FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15K subscribers
23.3K photos
3.71K videos
10 files
9.4K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni vaqtda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan “Respublikamizda qor ko‘chkisi, sel-toshqin va ko‘chki xodisalari bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda. Unda mutaxassislar qor ko‘chkisining yuzaga kelishi va uning oldini olish, yuzaga kelganda esa oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida atroflicha ma'lumotlar bermoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
В одной из медицинских клиник Андижана произошла вспышка газовоздушной смеси

Сегодня, 11-го февраля в 11:30 часов в сходе граждан махалли "Коракурпа", что расположена на территории Шахриханского района Андижанской области, в медицинской клинике произошла вспышка газовоздушной смеси. В результате инцидента, по предварительным данным пострадали 7 человек. Информация о погибших пока не поступала. В ближайшие минуты пресс-служба МЧС опубликует новые подробности произошедшей ситуации. На месте происшествия в эти минуты работают спасатели регионального Управления МЧС.
Andijon viloyatida sodir bo‘lgan chaqnash yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot

Avval xabar berganimizdek bugun, 11-fevral kuni soat 11:30 da Andijon viloyati Shaxrixon tumani “Qoraqo‘rpa” MFY Chinobod ko‘chasida joylashgan 3 qavatli “Ziteriya” MChJ Diagnostika va davolash maskanining 1-qavatida daslabki ma'lumotlarga asosan havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida bino devorlariga shikast yetgan.

Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Afsuski, ushbu hodisa oqibatida bir nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, to‘rt nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.

Shuningdek, hodisa joyiga FVV rahbariyati, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli xizmat xodimlari yetib borgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ!

Bugun, Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat harbiy prokuraturasi, davlat xavfsizligi xizmati hamda boshqarma shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari, harbiy xizmatchilar, xizmatchilar, OAV vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“Mehribonlik uyi”da hamkorlikda amaliy tadbir tashkil etildi

Kuni kecha, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy Gvardiya bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi 30-sonli “Mehribonlik uyi”da amaliy tadbir o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, Joriy yilning 13-15-fevral kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali janubiy Ural hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
13-14-fevralda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi, jumladan:
13-fevralda
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 17-22 m/s gacha, ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
14-fevral respublika bo‘yicha ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
13-fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasida va 14-fevral respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘li hududlarda qor yog‘ishi kuchli bo‘lishi mumkin.
15-17-fevral kechasi harorat -4, -7 daraja sovuqgacha pasayishi kutilmoqda.
Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlarini so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Vatanga sadoqat – eng oliy saodat!

Bugun, Namangan viloyati Chortoq tumani Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 46-sonli umumta'lim maktabida “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, Namangan Harbiy prokurori hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 5-bosqich kursantlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
DIQQAT! "CHIMYON" HUDUDIDA QOR KO‘CHKISI XAVFI MAVJUD!

"CHIMYON"
hududida 2022-yil 12-fevral soat 08:00 dan
13-fevral soat 08:00 gacha QOR KO‘CHKISI XAVFI e'lon qilindi.

Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va "DIQQAT! QOR KO‘CHISHI XAVFI MAVJUD" belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni soʻraymiz.
- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -
ВНИМАНИЕ! ПО УРОЧИЩУ "ЧИМГАН" ОБЪЯВЛЕНА ЛАВИННАЯ ОПАСНОСТЬ!

C 08:00 часов 12 февраля до 08:00 часов 13 февраля 2022 года по урочищу "ЧИМГАН" объявлена ЛАВИННАЯ ОПАСНОСТЬ.

Уважаемые граждане! Просим соблюдать меры предосторожности и не заходить в запретные зоны, обозначенные вывесками - «ОСТОРОЖНО – ЛАВИННАЯ ОПАСНОСТЬ!»

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Navoiy viloyatida “Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Joriy yilning 9-fevral kuni Navoiy viloyati FVB tomonidan NKMK jamg‘armasi davlat muassasasining sport saroyida Stol tennisi federatsiyasida viloyatning shahar-tuman FVB yong‘in-qutqaruv qismlari hamda yong‘in-qutqaruv otryadi harbiy xizmatchi va xizmatchilari o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha “Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram