FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.4K photos
3.76K videos
10 files
9.47K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Электр техникаси саноатини ривожлантириш масалалари бўйича йиғилиш ўтказилди.
Давлат раҳбари аҳоли талаби ва импорт таркибини ўрганиб, шунга мос маҳсулотлар ишлаб чиқариш, вилоятлар кесимида янги лойиҳаларни шакллантириш зарурлигини таъкидлади.
Оҳангарон туманида мис кластери ташкил этиш, тармоқда тадқиқот ва ривожлантириш марказларини очиш ва кадрлар тайёрлаш вазифалари белгиланди.

Состоялось совещание по вопросам развития электротехнической промышленности.
Глава государства подчеркнул необходимость изучения потребности населения и состава импорта, выпуска соответствующей продукции, формирования новых проектов в регионах.
Определены задачи по созданию медного кластера в Ахангаранском районе, организации центров исследования и развития в отрасли, подготовке кадров.

#Mirziyoyev #yigilish #sanoat #elektrotexnika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra joriy yilning 9-13 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg'irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg'on, Muzrobot tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo'stonliq, Parkent, Piskent, O'rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg’on tumanlarida;
Farg’ona viloyati: So’x, Farg’ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduq, Qo’rg’ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xo‘jaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar:

sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi toʻgʻrisida habar eshitgandan soʻng darxol xavfsiz joyga koʻchish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha boʻlishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;

sel oqimidan xalos boʻlishning iloji boʻlmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin;

sel oqimi oʻtgandan soʻng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv taʼminotining sozligini tekshirish zarur.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Qamchiq” dovonida kuzatilgan sel-toshqin oqibatlari bartaraf etildi

Joriy yilning 4-may kuni soat 21:30 larda “Qamchiq” dovonida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining 19 km. "Ko‘l" stansiyasiga olib boruvchi avtomobil yo‘lining yuvilishi oqibatida poyezdni elektr quvvati bilan ta'minlovchi tayanch ustuni qulagan.

Yuzaga kelgan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tezkor shtab tuzilib, "Qamchiq" MQYoQB va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ maxsus avariya-tiklash brigadasi va muhandislik texnikalari bilan yo‘lda ta'mirlash ishlari olib borilib, elektr tayanch ustuni, hamda yo‘l ostidan qo‘shimcha sel o‘tkazgich qurish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, avtomobil yo‘lida sel, toshqin oqibatlarini bartaraf etish va yog‘ingarchilik suvlarini betalofat o‘tkazib yuborish maqsadida, suv o‘tkazish inshootlarini va kyuvetlarni tozalash tadbirlari olib borildi. Dovon hududida hodisa oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari davom etmoqda.
“Yosh qutqaruvchi” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Kuni kecha Jizzax viloyatida Favqulodda vaziyatlar, Xalq ta'limi boshqarmalari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat kengashi bilan hamkorlikda "Yosh qutqaruvchi" sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
"Inson qadri ulug‘ - Xotira muqaddas"

Bugun, 7-may kuni Namangan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Qosimali Ahmedov boshchiligida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan "Inson qadri ulug‘ - Xotira muqaddas" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida boshqarma xodimlari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda tizimda ko‘p yillar xizmat qilgan nafaqadagi xodimlar, shuningdek, mardlik va jasorat ko‘rsatib, xizmat davrida vafot etgan hamkasblarning xonadonlarida bo‘ldilar.

Samimiyatga boy bo‘lgan uchrashuvda faxriylar o‘z bosib o‘tgan yo‘li, hayotiy tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar. Ular bilan suhbatdosh bo‘lgan harbiy xizmatchilar o‘zlariga kerakli hayot va xizmat saboqlarini oldilar.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram