлар Ўзбекистон томонидан 40 та мамлакат ҳаммуаллифлигида ишлаб чиқилган Марказий ва Жанубий Осиё ўртасидаги ўзаро боғлиқликни мустаҳкамлаш тўғрисидаги махсус резолюцияни бир овоздан маъқуллади.

Ушбу резолюцияни ишлаб чиқиш ва унда икки минтақа мулоқотининг умумий ёндашувлари, асосий принциплари ва йўналишларини мустаҳкамлаб қўйиш ташаббуси давлатимиз раҳбари томонидан 2021 йил июль ойида ўтказилган «Марказий ва Жанубий Осиё: минтақавий ўзаро боғлиқлик. Таҳдидлар ва имкониятлар» мавзусидаги Тошкент конференциясида илгари сурилган эди.

Шунингдек, ҳужжатда Президентимизнинг 2022 йилни Иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти доирасида "Ўзаро боғлиқликни мустаҳкамлаш йили" деб эълон қилиш таклифи юқори баҳоланган.

Генеральная Ассамблея ООН поддержала очередную важную инициативу Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева. Все государства-члены организации единогласно одобрили специальную резолюцию об укреплении взаимосвязанности между Центральной и Южной Азией, разработанную Узбекистаном в соавторстве с 40 странами.

Инициативу о принятии этой резолюции и закреплении в ней общих подходов, основных принципов и направлений диалога между регионами Центральной и Южной Азии глава нашего государства выдвинул на Ташкентской конференции «Центральная и Южная Азия: региональная взаимосвязанность. Вызовы и возможности», состоявшейся в июле 2021 года.

В документе также дается высокая оценка инициативе Президента нашей страны о провозглашении 2022 года в рамках Организации экономического сотрудничества «Годом укрепления взаимосвязанности».

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Евроосиё иқтисодий комиссияси Ҳайъати раиси Михаил Мясниковични қабул қилди.
Евроосиё иқтисодий иттифоқи доирасида, энг аввало, савдо, саноат кооперацияси, транспорт ва логистика, инновациялар, миграция ва туризм соҳаларидаги ўзаро ҳамкорликнинг устувор йўналишлари кўриб чиқилди.
Қўшма Ишчи гуруҳнинг навбатдаги йиғилишини ўтказишга келишиб олинди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял председателя Коллегии Евразийской экономической комиссии Михаила Мясниковича.
Рассмотрены приоритетные направления взаимовыгодного сотрудничества в рамках Евразийского экономического союза, прежде всего в сферах торговли, промышленной кооперации, транспорта и логистики, инноваций, миграции и туризма.
Достигнута договоренность о проведении очередного заседания совместной Рабочей группы.

#Mirziyoyev #qabul #YeOII #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti 71031902 – “Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha 2022/2023 o‘quv yili uchun Magistratura bosqichiga qabul e’lon qiladi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti magistratura bosqichida kunduzgi shaklda o‘qitish bo‘yicha qabul qilish kvotasi 10 nafar (2 nafar nomzod davlat granti, 8 nafari to‘lov-kontrakt asosida) etib belgilangan.
Magistraturaga quyidagi nomzodlar o‘qishga qabul qilinadi:
oliy ta’lim muassasalarining “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini tamomlagan oliy ma’lumotli mutaxassislar;
Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning aholi
va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida besh yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lgan xodimlari.
Magistraturaga kirishda nomzodlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarning skaner variantini [email protected] yoki fuqaromuhofazasi.id.uz elektron manziliga taqdim etadilar:
1. Magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘i nomiga ariza;
2. Fuqarolik pasporti nusxasi;
3. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma – O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
4. 3.5 x 4.5 hajmdagi rangli fotosurat (elektron shaklda);
5. 086-U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma nusxasi;
6. Qonun hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning nusxasi;
7. Mehnat daftarchasi nusxasi (tegishli sohada faoliyat olib borayotganlar uchun);
8. Idora va tashkilot rahbarlarining yo‘llanmasi (tegishli sohada faoliyat olib borayotganlar uchun).

Institut magistraturasiga hujjatlar joriy yilning 7 iyul kunidan 7 avgust kuniga qadar qabul qilinadi.
Kirish sinovlari 10 avgust kuni “Chet tili” va mutaxassislik fanlari bo‘yicha test shaklida tashkil etiladi.
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Alisherobod” MFY Anaybuloq ko‘chasi 3-uy.
Tel: 71-230-50-72, 71-266-50-36.
Е-mаil: [email protected] fuqaromuhofazasi.id.uz


Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi
Fuqaro muhofazasi instituti qabul komissiyasi
Bugun, 13-iyul kunidan 15-iyul kuniga qadar Samarqand viloyati Jomboy tumanida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining hududiy hamda quyi tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalari bilan o‘tkazilishi belgilangan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqiga start berildi.

O‘quv mashqini o‘tkazishdan maqsad – favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va oqibatlarini tugatish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi Samarqand viloyati hududiy quyi tizimlarining boshqaruv organlari hamda kuchlarini samarali qo‘llash yuzasidan rahbarlar tarkibi va bo‘linmalarining hamkorligini takomillashtirishdan iboratdir.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni

Shu boisdan Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan “Yosh alangachi” va “Nurafshon” yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida viloyat FVB va uning hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan profilaktik tadbir tashkil etildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram